Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, tayyorgarlik sifati va nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Interfaol mashg’ulot – o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faol ishtirok etadigan mashg’ulot; jarayon hamkorlikda kechadi.
Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb
–hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish-harakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi.
Malaka - ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.
Kichik modul — pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi.
Kognitiv — atrof, inson haqidagi bilim doirasini kengaytirish, differeniiyalovchi tafakkurni shakllantirish, bilish extiyojlarini rivojlantirish ta’limi.
Kreativ — tadkikotchilik xarakteriga ega; ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni jadal (maqsadga yo’naltirilgan) ravishda rivojlantirish ta’limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |