3.Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi.
Halqaro statistik andozalarda iqtisodiy faol aholi tushunchasi bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ish kuchini (mehnatini) taklif qilishga tayyor kishilardir.
Iqtisodiy faol aholi xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida mehnat qilish bilan band bo‘ladi. Lekin turli sabablarga ko‘ra ishlamasdan yurgan iqtisodiy faol aholi bo‘lishi mumkin, ularni ishsizlar deyiladi. Demak iqtisodiy faol aholini ish bilan band va ishsizlar guruhlariga ajratish lozim.
Ish bilan band aholiga turli mulk shakliga asoslangan (davlat korxona va tashkilotlarida, shirkat va aksioner jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, dehqon-fermer xo‘jaliklarida va shu kabilar) korxona va tashkilotlarda yollanma ishchi sifatida ishlab mehnat haqqi olayotgan, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘z xo‘jaliklarida ishlayotgan shaxslar kiradi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda 2013-yilda 12523,3 ming kishi ish bilan band bo’lgan. Ularning katta qismi yani 81% ko’prog’i nodavlat sektorida foliyat yurituvchi subyektlarda ishlaydi. Ish bilan band bo’lganlardan sanoat tarmoqlarida, qurilish va transportda- erkaklar ko’p ishlaydi; ta’lim , madaniyat, sanat, sog’liqni saqlash, savdo va umumiy ovqatlanishda- ayollar ko’proq ishlar ekan.
2013-yilda ish bilan band bo’lganlardan ma’lumoti bo’yicha :
Oliy ma’lumotliylar – 32.7%
O’rta maxsus ma’lumotliylar-35.7%
O’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotliylar – 31.6%
Xozirgi paytda 1500 ko’proq kasb-hunar muossasalari foliyat yritayotgan bo’lib, ularda yoshlar xalq xo’jaligining turliy tarmoqlariga mutaxassislar tayorlab bermoqdalar. Demak, bundan keying yillarda o’rta maxsus ma’lumotlilar hissasi o’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotlilar hisobiga oshib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish haqqiga ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida ro‘yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta tayyorlanishga tayyor bo‘lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi. Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi turlarga bo‘ladi:
Friksion ishsizlik;
Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik;
Davriy ishsizlik.
Friksion ishsizlik
|
|
Tarkibiy ishsizlik
|
|
Davriy ishsizlik
|
Friksion ishsizlarga ish yoki turar joylarini o‘zgartiruvchi, mavsumiy ishlar tugallanmaganligi sababli, o‘quv yurtlarini birtirganligi sababli ish qidirib yurgan ishsizlar kiradi. Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlar ishlab chiqarish tarkibi yoki uning texnologiyasi tubdan o‘zgarib, kasblarning ayrim turlariga talab kamayganligi sababli kelib chiqadi. Bozor munosabatlari raqobatda sinmaslik uchun yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishni taqazo etadi. O‘z nabatida Fan va texnikaning juda tez taraqqiy etishi, yangi kasb, mutaxassislarni talab qiladi. Demak, yangi texnikalarda yoki yangi texnologiya bo‘yicha ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash kerak. Bu esa birmuncha vaqtni talab qiladi.
Davriy (siklik) ishsizlik – ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning inqiroz siklida paydo bo‘ladi va yuksalish davrida yo‘qoladi. Shuning uchun bunday ishsizlikni davriy (siklik) ishsizlik deyiladi.
Ma’lumki, mamlakatlarda iqtisodiyotning inqiroz davrida ko‘pgina korxonalar yopiladi (faoliyatini), ishchilar ko‘chaga haydaladi. Ishsizlar sonini hisobga olish joylarda tashkil etilgan mehnat birjalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ishsizlarni bo‘sh o‘rinlarga joylashtirish, zarur bo‘lsa yangi kasbga qayta o‘qitish, statistikada aholining bandlik va ishsizlik koeffitsientlari o‘rganiladi. Mehnat resurslarining bandlik koeffitsienti (MRBK) ish bilan band bo‘lgan aholi sonini (IB) iqtisodiy faol aholi soniga (IFA) bo‘lib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |