O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim


Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari



Download 1,74 Mb.
bet114/177
Sana27.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#413358
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   177
Bog'liq
ma\'ruza matni

Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari.

Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish, kasb tanlash erkinliklari Respublika Konstiutsiyasida (37–modda) kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga majburlash (qonunda ko‘rsatilgan: harbiy yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan, favqulodda vaziyatlar va shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning ish kuchiga ehtiyoj kasb-kori, mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat qilish xususiyatlariga qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga bog‘liq.
Statistika makro va mikrodarajada aholining ish bilan bandlik, ishsizlik, mehnat resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi, ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu ma’lumotlarni tegishli boshqaruv organlariga to‘plab va qayta ishlab beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar barcha ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardir.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozori ko‘rsatkichlarini xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan statistik me’yorlar asosida aniqlash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, mehnat bozori statistikasining asosiy vazifalariga yana quyidagilar kiradi:
- aholining iqtisodiy faol qismi, ish bilan band aholi, ishsizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, hamda va ularning o‘zgarishini o‘rganish va tahlil qilish;
- ishchi kuchi (mehnat resurslari) harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish;
- ish vaqti fondi va ish vaqti fondidan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishlarini o‘rganish;
- ishsizlar turlarini, tarkibini va sabablarini o‘rganish va ularning o‘zgarishini tahlil qilish.

2. Mehnat resurslari va harakat ko’rsatkichlari.


Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya’ni mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21 dekabr) asosan mehnat qilish yoshidagilar 16 yoshdan, erkaklar – 60 yoshgacha, ayollar esa 55 yoshgacha belgilangan. Albatta bu yoshdagi kishilarning barchasini mehnat resursi tarkibiga kiritib bo‘lmaydi, chunki bu yoshdagi I-II guruh nogironlari mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. Shu bilan birgalikda 16 yoshga to‘lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan kishilar ham mehnat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, mehnat resurslari (MR) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va nafaqachilar (IN)dan iboratdir.
Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin:

MR = MYO – N + IYO + IN.


Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi;
N – I-II guruh nogironlari.
O‘zbekiston mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan mamlakat hisoblanadi. Respublikada yoshlar ko‘p bo‘lganligi sababli, ular mehnat yoshiga yetgan sari mehnat resurslari soni yildan – yilga oshib bormoqda.
Mehnat resurslarini quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlab o‘rganish mumkin:

  • mulkchilik shakli bo‘yicha;

  • xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha;

  • ijtimoiy guruhlar bo‘yicha;

  • yoshi va jinsi bo‘yicha;

  • ma’lumoti bo‘yicha;

  • millati bo‘yicha va hokazo.

Hududlar bo‘yicha mehnat resurslari o‘rganilib, bu hududlarda aholining bandlik darajasi, ishsizlik va shu kabi ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqarishni joylashtirish, hamda qaysi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirish masalalari hal qilinadi.
Mehnat resurslari mulkchilik shakli belgisi bo‘yicha asosan 2-ta katta guruhga: davlat va nodavlat sektorida band bo‘lganlarga bo‘linadi. Lekin nodavlat sektori o‘z navbatida: hissadorlik jamiyatlari, ijara korxonalari, xususiy korxonalar va dehqon xo‘jaliklariga guruhlanib o‘rganiladi. Bunday guruhlash natijasida aholining asosiy qismi qanday mulkchilik tasarrufida ishlayotgani va uning tarkibi qanday o‘zgarayotganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda hozir mehnat resurslarining 81 % dan ko‘prog‘i(2013-yil) nodavlat sektor xo‘jaliklarida band va bu hissa yildan-yilga oshib bormoqda.
Mehnat resurslari quyidagi vaqtlarda ko‘payishi mumkin:

  • 16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga;

  • Ishga jalb qilingan nafaqachilar hisobiga (shu jumladan imtiyozli nafaqaga chiqqanlar ham);

  • Shu hududga boshqa yerlardan kelib, ishga qabul qilinganlar hisobiga.

Bu ko‘rsatkichlarning har birining koeffitsientlarini aniqlab, ularning mehnat resurslarining ko‘payishiga ta’sirini o‘rganish mumkin. 16 yoshni to‘ldirgan yoshlar hisobiga mehnat resurslarining ko‘payish koeffitsienti (YOQ16) 16 yoshni to‘ldirgan yoshlar sonini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo‘lib topiladi.
YO16 x 1000
YOK16 = --------------;
MLA
Bu yerda MLA = mehnatga layoqatli aholi soni.
Bu ko‘rsatkich har yili 16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga iqtisodiy faol aholi soni qanchalik ko‘payishini bildiradi. Respublikamizda yoshlar ko‘p, demak bu ko‘rsatkich Respublikamizda MDH davlatlriga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul qilingan nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo‘lib topiladi.
NK =
Bu ko‘rsatkich nafaqaga chiqqan, lekin tajribali, yuqori malakali xodimlardan unumli foydalanish bilan birga, ularning moddiy va manaviy ehtiyojlarini yaxshilash borasidagi ishlarni bildiradi.
Hududga ko‘chib kelgan va ishga qabul qilinganlar koeffitsienti (HKIQ) hududga ko‘chib kelib, ishga qabul qilinganlar sonini (HKIQ) mehnat yoshdagi mehnatga layoqatli (MLA) aholi soniga bo‘lib topiladi

HKIQ x 1000


HKKK = --------------------;
MLA
Bu ko‘rsatkich hududda mehnat resurslari migratsiya natijasida mehnat resurslari qanchalik ko‘payganligini bildiradi.
Mehnat resurslari turli sabablarga asosan kamayishi mumkin, ularning asosiylari quyidagilar:

  • Mehnat qilish yoshidan o‘tib, nafaqaga chiqadiganlar;

  • Ushbu yilda mehnat yoshida vafot etganlar;

  • Shu hududdan boshqa yerlarga ko‘chib ketganlar va shu kabilar.

Bu ko‘rsatkichlarning mutloq miqdorlarini va koeffitsientlarini ham aniqlash mutkin. Ko‘rsatkichlarning mutloq miqdorlarini aniqlash tushinarli statistikda qayd qilinadi. Ularning koeffitsientlari ularning mutloq miqdorlarini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi (MLA) soniga bo‘lib (promillda) topiladi.
Mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha mehnat resurslari balansi tuziladi. Unda bir tomondan mehnat resurslari soni ko‘rsatilsa ikkinchi tomondan ularning foydalanishi xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha bandlar o‘quvchi-talabalar va ishsizlar ko‘rsatiladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish