Markazlashmagan jamlashda kuzatish xatolarini to‘g‘rilash yengillashadi, xududiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi, lekin kuzatish materiallari tarqoq holda bo‘ladi. Amaliyotda kuzatishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har ikkala usuldagi jamlashlar qo‘llaniladi.
Kuzatish ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Qo‘lda uncha katta bo‘lmagan kuzatish to‘plam ma’lumotlari yig‘iladi va qayta ishlanadi. Jamlash qo‘lda bajarilganda ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi.
Ma’lumotlarni yig‘ish va jamlash mashinada bajarilganda qisqa vaqt va kam mehnat sarflanadi. Hozirgi sharoitda respublikamizda barcha statistika organlari mikroEHMlar bilan ta’minlangan va statistik ishlar zamonaviy kompyuterlar yordamida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |