Ma’lumotlarni jamlash - tashkil etilishiga qarab markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi. Markazlashgan jamlashda kuzatishdan olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi.
Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab joylardagi (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga - Davlat statistika Qumitasiga yuboriladi.
Har ikkala usulning ham salbiy va ijobiy tomonlari mavjud. Ma’lumotlar markazlashgan tarzda qayta ishlanganda, hozirgi yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish hamda yagona uslubiy yandoshishga imkon yaratadi, lekin mahalliy, xududiy ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash, tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |