66
Mikroprocessning interfeysli qismi
MP ning interfeysli qismi MP ning SHK tizimli shinasi bilan aloqasi va
moslashishi, shuningdek bajarilayotgan dasturning buyruqlarini qabul qilish,
oldindan tahlil qilish hamda operandlar va buyruqlarni to`liq adreslarini
shakllantirish uchun mo`ljallangan.
Interfeysli qims o`zining tarkibiga MPX ning adresli registrlari, adresni
shakllantirish uzeli, MP da buyruqlar buferi hisoblangan buyruqlar
registrlari bloki,
MP ning ichki interfeysli shinasi va kiritish-chiqarish shinasini va portlarini
boshqarish sxemasini oladi. (Aytilgan qurilmalarning ba’zilari, go`yoki: adresni
shakllantirish uzeli va MP bevosita bajaradigan buyruqlar registri funkcional
jihatdan boshqarish qurilmasi tarkibiga kiradi — 35-rasm. )
Kiritish-chiqarish portlari —
bu SHK tizimli interfeysining bandlari bo`lib,
ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. MP da hamma portlar
soni 655361 ta bo`lishi mumkin (so`z formata soni bilan tasvirlanishi mumkin
bo`lgan turli adreslar miqdoriga teng). Har bir port adresga — port nomeriga ega;
moxiyati bo`yicha, bu xotira yacheykasining adresi bo`lib, u shu portni ishlatuvchi
kiritish-chiqarish qurilmasining bir qismidir, lekin u kompyuter asosiy xotirasining
bir qismi emas.
Qurilma porti biriktirish texnikaviyurasini va ikkita xotira registrini
qiymatlarni almashish va boshqaruvchi ma’lumot almashishni o`z ichiga oladi.
Ba’zi tashqi qurilmalar almashinishi kerak bo`lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni
saqlash uchun asosiy xotirani ham ishlatadi. Ko`pchilik standart qurilmalar (MDY,
EMDY, klaviatura, printer, soprocessor va b. ) ularga doimiy biriktirilgan kiritish-
chiqarish portlariga ega.
Shinani va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
• port adresini va uning uchun boshqaruvchi malumotni shakllantirish (portni qabul
qilishga yoki uzatishga qayta ulash va b. );
• portdan boshqarish ma’lumotini, portning tayyorligi va uning holati to`g’risida
ma’lumotlarini qabul qilish;
67
• kiritish-chiqarish qurilmasi porti vd MP o`rtdsida qiymatlarni uzatish uchun
tizimli interfeysda tuppa-to`g’ri kanalni tashkil etish.
Shinani va portlarni boshqarish sxemasi portlar bilan aloqa uchun
ko`rsatmalar, adreslar va ma’lumotlarning kodli shinalarini ishlatadi: portga
murojaat qilishda MP KXSH bo`yicha signal yuboradi, bu signal barcha kiritish-
chiqarish qurilmalariga AQSH dagi adres port adresi ekanligi to`g’risida xabar
beradi, keyin esa port adresining o`zini yuboradi. Port adresi mos kelgan qurilma
tayyorlik to`g’risida javob beradi. Bundan keyin KKSH bo`yicha ma’lumotlarni
almashish amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: