O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 2,92 Mb.
bet60/119
Sana15.01.2022
Hajmi2,92 Mb.
#370492
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
Bog'liq
elektromagnetizm (3) (1)

sirt

orq) 0

(44.12)

Bu esa magnit iiduksiya chiziqlarining boshi va oxiri bo‘lmasligini, ya’ni ular har doim yopiq egri chiziqlardan iborat ekanligini bildiradi.

Ostrogradskiy—Gauss teoremasini induksiya chiziqlarining arifmetik soniga (algebraik soniga emas) qo‘llab (ya’ni vaqtincha magnit jismida magnit qutbidan tashqariga qancha induksiya chiziqlari chiqsa shuncha chiziqlar kiradi degan holni e’tiborga olmay) va elektrostatikada Ostrogradskiy — Gauss teoremasini isbotlash bilan bog‘langan mulo-hazalarni takrorlab, m magnit birlik kattaligidagi



magnit qutbi

4Q

magnit induksiya chiziqlari bilan bog‘liq degan



xulosaga kelamiz. Biroq magnit qutbining magnit induksiya chiziqlari bilan bunday bog‘lanishi shunday sondagi elektr zaryadining elektr induksiya chiziqlari bog‘lanishidan ancha farq qiladi. Haqiqatan, Q

elektrostatik birlik zaryad bo‘lganida

4Q

sondagi elektr induksiya


chiziqlari +Q zaryaddan go‘yo unda paydo bo‘lgandek chiqadi m magnit

birligi kattaligida magnit qutbi bo‘lganida bu qutbdan

4  m

sondagi


magnit induksiya chiziqlari chiqadi, biroq xuddi shuncha magnit induksiya chiziqlari qarama-qarshi tomondan (yoki magnit jismidan) qutbga keladi, ya’ni induksiya chiziqlariniig ko‘r-satilgan soni qutb orqali o‘tadi, ulardan birortasining boshi va oxiri bo‘lmaydi. Magnit induksiyasi chiziqlarining ko‘rsatilgan soni, o‘z mohiyati jihatidan, maydonning eng ko‘p to‘plangan joyi-qutb kattaligining o‘lchovi bo‘ladi.



    1. rasm.

Magnit sterjening magnit induksiya chiziqlari.
Agar magnit qutbining ko‘ndalang kesimi S bo‘lsa, u holda maydon bir jinsli bo‘lganida, magnit induksiyasi bu yerda


B 4 m

S
(44.13)


bo‘ladi, bu esa m qutb bilan bog‘langan induksiya chiziqlari soni

4  m



ga teng bo‘lishidan tushunarlidir, binobarin, S yuzadan o‘tgan induksiya oqimi

  BS

 4  m
(44.14)

Ferromagnit jismlarda magnit induksiya chiziqlarining quyuqlashishi dielektriklarda elektr induksiya chiziqlarining quyuqlashishi singari bo‘ladi (69-rasm).





    1. rasm.

Bir jinsli magnit maydonidagi temir halqa (temirda induksiya chiziklarining) quyuqlashishi
Magnit maydoni energiyasi zichligi aniqlanadigan formula elektr maydoni energiyasi zichligi formulasiga o‘xshash:

  H 2

8  

(44.15)


Elektr maydonidagi singari, magnit indukiiya chiziqlari ham ana shu chiziqlar bilan ifodalangan maydonga(maydon chiziqlari bo‘yicha) cho‘zuvchi va (maydon chiziqlariga tik yo‘nalishda) yon tomondan bosuvchi kuch ta’sir qilganday manzara hosil qiladi; bo‘ylama cho‘zilish va unga teng ko‘ndalang bosim kattaliklari har qanday joyda ham maydon energiyasi zichligiga teng bo‘ladi:

  H 2

p 8  
(44.16)

Agar bu formulada maydon kuchlangashshgi erstedlarda ifodalansa, kuch chiziqlariga perpendikulyar 1 sm2 yuzaga nisbatan olingan R kuchlanish, shuningdek, yon bosim kattaliklari dina/sm2 larda ifodalanadi.

Shunday qilib, magnitostatika va elektrostatika qonunlari o‘rtasida o‘xshashlik borligini ko‘rish mumkin. Bu o‘xshashlikdan ko‘p amaliy va nazariy masalalarni yechishda qo‘llash mumkin.

Xullas, fanda magnit zaryad tushunchasi fiktiv deb qaralib ikkinchi darajali hol deb qarab kelindi. Lekin P. Dirak (1931 y.) bu tushunchani tiklashga urindi. Dirak ko‘rsatdiki, agar magnit zaryad (monopol) mavjud bo‘lsa, uning zaryad kattaligi, elektr zaryadga o‘xshagan holda kvantlanishi kerak:


g n hc

2e



(n  0,1,2)
(44.17)

Bu yerda g va e - magnit va elektr zaryadlar, h - Plank doimiysi, c

- yorug‘lik tezligi. Bu formula bo‘yicha hisoblangan magnit zaryadi juda ham katta chiqdi: uning minimal qiymati – 68,5 ye, maksimal qiymati –

137 ye. Lekin juda ko‘p tajribalar magnit zaryadining bu qiymatini tajribada topaolmadilar.

Avstriya fizigi Erenxaft 1910-1945 yillar davomida magnit monopolini topish sohasida juda ko‘p tajribalar o‘tkazib, shunday xulosaga keldiki,

P. Dirakning magnit monopoli uchun chiqargan formulasi noto‘g‘ri ekan. Erenxaft tajribasi robert Milleken tajribasiga aynan o‘xshash yoki elektrostatik va magnitostatika qonunlarining o‘xshashligiga asoslangan.

P. Dirakning katta obro‘i, Erenxaftning ishini yuzaga chiqarishga xalaqit berdi.

Hozirgi vaqtda bir guruh fiziklar aniqlashi bo‘yicha magnit zaryadi kosmosda, yoki Yer ostida emas, balki u moddaning ichida ekanligi aniqlandi.

2010 yil Science (tabiat) jurnalining yanvar sonida bir guruh olimlar magnit monopolini ochganligi haqida xabar qildi, uning zaryadi elektron zaryadiga teng ekan.



Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish