rasm. Yer magnit maydonining kuch chiziqlari yo‘nalishi.
To‘g‘ri chiziqli magnit maydonini batafsil o‘rganish magnit maydoni kuch chiziqlari yig‘ilishi uning uchlarida bo‘lmasdan,
uchlaridan biror masofada ekanini ko‘rsatdi. Magnitlangan 68 sm uzunlikdagi ingichka po‘lat simda (Kulon klassik tajribalarini shunday simlar bilan o‘tkazgan edi) qutblar sim uchlaridan 2 sm masofada joylashgan.
Elektr zaryadlari kattaligi zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchida namoyon bo‘lganidek, magnit qutblari ham qutblarning o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘luvchi qutb kattaligi (magnetizm kattaligi) bilan xarakterlanishi Kulon tajribalarida aniqlangan. Magnit qutbi kattaligi birligi teng qutblarning uzunlik birligiga teng masofadan 1 birlik kuch bilan o‘zaro ta’sirining dinamik effekti bilan aniqlanadi. «Magnit qutbi kattaligi birligi» so‘zi qisqacha «magnetizm birligi» deb yuritiladi (bu ko‘pincha «qutb» va magnitmassa» tushunchalarini noto‘g‘ri chalkashtirishga olib keladi; qutbning real dinamik kattaligi tasavvuri beixtiyor magnetizmning qandaydir xayoliy substansiyasi bilan almashtiriladi).
«Absolyut» magnit birligi sistemasida (Gauss sistemasida) magnit qutbi kattaligi birligi qilib, vakuumda 1 sm masofadagi o‘ziga teng qutbga 1 dina kuch bilan ta’sir qiladigan magnit qutbi kattaligi olinadi, bunda, boshqa qutblar ta’siri uzoqlashtirib butunlay yo‘qotiladi (amalda esa hisoblashda e’tiborga olinadi). Agar magnit qutbi kattaligi kuchning 1 absolyut magnit birligicha bo‘lib, uning 1 sm masofadagi boshqa qutb bilan o‘zaro ta’siri 1 dina emas, m dinaga teng bo‘lsa, u holda bu ikkinchi qutb kattaligi m absolyut magnit birligiga teng ekanini bildiradi.
Magnit qutbi absolyut birligini xayoliy tasavvur qilish mumkin: 1 mm yo‘g‘onlikdagi paypoq to‘qiydigan spisa to‘yinishgacha magnitlanganda har bir magnit qutbi kattaliga taxminan 12 birlikka teng bo‘ladi.
Kulon (1785 y.) uzun ingichka magnitlarni tekshirishda magnit qutblari elektr zaryadlariga oid qonun bo‘yicha tortishishini (har xil ismli) yoki itarishishini (bir xil ismli) aniqladi, ya’ni: ikki magnit qutblari ularning m1 va m2 kattaliklari ko‘paytmasiga proporsional va qutblar orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional bo‘lgan kuch bilan o‘zaro ta’sir qilishadi:
F m1 m2
r 2
dina, (44.1)
(bu yerda r – santimetrlarda ifodalangan).
Magnit qutblarining o‘zaro ta’siriga muhit ta’sir qiladi. Bu ta’sir maxsus kattalik bilan xarakterlanadi. V. Tomson taklifiga ko‘ra, bu kattalik muhitning magnit kirituvchanligi deb ataladi va bilan belgilanadi. Bir jinsli izotrop muhitda magnit qutblarining o‘zaro ta’sir kuchi Kulonning umumlashgan qonuni bilan aniqlanadi:
F m1 m2
(44.2 )
r 2
qiymati birdan katta bo‘lgan moddalar paramagnit moddalar deb ataladi; binobarin paramagnit muhitda magnit qutblarining o‘zaro ta’siri bo‘shliqdagidan kuchsiz bo‘ladi.
ning qiymati birdan kichik bo‘lgan moddalar diamagnit moddalar deyiladi; diamagnit muhitda magnit qutblarining o‘zaro ta’siri bo‘shliqdagidan kuchliroq bo‘ladi.
Magnit kirituvchanlik ning son qiymati dielektrik doimiy ning son qiymati singari moddaning atom tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘pchilik jismlar uchun birdan kam farq qiladi, birning bir necha milliondan yoki bir necha mingdan bir ulushicha ko‘p yoki oz bo‘ladi. Faqat uch element, temir, nikel va kobalt boshqa muhitlardan keskin farq qiladi. Ular uchun yuz va minglar bilan ifodalanadi. Bu elementlarning magnit xossalari boshqa jihatdan ham beshqalardan farq qiladi. Bu uchta modda gruppasi (ularning eng muhim vakili — temirning nomi bilan) ferromagnit jismlar deb nom olgan. Tarkibida bu uch elementdan birortasi bo‘lmagan ba’zi metall qotishmalari ham ferromagnitdirlar.
Ferromagnit moddalarda doimiy kattalik bo‘lmasdan, magnit kuchlari kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Magnit maydoni kuch chiziqlari yo‘nalishinigina emas, shu bilan
birga maydonda ta’sir qilayotgan kuchlar kattaligini o‘rganish uchun ba’zan qutblari kattaligi avvaldan o‘lchangan uzun ingichka «sinash» magnitidan foydalaniladi. Bunday magnitning bir uchi maydonning o‘rganiladigan sohasiga kiritiladi va «sinash» magnitining ikkinchi qutbi maydon intensiv bo‘lmagan sohaga oriyentirlangan holda, magnitning o‘rganilayotgan maydon sohasiga kiritilgan qutbiga ta’sir qilayotgan kuch o‘lchanadi.
Magnitning 1 magnit birlik kattalikdagi shimoliy qutbiga ta’sir qiluvchi kuch magnit maydoni kuchlanganligi deyiladi va bilan
belgilanadi.
Kattaligi 1 absolyut magnit birligiga teng magnit qutbiga 1 dina kuch bilan ta’sir qiluvchi maydon kuchlanganligi magnit maydonining absolyut birligi bo‘ladi. Magnit maydoni kuchlanganligining bu birligi ersted deb nom olgan (uni e yoki Oye bilan belgilanadi).
Maydonning kuchlapganligi ersted bo‘lgan biror joyiga m
absolyut birlikka teng magnit qutbini joylashtirsak, u holda bu qutbga ta’sir qiladigan kuch
Do'stlaringiz bilan baham: |