4-MAVZU. KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING
VUJUDGA KELISHI.
Reja:
1. Uilyam Petti-klassik iqtisodiy maktabning asoschisi, uning boylik, qiymat,
pul va daromadlar to’g’risidagi nazariyalari.
2. Pe’r Buagilberning iqtisodiy ta’limotining o’ziga xosligi.
3. Fiziokratizm - F.Kene - fiziokratlar ta’limotining asoschisi.
4. Fiziokratizmning ahamiyati va tarixiy taqdiri.
Muammoli savollar:
Klassik ta’limot deganda qanday ta’limotni tushunish §arb
mamlakatlarida
vujudga keldig’ Pettining boylik va pul haqidagi ta’limotining qanday jihati diqqatiga
sazovor deb hisoblaysizg’ Petti qaysi masalani echa olmaydig’ Frantsuz klassik
maktabining eng muhim ta’limoti qanday ta’limotg’ Nima uchun fiziokratlar qishloq
xo’jaligidan boshqa tarmoqda boylik yaratilmaydi deb hisoblaganlarg’
Merkantilizmning emirilishi va klassik sig’siy iqtisod maktabining paydo
bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan
manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining
rivojlanishiga
olib keldi. Shuni aytib o’tish lozimki, birinchi iqtisodiy klassik maktab sifatida §arbiy
Evropada iqtisodiy ta’limot sifatida XVII asrni oxirigicha davom etdi. XVII-XVIII
asrga kelib Angliya va Frantsiyada sanoatning tez rivojlanishi bunga turtki bo’ldi.
Shu vaqtgacha tashqi savdo rivojiga to’siq bo’lib kelgan protektsionizm siyosati,
tadbirkorlik tashabbusini bug’uvchi, davlatning iqtisodiy xomiyligiga muxtojlik
qolmadi.
Merkantilizm maktabi davlatning iqtisodiy siyosatini ifodalar, savdo kapitali
tarafdorlari
manfaatini yoshlar edi, amalda esa boshlang’ich kapitalni jamg’arilishi
tarafdori edilar. Ular fikricha tilla va ko’mish o’z tabiatiga ko’ra pul deb, ta’kidlar
edilar. Merkantalistlar tashqi savdoni boylikni manbai. Shuning uchun, bu boylikka
erishishni birdan bir yo’li – tashqi savdoda aktiv balansga intilishlikni tavsiya qilar
edilar. Bu maqsadga erishish uchun, davlatni aktiv aralashuvi yo’li bilan tilla va
kumushni oqib kelishini ta’minlash chorasini ko’rishga xarakat qildilar,
qator chora-
tadbirlar tizimini tuzib, qirol davlatiga topshirdilar. Bundan maqsad tashqi savdoda
aktiv balansni ta’minlashga erishish edi.
Merkantilizm o’z taraqqiyot davrini ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchisi - XV
I asr, boshlang’ich davri, monetar tizimi bilan bog’liq. Ikkinchi bosqichi –
merkantilizm taraqqiyoti manufaktura nomi bilan atalib (XVII) asr. Monetar tizimi
uchun pul balansi kontseptsiyasi asosiy masala. Bu tizimni ko’zga ko’ringan vakili
Uilyam Staffird (Angliya).
Shu kontseptsiyaga binoan, pulni boylik sifatida
jamg’arilishi, davlatning qurgan, asosiy administrativ chegaralari hamda, tashqi
savdodagi pul muomalasi deb hisoblashgan. Monetaristlar tillani xazina,
boylik deb
47
hisoblab, chetdan bu boylikni oqib kelishini, uni davlat ichida olib qolish
chegaralarini topish edi.
Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk
Britaniya iqtisodig’ti dung’da eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib
bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas,
balki sanoat
va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning sotsial -
iqtisodiy taraqqig’tiga yo’l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga
imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik
tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi
taqozo etila boshladi.
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni
iqtisodig’tni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda
yashab, ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik sig’siy
iqtisod
maktabining boshqa vakillari iqtisodig’tni ilmiy nuqtai nazardan tadqiqot qildilar.
Haqiqatan ham mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini
bildiradi. Uning klassik deb atalishining asosiy sababi, eng avvalo, shundan iboratki,
uning ko’plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo’lib, ular
zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etadi. Aynan klassik siyosiy iqtisod
vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo’ldi.
Angliyada klassik
sig’siy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo’lsa, Frantsiyada - P.Buagilber,
F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik bu maktab ta’limoti A.Smit, D.Rikardo
J.B.Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S.Mill, K.Marks tomonidan
yakunlandi. Ularni biz keyingi mavzularda ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: