Endi biz keyingi rivojlangan (etuk) merkantilizmning atoqli vakillarining
asosiy g’oyalarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Angliyada etuk merkantilizm Tomas Men (1571-1641) asarlarida ifoda etilgan.
Manufaktura tizimining klassik vakili T.Men shu bilan birga o’z davrining yirik
kommersanti, Ost-Indiya kompaniyasi direktorlaridan bir bo’lgan. Kompaniyani
chetga moneta chiqargani uchun tanqid qiluvchilardan uning manfaatini ximoya
qilish maqsadida T.Men 1621 yil «Angliyaning Ost-Indiya bilan bo’lgan savdosi
to’g’risida mulohaza» kitobini chop etdi. Monetaristlar kontseptsiyasiga savdo
balansi nazariyasini qarshi qo’ydi. T.Men 1630 yil «Angliyaning tashqi savdodagi
boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda
muallif pul muomalasini qattiq tartiblashning zararli ekanligini, chetga monetalarning
erkin chiqarilishi kerakligini, uningsiz tashqi savdoni normal rivojlantirib
bo’lmasligini qayd qilib o’tadi. Uningcha: «Har yili xorijliklardan xarid qilgan
summadan ko’ra, ularga ko’proq sotish» qoidasini ta’minlash asosiy hisoblanadi.
Faqat aktiv savdo balansi yordamida, uning fikriga ko’ra, mamlakat ixtiyorida
qoladigan va uning boyligini orttiradigan pulni chetdan jalb qilish mumkin.
J.Lokk «boylik» to’g’risida T.Men bilan deyarli hamoxang fikr yuritgan.
Uningcha, boylik deganda faqat oltin va kumush miqdorining ko’pligi emas, balki
uning boshqa mamlakatlarga nisbatan ko’p bo’lishi ko’zda tutilishi kerak.
R.Kantilon, xuddi J.Lokk kabi, o’zining «Savdo tabiati to’g’risida ocherk»
(1775) kitobida «qo’shni mamlakatlarga qaraganda muomalada ko’p puli bo’lgan har
qanday davlat, ulara nisbatan ustunlikka ega…» deb, qayd qilib o’tgan.
Frantsiyada merkantilizmning asosiy vakili, mashxur «Siyosiy iqtisod traktati»
(1615) asarining muallifi – Antuan Monkreten (1576-1621) hisoblanadi. U
savdogarlarni ancha foydali toifa deb hisobladi, savdoni kasb-hunarning bosh
maqsadi sifatida tavsifladi. A.Monkreten pul boyligini ko’paytirish yo’llarini qidirdi,
o’z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. Davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvi jamg’armaning, mamlakat xo’jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning
asosiy omili sifatida qaraladi. A.Monkreten manufakturani rivaojlantirishni,
xunarmandchilik maktablarini tashkil etishni, mahsulotlar sifatini yaxshilashni va
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Frantsiya
bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. Xorijiy savdogarlarni u
mamlakat boyligini so’rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi
Frantsiya tashqi savdosini kengaytirishni ko’zda tutadi. U nisbatan monetarizm
g’oyasini, shuningdek savdo balansi kontseptsiyasini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: