IQTISODIYOT
54-2I (Sirtqii bo`lim)
Sultanov Behzod
4 – KEYS BO`YICHA SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR
Sanoat mulki tushunchasini ta’riflang.
Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq, sanoat mulki tushunchasi nafaqat sanoat yoki savdoga nisbatan qo‘llaniladi, balki keng ma’noda qishloq xo‘jaligi, undiruvchi sanoat va kelib chiqishi tabiiy yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mahsulotlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Sanoat mulkchiligi atamasi ancha shartli bo`lib, u ishlab chiqarish faoliyatida qo`llaniladigan ko`plab intellectual mulk obektlarini anglashadi. Bular kashfiyotlar uchun patent, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, firma nomlari, kelib chiqishini ko`rsatuvchi nomlar hamda g`irrom raqobatni bartaraf qilish.
Intellektual mulk huquqi nimalarda ifodalanadi?
- Intellektual mulk huquqi qonunchilik tomonidan kafolatlanadi va quyidagilarda ifodalanadi:
• uchinchi shaxslarga nisbatan mutlaq tavsifga ega bo‘lishi;
• u muhofaza qilinuvchi mamlakat chegaralari bilan cheklanishi;
• amal qilish muddatlarining cheklanganligi bilan tavsiflanadi.
3. Intellektual huquq uning qanday turlarini qamrab oladi. Bunday huquqning har biriga izoh bering.
- . Intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan intellektual huquqlar mutlaq (mulk) huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar, Asosiy huquq va o`zga huquqlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Moddiy navf olish imkonini beruvchi mutlaq huquq: • eng avval intellektual faoliyat natijalarining muallifida vujudga keladi; • qonunga muvofiq shu huquqni qo‘lga kirituvchida paydo bo‘ladi; • davlat ro‘yxatiga olingan taqdirda u himoyalanadi; • Fuqarolik Кodeksida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari ma’lum bir muddat davomida amalda bo‘ladi; • huquq egasiga intellektual faoliyat natijalaridan qonunga zid bo‘lmagan tarzda va o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish, boshqa shaxslar tomonidan intellektual faoliyat natijalaridan foydalanilishiga ruxsat berish yoki foydalanishni taqiqlash imkoniyatini beradi; • huquq egasiga litsenziya shartnomasi asosida intellektual faoliyat natijalaridan boshqa shaxsning foydalanishi uchun ruxsat berish huquqini beradi;
• intellektual faoliyat natijalari ifodalangan moddiy tashuvchilarga mulk huquqi bilan bog‘liq emas.
4. Shaxsiy-nomulkiy huquqlar doirasida qanday qanday huquqlar kiradi?
- Shaxsiy nomulkiy huquq – har doim muallifda qoladi, boshqaga berilmaydi, meros qoldirilmaydi va muddatsiz qo‘riqlanadi. Bunga mualliflik huquqi, muallif ismiga (nomiga) berilgan huquq, asarlarga daxlsizlik huquqi va shu kabilar tegishli bo‘ladi.
5. Mualliflik huquqining muhofaza belgisi nima?
- Huquqlar egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo‘lib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat bo‘ladi:
• aylana ichidagi lotincha «S» harfi;
• mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi);
• asar birinchi marta chop etilgan-yil.
5 – KEYS BO`YICHA SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR
INSEAD tashkiloti tomonidan tavsiya qilingan xalqaro innovatsion indeks ko‘rsatkichlariga o‘z munosabatlaringizni bildiring. Bu ko‘rsatkichlarni ikki tarafga ajrating: a) innovatsion jarayonlarni b) innovatsiya (natija)larni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
-
2. Innovatsion salohiyatning turli indikatorlarini izohlang.
3. Jahon amaliyotida ITTKIni moliyalashtirishda davlat va biznes sektorining ulushini mamlakatlar bo‘yicha tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |