kishilik jamiyati tabiat dung’sidan ajralib chiqqach, o’z rivojlanishida ikki bosqichni
bosib o’tadi: «primitiv» va «tsivilizatsiya». Ularning biri ikkinchisidan «odamlar
yashash vositalarini qanday topa olishi» bilan ajralib turiladi. Birinchi bosqichda
odamlar asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan bo’lsalar, ikkinchi
bosqichda,
olimning fikricha, ularga xunarmandchilik, savdo, ilm va san’at
qo’shiladi. Iqtisodig’tning barcha tarmoqlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi xalq
boyligini bir necha bor ko’paytirish har bir kishining mo’l-ko’llikka erishish imkonini
beradi. Ammo ortiqcha moddiy boylik ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi
tsivilizatsiyaga o’tish, olimning ta’kidlashicha, umumiy,
ijtimoiy va mulkiy tenglik
kelib chiqqanini, jamiyatning tabaqalarga bo’linishi zarurligi tugaganini
bildirmaydi.
Ibn Xoldunning ko’rsatib berishicha, fuqarolarni hag’tiy zarur buyumlar va
zeb-ziynat buyumlari bilan g’ki uning atamasi bo’yicha «zarur» va «zarur
bo’lmagan» buyumlar bilan ta’minlash, eng avvalo shahar
aholisining zichligiga
bog’liq. Shahar aholisining zichligi uning rivojlangan g’ki rivojlanmaganligining
ramziy belgisi hisoblangan. Shuning uchun, agar shahar rivojlangan bo’lsa, unda
«zarur» va «zarur bo’lmagan» buyumlar etarli bo’ladi; bunda birinchisining
bahosi
(dehqonchilikda shaharliklar ham ishtirok etganligi tufayli) pasayib boradi,
ikkinchining esa (zeb-ziynat buyumlariga talabning keskin o’sishi sababli) bahosi
oshib boradi. Va aksincha, shahar aholisining kamligi natijasida uning rivojlanmay
qolishi barcha moddiy boyliklarning etishmasligini va qimmatchilikni keltirib
chiqaradi. Shu bilan birga, mutafakkirning ta’kidlashicha, soliq qancha past bo’lsa,
har
qanday shaharning, bir butun jamiyatning ravnaqi shuncha yaxshi bo’ladi. U
bozor bahosi shakllanishining bir qancha qonuniyatlarini ta’riflab, soliqlar va har xil
yig’imlar tovar qiymatining oshishiga olib keluvchi omil hisoblanadi, deb ko’rsatib
berdi. Ibn Xoldun bozorning rag’batlantiruvchi rolini bilgan: bozor mexanizmi ishlab
chiqaruvchilarni mehnat unumdorligini oshirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga
majbur etadi.
Ibn Xoldun pulni xo’jalik hag’tining muhim elementi
deb hisobladi va pul
rolini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida - oltin va kumush bajarishini
ma’qulladi. Uning fikricha pul «barcha sotib olinadigan» buyumlardagi inson
mehnatining miqdoriy mazmunini aks ettirali. U «mehnatning qiymatini», ya’ni ish
haqini tavsiflab, uning miqdori,
birinchidan, «kishi mehnati miqdoriga», ikkinchidan,
«boshqa mehnatlar ichida uning tutgan o’rniga» va uchinchidan, «odamlarning unga
(mehnatga) bo’lgan ehtig’jiga» bog’liq, deb tasdiqladi.
Ibn Xoldun ijtimoiy hag’t asosini mehnat faoliyati tashkil etadi deydi. Uning
g’zishicha «jamiyatning ahvoli, uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarni
boylikni o’zlashtirishga bo’lgan ishtig’qiga bog’liq. Agar
odamlar yashash vositalari
to’g’risida qayg’urmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda
bozorda oldi-sotdi bo’lmaydi va odamlar oziq-ovqat qidirib boshqa mamlakatlarga
chiqib ketadilar».
Do'stlaringiz bilan baham: