3. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar va allomalarning ta’limoti tarixi.
(Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, A.Temur, A.Navoiy).
O’rta Osig’ mustaqil davlatlarining tashkil topishi, Yaqin va O’rta Sharq
mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va madaniyatining yana ham
rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. X²² asrdan boshlab arab manbalari Ovrupoda,
Ispaniyada lotin tiliga tarjima etila boshladi. Natijada Evropa mamlakatlari ham bu
yutuqlardan baxramand bo’ldilar. Bu davrda O’rta Osiyo, butun musulmon dunyosi
madaniyatiga qadimgi yunon ilm-fani, madaniyatining ta’siri ham kuchaydi.
Ma’lumki, eradan oldin IV asrlarda Makedoniyalik Ispander (Aleksandr
Makedonskiy) tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi natijasida bu erda deyarli
bir yarim asr davomida Selevkitlar boshchiligida grek-makedoniya davlati xukmron
bo’lgan edi. Bu O’rta osiyo xalqlarining qadimgi yunon madaniyati bilan birinchi bor
tanishuvchiga sabab bo’ldi. Lekin IX asr oxiri – X asr boshlaridagi arab xalifalaridagi
madaniy yuksalish qadimgi yunon madaniyati boyliklarining butun musulmon
mamlakatlari, jumladan, O’rta Osiyoda ham keng tarqalishiga olib keldi.
Xorun ar-Rashidning o’g’li ma’mun xalifalik o’rnini egallashdan oldin,
ma’lum vaqtgacha Marv shahrida yashab Xurosni va O’rta Osiyoda xukmronlik qildi.
U ilm-ma’rifat ahliga katta e’tibor berib, sariyiga olimu fozillarni, qo’lyozma
asarlarni to’pladi, maxsus tarjimonlar qadimgi xind, yaxudiy, fors, ayniqsa yunon
tilidagi ko’p asarlarni arab tiliga tarjima qildilar, ularni keng o’rganish, sharhlash
ishlari yo’lga qo’yildi. Saroy qoshida “Donilik uyi” – “Baytul hikma” (o’z davrining
akademiyasi) tashkil etilib, boshqa tillardagi ayniqsa yunon tilidagi ilmiy tatqiqotlarni
o’rganish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Bu tarjimalar tufayli qadimgi yunoning
mashhur mutaffakkir olimlari Ploton Aristotel Evklid Plotin Argimed Galen Gipokrat
Porfiriy Sokrat kabilarning falsafa riyoziyot falaqiyot tabobat she’riyat mantiq ilmi va
ruxshunoslikka oid asarlari musulmon olamida keng tarqaladi. Musulmon olimlari bu
boy merosning asosiy merosxo’ri bo’ldilar.
Shunday qilib VIII-XII asrlarda o’rta asr musulmon madaniyatining
shakllantirishni rivojlanishi va yuksak guruhlarga ko’tarilishda madaniyatlarning
o’zaro ta’siri qolishuvchi muxim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu davrda moddiy
madaniyat iqtisodiy aloqalarning rivojlanishini asosida turli sohalar yuksaldi.
O’rta Osig’ X-XIV asrlarda Sharqda ilg’or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir
markazga aylandi. Bu davrda dung’ga mashhur bo’lgan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy,
Yusuf Xos Hojib va boshqa ko’plab olim va shoirlar etishib chiqdi. Ularning
asarlarida iqtisodiy fikrlar ham o’z aksini topgan. Biz ularni quyida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: