O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy fikrlari



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/141
Sana12.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#337430
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim

 Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy fikrlari. 
 
 
O’rta asr davrida  ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk 
mutafakkirlardan biri, Farobiy uning tahallusi bo’lib to’liq nomi Abu Nasr 
Muhammad Ibn Muhammad Ibn Uzlug’ Tarxon - jaxon madaniyatiga katta hissa 
qo’shgan osiyolik faylasuf qomusiy olim. o’rta asrning birqancha ilmiy yutuqlari 
umuman yaqin O’rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur 
24 


 
rivoji uning nomi bilan bog’liq. Farobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohasini 
mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini 
sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomini 
ulug’lanib, “Al-Muallim as-sokiy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq 
Arestusi” deb yuritilgan. 
Farobiy turkiy kabilardan bo’lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo 
qirg’og’idagi Foro – O’trar degan joyda tug’ilgan.  
Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu 
Nosir Forobiy (873-950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish 
yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim  borligini eshitishi bilan 
suhbatlashib, undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan. U 70 dan ko’p tilni bilgan. 
 
Forobiy bir asarni bir marta o’qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi. 
Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nushasi topilgan bo’lib, kitob 
chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda 
esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim  kerak», deb g’zilgan. 
Forobiy Aristotel asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham g’zgan. 
Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy g’zgan sharhlar 
g’rdami bilangina to’liq tushundim deb g’zgan. 
 
Forobiy ilm izlab jahon kezgan. Shunday paytlarda uning hag’tida quyidagi 
qiziq bir voqea sodir bilgan.  O’rta asrda Sharqning mashhur shaharlaridan biri – 
Damashq hokimi haftada bir kun olimlarni yig’ib suhbat o’tkazar ekan. Shunda u 
saroy darvozasini ochib qo’yar, istagan kishi u erga kirib, yig’ilganlar suhbatidan 
bahramand bo’larkan. Shunday kunlarning birida u erga borib qolgan Forobiy  
olimlar bilan suhbat qurib o’tirgan hokimning saroyiga kirib qoladi. Hokim uni ham 
o’tirishga taklif etadi. Shunda Forobiy: «qaerga o’tiray, o’zimga loyiq joygami g’ki 
bo’sh joygami», deb so’raydi.  «O’zingga loyiq joyga o’tiraqol», deydi hokim. 
Shunda Forobiy to’ppa-to’g’ri hokimning g’niga borib o’tiradi. U bundan jahli chiqib 
boshqalarga sirli bo’lgan tilda soqchiga: «Bu turk odobsizlik qildi, uni ahloqsizligi 
uchun ketag’tganda jazolanglar», deydi. Shunda Forobiy «Men hech qanday gunoh 
qilganim yo’q-ku, nima uchun meni jazolashga buyurasiz», deb so’raydi. Bu savolni 
eshitib xayron bo’lgan hokim: «Bu tilni hech kim bilmaydi-ku, sen qaerdan va 
kimdan o’rgangansang’», -deydi. «Men ko’p tillarni o’rganganman», javob beradi 
Forobiy. Shu vaqt o’tirgan olimlarning biri bir masalani o’rtaga tashlaydi. 
Yig’ilganlar o’rtasida qizg’in munozara boshlanib ketadi. Hech kim bu masalaga 
to’g’ri javob bera olmaydi. Shunda Forobiy uni har tomonlama tushuntirib beradi.  
Shunda hokim Forobiydan: «Sen «ikkinchi muallim» emasmisang’», deb so’raydi. 
Forobiy tasdiqlovchi ishora qiladi. 
 
«Ikkinchi muallim» bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy 
ehtig’jlar to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtig’ji jamiyat 
shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u 
yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtig’j sezadi. Ularni u bir o’zi topa 
olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muxtoj bo’ladiki, uning har biri 
u ehtig’j sezag’tgan  narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga 
nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy 
25 


 
ehtig’jlar bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg’or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan 
birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining rolini, har xil xunar 
turlarini o’qtirib o’tagach, u qullikka keskin qarshi chiqdi.  
 
Forobiy, Platonga o’xshab ideal  tuzum to’g’risida tafakkur yuritdi. U kelajak 
haqida o’ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o’zaro 
g’rdam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; er yuzida 
barcha xalqlarning o’zaro g’rdami asosida bir butun yagona jamiyat qurish 
mumkinligi to’g’risida, mahsulotlarni adolatli  taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. 
Ammo Forobiy mazkur o’zaro g’rdamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini 
ayirboshlashning zarurligini ko’rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o’tish 
kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi o’ringa surib qo’ydi. Bu ayniqsa uning 
davlat to’g’risidagi talqinida ko’rinadi, unda adolat o’rnatish, ommani ma’rifatli 
qilish uning asosiy funktsiyalaridan deb e’tirof etiladi. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish