O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Sportchilar kasallanish va shikastlanishini o`rganishga oid adabiyotlar tahlili



Download 1,7 Mb.
bet83/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Sportchilar kasallanish va shikastlanishini o`rganishga oid adabiyotlar tahlili


Sportchilarda jarohatlar lokalizatsiyasi (joylashishi) ni o`rganish borasidagi ko`p yillik tadqiqotlar lokomotor apparatni eng zaif bo`g’inlarini aniqlashga yordam beradi. Ilmiy adabiyotlarda (V.K.Dobrovol’skiy, 1962; Z.S.Mironova, 1964; 1968) ko`p marotaba ko`rsatilganidek hozirgi vaqtda tizza bo`g’imi eng zaif bo`g’in bo`lib, uning ulushi tayanch harakat apparati patologiyasini 50% ni tashkil qiladi. Keyingi o`rinni tovon-boldir bo`g’imi egallaydi. Uning jarohatlari va kasalliklari 10% sportchilarda qayd etilgan. Tayanch harakat apparati patologiyasini 10% ga yaqini umurtqa pog’onasini ko`krak va bel qismlariga to`g’ri keladi. Boldir va tovon jarohatlari 6% ni tashkil etadi. Elka bo`g’imi, kaft va son jarohatlari 5% ni; tirsak bo`g’imi patologiyasi 3,5% ni; tayanch harakat apparatining boshqa bo`g’imlari jarohatlari esa 1,5-2,5% ni tashkil etadi. SHuni yana bir bor ta`kidlash joizki, mazkur raqamlar sportchilarda tayanch harakat apparatining patologiyasini lokolizatsiyasi haqida faqat umumiy tushunchani beradi, xolos. Jarohatlar lokalizatsiyasi har bir sport turi uchun o`ziga xos xususiyatlarga ega.

Chunonchi, tayanch harakat apparatini o`tkir jarohatlari va surunkali kasalliklarini solishtirma ulushi biz tekshiruvdan o`tkazgan sportchilar guruhida turlicha bo`ldi: jarohatlar 61% ni, kasalliklar esa 39% ni tashkil etdi. Bu ma`lumotlar ko`plab mualliflar (V.I.Rokityanskiy, 1964; L.M.Dvorkin, 1964) ning statistik tadqiqotlari natijalarini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, V.F.Bashkirov o`tkazgan tadqiqot natijalari N.N.Priorov (1958), L.La-kova (1958), D.Shoviev (1981) ma`lumotlariga zid bo`ldi. Ular teskari bog’lanish, ya`ni tayanch harakat apparati surunkali mikrotravmalari sonining sezilarli ustunligini aniqladilar. ehtimol, bu turli mualliflar har xil kontingent bilan ishlaganlari bilan tushuntirilsa kerak.

Ayrim mualliflar tibbiy ko`riklar tahlili, boshqalari chuqurlashtirilgan bosqichli tadqiqotlar natijalari va statsionar (kasalxona) ma`lumotlarini keltiradilar.

Sportchilarda tayanch harakat apparati patologiyasi xususiyatlarini tahlili shuni ko`rsatdiki, tizza bo`g’imi menisklarini shikastlanishi sport travmatologiyasini asosiy, etakchi fiziologik birligi bo`lib qolmoqda. U barcha patologiyaning 21,4% ni tashkil etadi. Menisklarni shikastlanishi sportning o`yin turlari guruhida ko`p uchraydi (33,1%), keyingi o`rinlarni yakkakurash, murakkab- koordinatsion va tsiklik sport turlari egallaydi. Tizza bo`g’imi, tovon-boldir va tirsak bo`g’imlarini kapsula – bog’lam apparati jarohatlari 11,8% ni tashkil etib, murakkab-koordinatsion sport turlari guruhida ko`p uchraydi. So`ng o`yin va

tsiklik sport turlari, yakkakurash guruhlarida kuzatiladi. Tadqiqotlar natijalarini ko`rsatishicha, sportchi tayanch harakat apparati kasalliklarini 40% i bo`g’imlar jarohatlanishiga to`g’ri keladi. Sinishlar – 7,1%, mushaklar va paylarni shikastlanishi 6% ni tashkil etadi. Lat eyish – 6,2% da uchrab, tsiklik va sport o`yin turlarida ko`proq kuzatiladi. Tayanch harakat apparatini surunkali kasalliklariga bo`g’imlar kasalliklari (shakl buzar artrozlar, xondromalyatsiya, yog’ tanachalari kasalliklari, bo`g’imlarning surunkali mikrotravmatizatsiyasi, osteoxondropatiyalar, meniskopatiya, surunkali sinovit, bursitlar) kiradi va ular barcha kasalliklarni 13,8 % ini tashkil etadi. Mushaklar va paylarni shikastlanishi, suyak usti pardasini surunkali kasalliklari, ya`ni spondilyoz va spondiloartrozlar, turli xil nuqsonlar 7% ni tashkil etadi.

Sportchilarni tayanch harakat apparati surunkali kasalliklari o`tkir jarohatlar kabi sport faoliyati, mashq qilish tartibi xususiyatlari, tayyorgarlik davri, sportchining yoshi, malakasi, morfologik, antropometrik, anatomik-funktsional xususiyatlariga bog’liq bo`lgan o`ziga xoslikka egadir.


yakkakurash murkkab-koordinatsion sport turlari




tsiklik sport turlari sportning o`yin turlari




tezkor kuchlanish sport turlari boshqa(texnik) sport turlari




Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish