Atmosfera bosimi
Havo tufayli yuzaga keladigan bosim atmosfera bosimi deb aytiladi. Dengiz satxidan past joylarda bu bosim ortib borsa, yuqoriga ko`tarilgan sayin kamayib boradi. Havo bosimi me`yorda 760 mm simob ustiniga teng. SHuning uchun ham g’ovvoslik ishlarida kesson kasalligi, 3500-5000 m. balandlikga ko`tarilish natijasida esa tog’ kasaligi yuzaga kelishi mumkin.
Balandlik kasalligi charchoqlik, bo`shashish, uyquchanlik, muskullarning tobora susayib borishi, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish, naqasning tezlashuvi va burun, xiqildoq hamda ichaklardan qon ketishi, es-xush yo`qolishi bilan namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |