Havo namligining sportchilar organizmiga ta`siri
Yuqori temperaturali havoda, uning namligi ham yuqori bo`lsa tananing qizib ketishiga aloqador kasalliklarni yuzaga keladi. Chunki bunda issiqlik ajralishi juda ham qiyinlashadi. Agar yuqori temperaturali havoda, uning namligi past bo`lsa, issiqlik ajralishiga yaxshi sharoit yaratilib, buni odam engil ko`tara oladi.
Past temperaturali havoda, uning namligi ham yuqori bo`lsa organizmni sovib ketishiga aloqador kasalliklarni paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Chunki bunda issiqlik ajralishi kuchayadi. Bunday havoda uzoq muddat bo`lish organizmda (revmatizm, o`pka sili) shamollash kasalliklarini qo`zg’alishiga sabab bo`ladi.
Yashash joylarida havo namligining me`yori 30-60% ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |