Tayanch iboralar va tushunchalar
Xavoning bevosita va bilvosita ta`sirlari. Xavoning gigienik xarakteristikasi.
Organizmning issiqlik muvozanati xolati.
Organizmning fizikaviy va kimyoviy termoregulyatsiyasi. Absolyut, maksimal va nisbiy xavo namligi.
Havo namligining sportchilar organizmiga ta`siri. Shamol va Bofort shkalasi.
Atmosfera bosimi.
Nafasga olinayotgan va chiqarilayotgan xavoning kimyoviy tarkibi.
Xavo gigienasi, uning kimyoviy va fizikaviy xolati
Xavo eng muxim omil bo`lib, u inson organizmining o`z xayotiy funktsiyalarini uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Xavo nafas olish uchun juda zarur bo`lib, u issiqlik almashinuvida qatnashadi. SHu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bo`lgan elektrik kuchlar va xar-xil radiatsiyalar xarakatining maydoni bo`lib xizmat qiladi. Inson kerakli paytda tashqi muxitning organizmga zararli ta’sirini yo`qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlashtirish choralarini qo`llash orqali xar-xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya xolatini yaxshilash va organizmning zararli omillarga qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator xollarda xavoning o`zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi omil sifatida foydalaniladi. Xavoning organizmga bevosita ta’siridan tashqari kiyimlar, qurilish materiallari, tuproq va boshqalarning gigienik
xossalarini o`zgartirib, bilvosita ta’sir etishi mumkin. Xavoning gigienik xarakteristikasi quyidagi o`rsatkichlar yig’indisidan iborat:
xavoning fizikaviy xossalari - temperaturasi, namligi, xarakati, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, elektrik xolati, ionlantiruvchi radiatsiya;
ximiyaviy tarkibi - xavoning doimiy tarkibi va yot gazlar;
v) mexanik aralashmalar - chang, tutun, qurum aralashmasi;
g) mikroflora (mikroorganizmlar) - bakterial ifloslanish borligi.
Quyosh erdagi issiqlikning manbai bo`lib xizmat qiladi. Uning isitishi avvalo, erga etib kelib issiqliq energiyasiga aylanuvchi yorug’lik nurlari xisobiga bo`ladi. Atmosfera deyarli faqat issiq nurlangan tuproqdan isiydi. SHuning uchun er bilan tutashib turgan pastki xavo qatlamining temperaturasi yuqori qatlamlar temperaturasidan issiqroq bo`ladi. Erdan uzoqlashishi bilan u taxminan xar yuz metrda 0,5 gradusga pasayadi.
Xavo temperaturasining issiqlik almashinuviga ta’siri uning muxim gigienik ahamiyati xisoblanadi.
Yuqori temperatura tanadan issiqlik ajralishini chegaralasa, past temperatura uni kuchaytiradi. Markaziy nerv sistemasi orqali nazorat qilinib turuvchi termoregulyator mexanizmlarning etukligi tufayli odam xar-xil temperatura sharoitlariga ko`nikishi va optimal temperaturalardan sal oshgan isiqlikka ham xiyla vaqt chidashi mumkin.
Sport amaliyotida ortiqcha isib ketish xolati issiq ob-xavoda, ochiq xavodagi va nomuvofiq qurilgan sport zallaridagi mashg’ulotlarda sodir bo`lishi mumkin. Bunday xolatda profilaktik chora-tadbirlar qo`llash lozim.
Fiziologik jixatdan organizm tashqi muxitning yuqori temperaturasiga modda almashinishini pasaytirish yo`li bilan, shuningdek tarkibida yog’ ko`paygan ter ajralishini kuchaytirish orqali ham moslashadi, bu esa terning teri yuzasida ancha teng taqsimlanishiga va bug’lanishiga sabab bo`ladi.
Odam organizmida issiqlik muskullar qisqargan paytda hujayra va to`qimalarda ro`y beradigan oksidlanish reaktsiyalari natijasida ham xosil bo`ladi.
Odam tashqi muxitga issiqlikni:
Terisi orqali;
Nafas yo`llari orqali;
Chiqarish organlari orqali chiqaradi.
Bundan tashqari, odam iste`mol qiladigan ovqat va suvni isitish uchun ham issiqlik sarflaydi. Organizmda xosil bo`ladigan issiqlik miqdori o`sha vaqt oralig’ining o`zida undan tashqi muxitga chiqarilgan issiqlik miqdoriga teng bo`lsa, organizmning bunday xolati issiqlik muvozanati xolati deb ataladi.
Organizmda issiqlik xosil bo`lishining kuchayishi yoki susayishi kimyoviy termoregulyatsiya: moddalar almashinuvi shiddatining oraliq miyada joylashgan issiqlik markazidan keluvchi impul’slar ta`siri ostida o`zgarishiga bog’liqdir. SHuningdek issiqlik markazidan keluvchi impul’slar ta`siri ostida jigarda va buyrak usti, hamda qalqonsimon bezlarga ta`siri natijasida ham issiqlik xosil bo`lishi mumkin.
Fizik termoregulyatsiya organizm tomonidan chiqariladigan issiqlik miqdorini o`zgartirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Me`yordagi sharoitda havo
temperaturasi 18-200 S, nisbiy namligi 40-60% bo`lib, havo xarakatlanmay turgan paytda odam 77,5% atrofidagi issiqlikni tashqi muhitga bevosita o`tkazish va sochish yo`li bilan teri orqali chiqaradi va 20% ga yaqin issiqlik teri yuzasidagi terning bug’lanishi hisobiga yo`qoladi. Issiqlikni boshqarishda nafas ham ishtiroq etadi.
Odam tanasi temperaturasining muayyan darajada saqlanib turishi murakkab funktsiya bo`lib, bir tomondan, kimyoviy termoregulyatsiya, ikkinchi tomondan fizik termoregulyatsiyaning birga qo`shilishib ta`sir qilishi tufaylidir deb hisoblash kerak.
Biroq termoregulyatsiyaning imkoniyati cheksiz emasligini nazarda tutish lozim. Atrofdagi havoning yuqori yoki past temperaturasi ta`siri bilan issiqlik muvozanati xolati buziladigan bo`lsa, organizmda patologik o`zgarishlar ro`y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |