Barmoqlar uvishadimi?
CHurra hosil bo`lganida orqa miyadan chiquvchi nerv tolalari qisilishi yuz berib, bemor o`tirib-turish, zinadan ko`tarilishga qiynaladi. Oyoq mushaklari kuchsizlanadi. Teri sezuvchanligi o`zgarib, et jimirlashi, barmoqlar uvishishi kuzatiladi. Mazkur alomatlar uzoq vaqt davom etganida oyoq mushaklari atrofiga uchrashi mumkin. YA`ni oyoq mushaklarining ozayib ketishi yuz beradi.
Churra ko`p bo`ladimi?
Gohida “Menda 8 ta churra topishdi” degan gaplar quloqqa chalinadi. Aslida esa bu churra miqdori emas, o`lchami bilan bog’liq tushuncha. Umurtqa churrasi joylashuv o`rniga ko`ra turli kattalikda bo`lishi mumkin. 4 millimetrdan 8,10 millimetrgacha bo`lgan turlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |