O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/32
Sana31.07.2021
Hajmi1,17 Mb.
#134372
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili

Yevklid  optikasi    (miloddan  avval  330  —  275  y.).  U Optika  faniga  yangicha usul 

bilan  yondashadi,  «Optika»  va  «Katoptrika»  nomli  asarlarini  yozadi.  U  optika 

hodisalarini  geometriya  asosida  tushuntiradi.  Uning  birinchi  postulati:  «Ko’zdan 

chiqqan nurlar to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi».  

Ikkinchi  postulati:  «Ko’zdan  chiqqan  nurlar  hosil  qilgan  tasvir  konus  shaklida 

bo’lib, konus balandligi ko’zda bo’lib, asosi esa jismlarda bo’ladi».  




 

 

 



Yevklid  o’ndan  ortiq  postulatlar  yordamida  jismlar  tasviri,  soya  hosil 

bo’lishini  tushuntiradi.  U  «Katoptrika»  asarida  yassi  va  sferik  ko’zgularda  tasvir 

hosil  bo’lishini  ko’rsatib  beradi.  «Kotoptrika»  asarida  Yevklid  yorug’likning 

sinishiga doir tajribani keltiradi. Agar biror idish tubiga kichikroq buyumni qo’yib, 

u ko’rinmay qolguncha egilsak va idish suvga to’ldirilsa buyum yana ko’rinadi.  

U  «Botiq  ko’zgu  bilan  quyosh  nuri  yordamida  alanga  hosil  qilish 

mumkinligi»ni aytadi. Shunday qilib Yevklid zamonaviy geometrik optika asosini 

yaratadi hamda uning amaliy qo’llanilishini ko’rsatib beradi.  

  O’rta asrlar sharqida ilmiy izlanishlar: 

Al-Xorazmiyning  «Az-zij  al-Xorazmiy»,  («Astronomik  jadval»)  asari,  o’zi 

saqlanmagan  bo’lsada,  1126  yildagi  lotin  tilidagi  tarjimasi  saqlangan,  Nyut  va 

Gershellar  davrigacha  asosiy  astronomik  jadval  sifatida  foydalanilgan.  U  Yerning 

1

0

ga  to’g’ri  keluvchi  meridianini  aniqlagan.  Aniqlik  darajasi  1%  dan  kichik; 



111815 metr (hozirgi hisob bo’yicha 110938). Matematika va astronomiya tarixida 

VII-XV  asrlar  orasida  yuzga  yaqin  «Zij»  yaratilganligi  ma’lum.  Shular  orasida 

Mas’udiy, Ulug’bekning «Ziji Ko’ragoniy»lari bo’lib, Xorazmiyning ziji O’rta asr 

Sharqida eng qadimgi zij hisoblanadi.  

Xalifa  al-Ma’mun  «Donishmandlar  uyi»  olimlariga  osmon  va  Yerning 

batafsil  xaritasini  tuzishni  buyuradi.  Bu  muammo  ustida  ko’p  olimlar  ish  olib 

borishadi,  Xorazmiy  ularga  rahbarlik  qiladi.  Natijada  840  yilda  «Majmui  al-

Ma’mun»  (Dunyo  xaritasi)  nomli  asar  nihoyasiga  yetkaziladi.  Ushbu  asarga  doir 

Xorazmiy  «Surat  al-arz»  (Yer  surati)  nomli  risola  yozadi.  Xorazmiyning  ushbu 

asari  juda  ko’plab  sharqshunos  olimlarni  qiziqtirib  kelgan.  Shulardan  biri  chex 

olimi Gans Mjik 1926 yilda ushbu asarni to’laligicha arab tilida nashr ettirgan.  

Xorazmiyning ushbu asarida 537 joy nomlari, 203 ta tog’ nomlari, dengizlar 

va orollarning nomlari va nihoyasida daryolarning nomlari berilgan.  

Amerikalik sharqshunos olim D. Sarton «Xorazmiy barcha zamonlarning eng 

ulug’  matematiklaridan  biridir»,  —  deb  ta’kidlaydi.  Xorazmiy  buyuk  olim, 

murabbiy va ko’pgina tabiiy fanlarning asoschisi hamdir.  




 

 

Al-Farg’oniy  Farg’ona  vodiysining  Qubo  (Quva)  qishlog’ida  tug’ilgan.  813 



yilda  arab  xalifaligi  taxtiga  Xorun  ar-Rashidning  o’g’li  Abdulloh  (al-  Ma’mun) 

o’tiradi.  Al-Farg’oniy  Bog’doddagi  «al-Ma’mun»  akademiyasida  (Baytul  hikma) 

faoliyat  olib  boradi.  Bu  akademiya  ixtiyorida  ikkita  rasadxona  faoliyat  ko’rsatar 

edi.  Biri  Bog’dod  shahrining  ash-Shammosiya  mavzesida  bo’lib,  ikkinchisi 

Damashq  shahri  yaqinidagi  Kasiyun  tepaligida  edi.  Al-Ma’mun  akademiyasida 

buyuk matematik va astronom, vatandoshimiz al- Xorazmiy faoliyat ko’rsatar edi. 

Al-Farg’oniy ilm izlab Farg’onadan Bog’dodga borib, al-Xorazmiy bilan tanishadi 

va  uning  rahbarligida  Damashq  shahridagi  rasadxonada  o’z  ilmiy  izlanishlarini 

davom  ettiradi.  Vatandoshimiz  Abu  Rayhon  Beruniyning  guvohlik  berishicha,  al-

Farg’oniy  Suriya  shimolidagi  Sinjor  sahrosida  832-833  yillarda  Tadmur  va  ar-

Raqqa  oralig’ida  yer  meridianining  bir  darajasi  uzunligini  o’lchashda  ishtirok 

etganligini  ta’kidlaydi.  Al-Farg’oniyning  asosiy  astronomik  asari  «Samoviy 

harakatlar va umumiy ilmi nujum haqida kitob» (Kitob al- harakat as-samoviya va 

javomi’  ilm  an-nujum)  XII  asrda  Ovrupoda  ikki  marta  lotin  tiliga  va  XIII  asrda 

boshqa  Ovrupo  tillariga  tarjima  qilinadi.  Natijada,  uning  lotinlashtirilgan  nomi 

«Alfraganus»  shaklida  G’arbda  keng  tarqaladi.  Uning  ushbu  kitobi  Ovrupa 

universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o’tagan.  

Al-Farg’oniyning  faqat  ikkita  asari  o’rganilgan,  qolganlarini  o’rganish  o’z 

navbatini  kutib  yotibdi.  Uning  asarlari  to’liq  tahlil  qilinsa,  alloma  bobomiz 

ijodining yangi qirralari ochiladi va uni jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan 

hissasi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.  

Al-Farg’oniy  nafaqat  nazariyotchi  olim,  balki  asl  amaliyotchi  muhandis  ham 

bo’lgan.  U  o’z  hayoti  davomida  rasadxona  qurilishiga,  astronomik  asbob  va 

uskunalar  yasashga  boshchilik  qilgan.  U  Nil  daryosida  suv  sathini  o’lchaydigan 

asbob  (nilometr)  yaratib,  uni  ishlatish  yo’llarini  ko’rsatib  bergan  va  o’zi  ham 

shaxsan  ishtirok  etgan.  Chunki  Nil  daryosi  yoqasida  istiqomat  qiluvchi  aholining 

dehqonchilik  ishlarini  boshlashi  uchun  qurg’oqchilik  va  suv  toshqinlaridan 

ogohlantirib  turish  o’sha  paytlarda  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan.  Nilometr 

asbobining  ishlashi  fizikadan  hozirgi  kunda  ma’lum  bo’lgan  tutash  idishlar 



 

 

qonuniga  asoslangan.  Demak,  tutash  idishlar  qonunini  al-Farg’oniy  amalda 



qo’llagan.  Ammo  fizika  tarixida  tutash  idishlar  qonuni  XVII  asrda  yashagan 

Fransuz olimi  Blez Paskal nomi bilan bog’lanadi. Ayon bo’ladiki, vatandoshimiz 

Al-Farg’oniy  tutash  idishlar  qonunini  Ovrupa  olimlaridan  800  yil  avval  amaliy 

sohalarda qo’llagan.  

 

Mustaqillik  tufayli  buyuk  ajdodlarimizning  bebaho  ilmiy  meroslaridan 



bahramand  bo’lish  baxtiga  erishdik.  Mustaqillik  tufayli  ulug’  alloma  vatani 

Farg’onada  uning  nomiga  ulkan  bog’  va  memorial  haykali  o’rnatilib,  1998  yilda 

Al-Farg’oniyning 1200 yillik to’yi Respublika miqyosida keng nishonlandi. 

Abu  Nasr  Muhammad  ibn  Muhammad  ibn  Uzlug’  Tarxon-Sirdaryo 

yoqasidagi  Forob    (O’tror)  degan  joyda  tug’ilgan.  Sharq  mamlakatlarida  uning 

nomi ulug’lanib, «Al-Muallim as-soniy», «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin) 

yoki  Sharq  Aristoteli  deb  yuritilgan.  U  boshlang’ich  ma’lumotini  ona  yurtida, 

so’ngra Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda oladi. Keyinroq o’z ma’lumotini 

oshirish  maqsadida  arab  mamlakatlarining  madaniyat  markazi  Bog’dodga  keladi. 

U  70  dan  ortiq  tilni  bilgan,  941  yildan  boshlab  Damashqda  yashagan.  Shahar 

chekasidagi  bog’da  qarovul  bo’lib  kamtarona  hayot  kechirgan.  U  950  yilda 

Damashqda vafot etadi va «Bob assag’ir» qabristonida dafn etiladi.  

Forobiyning  fizikaga  va  matematikaga  doir  asarlari  —  «Hajm  va  miqdor 

haqida so’z» (Kalom fi-l xiyz va-l miqdor), «Fazo geometriyasiga kirish haqidagi 

qisqartma  kitob»  (Kitob  al-madhal  ila-l  handasat  al-vaxmiyati  muxtasarsan), 

«Astrologiya  qoidalari  haqida  mulohazalarni  to’g’rilash  usuli  haqida  maqola» 

(Maqola  fi-l  jihat  allayati  yassehu  alayho  al  qavl  bi  ahkom  an-nujum),  «Fizika 

usullari haqida kitob» (Kitob fi usul ilm at-tabiat).  

 

Forobiy  «Yulduzlar  haqidagi  qoidalarda  nima  to’g’ri,  nima  noto’g’riligi 



to’g’risida»  risolasida  osmon  jismlari  bilan  Yerdagi  hodisalar  o’rtasidagi  tabiiy 

aloqalarni,  xususan,  bulutlar  va  yomg’irlar  paydo  bo’lishining  Quyosh  issiqligi 

ta’sirida  bug’lanishiga  sababiy  bog’liqligini  yoki  Oy  tutilishini  Yerning  Quyosh 

bilan Oy o’rtasiga tushib qolishi deb tushuntiradi.  




 

 

  




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish