3. Aristotel – Arastu, sharqda «birinchi muallim» nomi bilan mashhur. U 384
yilda (eramizdan avval) tug’ilgan, Platonning shogirdi. Platon vafotidan keyin u
Afinadan safarga chiqib, 343-340 yillarda Yunoniston podshohi Filipp
Makedonskiy saroyida yosh Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn)ning
tarbiyasi bilan shug’ullanadi. 335 yilda Afina shahrida maktab «Likey» ochadi va
uni 12 yil boshqaradi. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin, u Afinani tark
etishga majbur bo’ladi. 322 yilda 63 yoshida Xalkida vafot etadi. Uning quyidagi
asarlari bizgacha yetib kelgan: «Fizika», «Osmon to’g’risida», «Paydo bo’lish va
yo’qolish», «Metrologiya», «Muammolar», «Mexanika». Aristotel, Platon va
Pifagorlarning mantiqiy bilish nazariyasini tanqid, qilib, fizikani kuzatishlar va
mantiq asosida yaratishga intildi.
Aristotelning ilmiy merosi orasida biz uchun qiziqarlisi uning dinamikaga
doir ilmiy qarashlari bo’lib, undan Galileyga qadar Ovrupoda darslik sifatida
foydalanib kelindi. Aristotel fikricha tabiatda hamma narsa harakatda, u harakatni
tabiiy va majburiy harakatlarga bo’ladi. U olamni ham ikkiga bo’ladi: Oy ostidagi
o’zgaruvchan, yuzaga keluvchan, yo’qoluvchan hodisalar va narsalar hamda
abadiy qoluvchi oydan yuqoriga joylashgan yulduz va fazoviy jismlar.
Aristotelning ushbu fikr va mulohazalari kundalik kuzatuvlar va mantiqqa
asoslangan. U Yerni olam markazi, ya’ni barcha samoviy jismlar Yer atrofida
aylanadi, deydi. Kundalik hayotda og’irroq jismlar Yer markazi tomon, yengilroq
jismlar (havo, olov) yuqoriga olam shariga intiladi, deb izohlaydi. Aristotel
mexanik harakatning sababchisi unga qo’yilgan birinchi turtki, deb qaraydi.
Gorizontga otilgan jismlar harakatini tushuntirishda Aristotel quyidagicha fikr
yuritadi: Otilgan jismlar harakatining sababchisini muhit, ya’ni havo bo’lib, jism
siljiganda u egallagan joyda bo’shliq (vakuum) vujudga keladi. Bo’shliqni
to’ldirish uchun havo jismga turtki beradi va harakat shu zaylda davom etadi, deb
tushuntiradi.
Ushbu nazariyaga asosan jismlar havosiz bo’shliqda cheksiz katta tezlik
bilan harakatlanishi lozim edi, ammo kundalik kuzatishlar buning aksini ko’rsatadi.
Shu sababli, Aristotel atom tuzilishi tarafdorlari fikriga qarama-qarshi (ya’ni olam
atom va bo’shliqdan tashkil topgan degan fikrga) bo’shliq yo’q, deb fikr yuritadi
va bu fikr Torichelli tajribasigacha o’zgarishsiz qoladi. Keyinchalik, Aristotelning
bu fikri fizikaga «Efir» tushunchasini kiritishga ham sabab bo’ladi.
Aristotelning dinamikaga doir ilmiy qarashlarining ikkinchisi jismlarning
erkin tushish tezligi uning og’irligiga to’g’ri proporsional deb qarashi hisoblanadi.
Bu xulosa kundalik kuzatishlarga to’g’ri keladi, masalan; olma, olma bargiga
nisbatan yerga kattaroq tezlik bilan tushadi. Buning sababini Aristotel quyidagicha
talqin etadi. Jismlar Yer sirtiga yaqinlashgan sari og’irligi orta boradi va unga mos
holda tezligi ham ortadi deb tushuntiradi. Ushbu fikrning Galiley tomonidan
keyinchalik noto’g’ri ekanligi isbotlanadi.
Aristotelning kinematikaga doir o’zaro perpendikulyar ko’chishlarni
qo’shishi hozirgi qoidaga to’g’ri keladi. Ya’ni, u gorizontga otilgan jismlar
harakatini ikkita gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajratadi va natijaviy
harakat egri chiziqli (parabola) bo’lishini ko’rsatadi.
Aristotelning statikaga doir fikrlari hozirgi fikrlarga mos keladi. Aristotel
richaklarning (pishang) muvozanatlilik shartini, tarozi va bloklar nazariyasini
to’g’ri tushuntirib beradi.
Aristotel o’zininng «Muammolar» asarida musiqa, metrologiya, amaliy
mexanika, kinetik energiya tushunchasiga yaqin fikrni, osmotik bosim, tovushning
havoda tarqalishi, yorug’likning qaytish qonuni va yorug’likning tarqalish tezligi
borasida to’g’ri fikrlarni olg’a suradi.
Aristotelning fizikaga doir ishlari, albatta, fizika fani rivojiga ulkan hissa
qo’shdi. Ilk bor Aristotel o’zining «Fizika» nomli kitobida fizika fanining
shug’ullanish sohasini aniqlab bergan edi. Fizika fani tabiat va undagi
hodisalarning sababini o’rganishini ta’kidlab o’tgan. Uning ushbu tushunchasi
fizika fanining zamonaviy predmetiga mos keladi.
Aristotel fizik hodisalarni izohlashda matematikadan foydalanmaydi. Uning
asosiy ilmiy-izlanish usuli kuzatish, mantiq, va dialektika bo’lgan. Aristotel
Demokritni va uning tarafdorlari Anaksagor, Levkipplarning olamda atom va
bo’shliqdan boshqa narsa yo’q degan fikrlariga qarshi chiqib, bo’shliq (vakuum) va
vaznsizlik holati bo’lishi mumkin emas deydi. Aristotel olamni cheksiz deb e’tirof
etib, Yerni olamning markazi deb hisoblaydi va geosentrik nazariyani olg’a suradi.
Aristotel va uning shogirdlarining kamchiligi shunda ediki, ular tajriba natijalariga
tanqidiy yondoshmaganlar va shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarishgan.
Shunga qaramasdan, Aristotelning ilmiy merosi fizika fanining keyingi
taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin Aristotel Afinadan qochishga
majbur bo’ladi. Fanning taraqqiyoti Afinadan Misrning Aleksandriya shahriga
ko’chadi. Aristotelning shogirdi Demetriy Falerskiy tomonidan (miloddan avvalgi
III asr) «Aleksandriya muzeyi» tashkil etiladi. Ushbu muzey Aristotel va boshqa
ko’pgina olimlar asarlarini to’plash va nashr etish bilan shug’ullanadi va
milodgacha 47 yilda 700000 tomlik boy kutubxona yuzaga keladi. Dunyoning
hamma tomonidan olimlar to’planib, fan va madaniyatni rivojlantirishdi.
Aleksandriya kutubxonasi miloddan avvalgi 47 yilda qisman rimliklar tomonidan
yondirib yuborildi, qolgan qismi eramizning 391 yili va qoldiqlari esa VII-VIII
asrlarda yo’qolib ketadi. Ushbu ilm dargohida yunonistonlik olim Arximed ham
ta’lim olgan.
Arximed miloddan avvalgi 287 yilda Sirakuz (Sisiliya yarim oroli) shahrida
astronom olim Fidey oilasida dunyoga keladi. U asosiy bilimni Aleksandriya
muzeyida oladi. U dastlab Misrning Nil daryosida ko’priklar, dambalar quradi,
Arximed vinti degan suv ko’targich, 40 ga yaqin mexanizmlar ixtiro qiladi.
Arximed statika va gidrostatika asoschisi. U jismlarning og’irlik markazi,
richaklar nazariyasini yaratdi. Richakning muvozanatlilik sharti: teng og’irlikdagi
yuklar teng yelkalarda muvozanatda bo’ladi. U gidrostatikaning asosiy qonunini
ochadi: "gaz va suyuqliklarga botirilgan jismga shu jism siqib chiqargan gaz yoki
suyuqlik og’irligiga teng pastdan yuqoriga yo’nalgan itaruvchi kuch ta’sir etadi".
Arximed tomonidan ushbu qonunning ochilishi haqida qiziqarli rivoyat mavjud.
Aytilishicha, Sirakuz podshosi Giyeron sof oltindan toj yasashni zargarga
buyuradi. Toj tayyor bo’lgandan so’ng Giyeron toj sof oltindan yasalganligiga
shubha qiladi. Bu masalani oydinlashtirishni u Arximedga buyuradi. Arximed
zamonida turli xil metallarning solishtirma og’irligi ma’lum bo’lgan, ya’ni;
v
p
d
munosabat orqali aniqlangan. U toj og’irligini tarozida tortib oladi, ammo
uning hajmini qanday aniqlashni bilmaydi. Chunki Arximed zamonida
muntazam geometrik shakldagi jismlar silindr, shar, kub kabilarning hajmini
aniqlashni bilar edilar. Ammo u murakkab shakldagi toj hajmini o’lchashning
yo’lini topa olmay qiynalib yurar edi. Kunlardan bir kun u suv to’la vannaga
tushadi, qarasa suv vannadan toshib to’kiladi. Shunda yo’lini topdim (evrika) deb
ayyuhannos soladi va quyidagicha mulohaza yuritadi: Suyuqlikka botirilgan jism
o’z hajmiga teng suyuqlikni siqib chiqaradi, degan xulosaga keladi. Shu usul bilan
u tojning hajmini o’lchab, uning solishtirma og’irligini aniqlaydi, tojning
solishtirma og’irligi oltinning solishtirma og’irligidan kichik chiqadi. Shunday
qilib, toj uchun berilgan oltinning bir qismi zargar tomonidan olib qolinib, o’rniga
kumush qo’shilganligi ayon bo’ladi. Shoh Giyeron zargarni jazolaydi. Shunday
qilib, hayotiy zarurat buyuk kashfiyotning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |