Ba’ zi moddalarning solihtirma og
irliklari
1. Oltin
2. Simob
3. Kumuh
4. Qurg’oshin
5. Mis
6. Temir
2.1.1-rasm Beruniy idishi
U gidrostatik tortish usuli bilan 50 dan ortiq moddalarning solishtirma
og’irligini aniqlagan. Jadvalda bir necha moddalarning Beruniy tomonidan
o’lchangan va hozirda ma’lum bo’lgan solishtirma og’irliklari keltirilgan. Ushbu
jadvaldan ko’rinadiki, natijalar orasidagi farq unchalik katta emas. Bu narsa
Beruniy juda mukammal tajriba usulidan foydalanganligidan guvohlik beradi.
Beruniy o’zining «Minerologiya» nomli asarida ta’kidlashicha, u juda ko’p
izlanishlar va urinishlar natijasida gidrostatik tortish ishlari uchun maxsus idish
ixtiro etganligini yozadi. Ushbu idishning ostki qismi konus shaklida, bo’yin
tomoni silindrsimion bo’lib, uning o’rtasidan teshik ochilib ingichka naycha
ulangan. Idishga suv to’ldiriladi va unga solishtirma og’irligi aniqlanishi lozim
bo’lgan jismlar tushirilganda, ushbu naychadan ma’lum miqdorda suv tarozi
pallasiga oqib tushadi. Oqib tushgan suv og’irligi tarozida tortilib va u namuna
siqib chiqargan suv og’irligi bilan taqqoslanib, jismlarning solishtirma og’irligi
aniqlanadi.
Beruniy erishgan ilmiy natijalar va uning Minerologiya asaridan Sharqning
buyuk olimlaridan Umar Xayyom, Nosiriddin at- Tusiylar o’z ilmiy izlanishlarida
keng foydalanishgan.
Al Beruniy «Minerologiya» asarida oltin, kumush, simob, temir, mis, qalay,
qo’rg’oshinlarning xossalarini, ularning klassifakasiyasini, qazilish joylarini va
ularni qayta ishlash haqida ma’lumot beradi. Ushbu asarida Al Beruniy
«Marvarid» toshining optik va fizikaviy xossalari, uning turli tillarda (arab, fors,
Beruniy hozirda
19,810~Н/м 19,3.10~Н/м'
13,55 14,19
10,42 10,5
11,47 11,34
8,71 8,89
7,98 7,83
yunon, suriyon) atalishi, qaysi dengizlardan olinishi, olinish usullari va uni
baholash haqida hikoya qiladi.
Beruniy «Mas’ud jadvali» asarini 1030 yilda yozib tamomlagan, u II
bo’limdan iborat: uning I bo’limida kun, oy, yil va o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan
kalendarlarga izoh beriladi. II bo’limda turli xalqlardagi yil sanalari haqida,
keyingi bo’limlarda astronomiya masalalari yoritiladi. Beruniy turli xil yulduzlar
haqida ulardan ko’zga ko’rinadigan 1017 tasi to’g’risida ma’lumotlar beradi va
ularni yorqinligi bo’yicha 6 turga bo’ladi.
Al Beruniyning «Hindiston» nomli asarining 1159 yilda ko’chirilgan
qo’lyozmasi nusxasi hozirda London kutubxonasida saqlanmoqda. Asar 1031 yilda
yozib tugallangan. Ushbu asarida Beruniy hindlarning astronomik va matematik
bilimlariga ularning xatolari va xulosalariga baho beradi.
Beruniy birinchi marta artezian quduqlarni qazishni izohlab bergan edi.
Vaholanki, Yevropada 1126 yilda Lils tomonidan artezian qudug’i ixtiro qilinadi
va uning nomi bilan bog’lanadi. Demak Beruniy artezian quduqlar nazariyasi va
amaliyotini Yevropa olimlaridan 100 yillar oldin izohlab bergan ekan.
Mirzo Ulug’bek - Amir Temurning nabirasi Mirzo Shohruhning o’g’li 1394
yilning mart oyida Eronning Sultoniya shahrida tug’ilgan. Uning ismi Muhammad
Tarag’ay bo’lib, yoshligidan Ulug’bek deb atala boshlangan va keyinchalik uning
asosiy ismi bo’lib qolgan. 1411 yil Mirzo Shohruh o’g’li Ulug’bekni
Movorounnahr va Turkiston hokimi etib tayinlaydi. Bu paytda Ulug’bek endi 17
yoshga to’lgan edi. Ulug’bek ota va bobolaridan farq qilib, harbiy yurishlarga
qiziqmas, ko’proq ilm va fanga moyil edi.
Ulug’bek o’zining uztozi deb Qozizoda Rumiyni hisoblaydi. U Mavlono
Ahmad va Qozizoda Rumiylar kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg’ayadi.
Ulug’bekning safdoshi G’iyosiddin Jamshid Koshiyning guvohlik berishicha,
Ulug’bek Qur’oni Karimni aksariyat qismini yoddan bilgan, fiqh, mantiq ilmlarini
mukammal egallaganUlug’bekning astronomik maktabi mahsuli sifatida uning
«Ziji Ulug’bek», «Ziji jadidiy», «Yangi zij» ham deb nomlanadigan mashhur asari
hisoblanadi. Ulug’bekning matematikaga doir «Bir daraja sinusini aniqlash haqida
risola», «Risolai Ulug’bek»; astronomiya va tarixga doir «Tarixi arba’ ulus»
(To’rt ulus tarixi) asarlari bizgacha yetib kelgan.
Ulug’bekning «Zij» asari to’g’risida. Bu asar ikki qismdan, ya’ni keng
muqaddima (nazariy) va amaliy qismdan, ya’ni 1018 ta sobit yulduzning o’rni va
holati aniqlab berilgan jadvaldan iborat. Muqaddimaning boshida Qur’oni
Karimdan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltirilgan. Masalan:
«Quyosh, Oy va yulduzlarning barchalari falakda suzib yurur» (Yosun surasi, 40
oyat, 322 bet). «Darhaqiqat, biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik. Va
uni har bir itoatsiz shaytondan, jindan saqladik». (Vassofot surasi, 6,7 oyat, 325
bet).[16] Ulug’bek bu bilan astronomik kuzatishlarning zarurligini g’oyaviy
asoslamoqchi bo’ladi. Ammo shunga qaramasdan Qur’oni Karimning mohiyatiga
tushuna olmagan din peshvolari va aqidaparastlar uni g’ayridinlikda ayblab ig’vo
tarqatishib, o’z o’g’li Abdullatif tomonidan o’ldirtiriladi. Ulug’bek «Zij» ning
muqaddimasida o’zining ustozi Qozizoda Rumiyning ushbu asarni yaratishda unga
rahbarlik qilganligini yozadi. O’zining shogirdlari orasidan Ali Qushchini
«Farzandi arjumand» (ya’ni farzandim) deb, «Zij» ning amaliy qismini uning
ittifoqligida yozganligini ta’kidlaydi.
1449 yili Ulug’bekning fojiali halokatidan so’ng Samarqand olimlari asta-
sekin yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketadilar. Ular o’zlari
bilan Samarqand astronomiya maktabi asarlarining nusxalarini olib ketadilar va
uning Ovrupoga tarqalishiga xizmat qiladilar. Ayniqsa, uning sodiq shogirdi Ali
Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerdagi rasadxonada Ulug’bek ishlarini
davom ettiradi. Shu tariqa Ulug’bekning «Ziji» Turkiya va undan Ovrupo orqali
butun duyoga tarqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda «Zij» ning hozirgi kunda 100 ga
yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arab tilidagi nusxalari dunyoning turli
kutubxonalarida saqlanmoqda.
Endi Ulug’bekning fizika faniga qo’shgan hissasi to’g’risida to’xtalaylik.
Fizikanning asosiy fundamental qonunlaridan biri-butun olam tortishish qonuni
1680 yilda ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan ochilgan. Ammo Nyutongacha,
Ptolemey, Ulug’bek va boshqa astronomlar tomonidan Oy, Quyosh va boshqa
sayyoralarning harakat trayektoriyasi o’rganilgan. Bu to’plangan ilmiy natijalarga
asoslanib, Iogan Kepler planetalarning harakat qonunlarini ochdi. Nyuton bu ilmiy
izlanishlarni umumlashtirib, Butun olam tortilish qonunini kashf etdi. Demak,
Butun olam tortishish qonuni ochilishida vatandoshimiz Ulug’bek va uning
astronomiya maktabining ham ulushi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |