Ijtimoiy tajribalar: bilim, ish – harakat usullari, ijodiy tajriba yoki
izlanuvchan faoliyat hamda emasional qadriyat munosabatlarini o’ziga qamrab
oladi.
Ta’limda uzluksizlikni ta’minlash o’quv perdmeti qismlaridagi zarur va
to’g’ri nisbatni o’rganish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuningdek, uzviylik
tushunchasi ta’limning turli bosqichi, shakli, metodlarida bilim, ish – harakat
usullari va shaxsiy fazilatlariga qo’yiladigan talablarni ko’zda tutadi. Uzviylik
quyidagi ikki omilni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
1. Fanning mazmuni va mantiqi.
2. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni qonuniyatlari.
O’quv predmetini o’zlashtirishda birinchi omilning ahamiyati muhim bo’lib,
tushuncha, dalil, qonunlar kabi o’quv predmeti mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy
element, ketma – ket, asta – sekinlik bilan o’rganilayotgan ob’ekt mohiyatini
imkon qadar anglab borishga sharoit yaratadi. Ikkinchi omil ilmiy bilimlarga ishlov
berishni talab etadi.
Shunday qilib, uzviylik faqatgina to’g’ri chiziqli emas, balki o’quv
materiallarini ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi qulay bo’lgan holda
shakllantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uzviylikni ketma – ket amalga oshirish
ta’lim istiqboli tavsifini beradi. Bunda alohida mavzular bir – biridan tubdan
ajralgan emas, balki birinchisi ikkin chisi uchun asos va ikkinchisini mo’ljal
sifatida hisobga olinishini ko’zda tutadi.
Amalda ta’lim mazmunini loyihalashtirish quyidagi ikki darajada amalga
oshiriladi:
-
blok moduli o’quv dasturi darajasida;
-
aniq maqsadga muvofiq o’quv matereali sifatida.
Bunda ixtisoslik qaysi kasbga mansubligi, shuningdek, kasbning o’zi qanday
faoliyat turiga tegishli ekanligini ham aniqlashtiradi. Aniq yo’nalishda tanlab
olingan ta’lim mazmunini yuqoridan pastga “qavatma-qavat” tahlil etiladi. Yuqori
qatlam iqtisodiy sohasiga tegishli bo’lsa, o’rta qavat kasb-hunarga va pastki qavat
alohida ixtisoslarga to’g’ri keladi. Bunday yondashuv zamonaviy kasb-hunar
ta’limi mazmuni yaxlit tizim sifatida yiqoridan pastga tomon tadqiq etiladi.
Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuvlar:
I. Ta’limda uzviylik o’quv predmetining tashkiliy qismlarining to’g’ri nisbati
va zaruriy bog’liqligini ta’min etadi.
O’quv materialining joylashuvi va bu materialni o’zlashtirish usullarini
tanlashdagi uzviylik quyidagi ikki omilni hisobga olish bilan amalgam oshiriladi:
Ushbu o’quv predmeti tegishli fan mazmuni va mantiqi hamda bilimlarni
o’zlashtirish jarayonining qonuniyatlarini, fanning mazmuni va mantig’i o’quv
predmetining uzviyligini ta’min etishda muhim ahamiyat kasb etadi: tushuncha,
qonunlar va dalillar, o’quv predmeti mazmuning o’zagi hisoblanib, ketma-ket
joylashadi va o’rganilayotgan sohaga oid bilimlarning kengayib borishini
ta’minlaydi, oldingilari keyingilari bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni qonuniyatlari omili ilmiy bilimlarni
to’g’ridan to’g’ri o’quv predmeti mazmuni sifatida talqin etishiga yo’l qo’ymaydi,
unga didaktik ishlov berishni talab etadi. Shunday qilib, uzviylik faqatgina to’g’ri
chiziqli emas, balki o’quv materialini konsentirik joylashuvida ham amalga
oshiriladi.
Tushunchalarni keng va chuqur aloqadorligini o’rganish mazmunini
boyitishga uni o’zlashtirish shakllarining uzviyligini ta’min etadi.
Uzviylik alohida o’quv predmetlarinigina emas, balki turli o’quv
predmetlarining o’zaro munosabatlarini ham qamrab olish zarur. Buning uchun
turli o’quv predmetlatini o’rganishda ob’ektiv aloqadorligi asosiy hisoblanadi.
II. Ta’lim mazmuni avval DTS, so’ngra o’quv reja va dasturi shaklida
loyihalashtiriladi.
Ta’lim mazmuni ta’lim jarayoning asosiy elementi (tashkil etuvchi
komponenti) ni o’zlashtirish natijasida ijtimoiy maqsadlarga erishiladi.
O’zlashtirish zarur bo’lgan ijtimoiy madaniy tajribaning tavsifi va hajmi aniq shart
– sharoit, imkon, zamon, shuningdek ta’lim muassasasining turi va darajasiga
bog’liq bo’ladi.
Ta’lim mazmuni tashkil etuvchi tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni
ko’rsatish mumkin: a) samarali amaliy faoliyat tajribasi, ya’ni mehnat, iqtisodiyot,
siyosat ijtimoiy va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish;
b) bilish tajribasi atrof olam rivojlanishi qonuniyatlarini anglash metodlari va
natijalari;
v) umumiy maqsadlarga erishish jarayonidagi ijtimoiy o’zaro ta’sirlar
tajribasi;
g) axloqiy etik tajriba;
d) ma’naviy – madaniy tajriba va shu kabilar.
O’qitish mazmuni ta’lim muassalarida o’rganiladigan o’quv predmetlarini
o’rganish jarayonida o’zlashtiriladi. O’qitish mazmining tuzilmasi, ya’ni turli
elementlarning o’zaro munosabatlarining ketma-ketligi, davomiyligini o’quv
rejasini aniqlab berdi. Shu paytgacha o’qitish mazmuni bajariladigan vazifalarning
mirakkablik darajasi va mazmuniga binoan aniqlanadi.
Masalan, umumiy ta’limning asosiy vazifasi insonni har tomonlama
rivojlantirish, hayot va mehnat, kasb tanlashga va kelgusida kasb-hunar sir-
sinoatlarini o’rganishga tayyorlashdan iborat.
Aniq kasb bo’yicha ta’lim mazminini integrativ yondashuv asosida tanlab
olishda uning qaysi soha bo’yicha ishlab chiqarishga mansubligi hisobga olinadi.
Integrativ yondashuv asosida kasb – hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda
me’yoriy asos tasniflagich va DTS, TTS hisoblanadi.
Demak, kasb – hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda dastlabki asos kasb –
hunar turi hisoblanadi. Ajratib olingan ta’lim mazmuni yuqoridan pastga tomon
tahlil etiladi. Yuqotidagi qatlam sohaga va alohida ishlab chiqarish faoliyat
ko’rinishlariga mos bo’ladi. O’rta qatlam tutish kasblarga to’g’ri keladi. Tahlil
borishida eng avvolo umumiy ta’lim mazmuni, keyin xususiy mazmun, ya’ni kasb-
hunarning o’ziga tegishli mazmuni tanlab olinadi. Bunday didaktiv tahlil
mazmunining unifakasiyalashgan qismlarini ajratib olib, kasbiy ta’lim mazmunini
ilmiy asosda ma’lum tizim yoki tuzilmaga keltirish imkonini beradi. Bu
yondashuv o’quv dasturini ushlab chiqish (tuzish) imkonini beradi.
Bloklar mazmunini tanlab olishda har bir oldingi blok keyingisiga tayanch
sifatida qarab kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Bu, o’z navbatida, uzviylik va
yaxlitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, kasb-hunar pedagogikasida
kasb-hunar ta’limining o’ziga hos jixatlarini xisobga olib, umumdidaktik prislar
bilan uyg’unlikda qo’laniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |