O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM V AZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH FAKULTETI
“Himoyaga tavsiya etilsin”
fakultet dekani f.fd. B.Abdushukurov
“ ” 2018-yil
5111200-0‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo ‘nalishi 4-bosqich 405-guruh talabasi Xoliqova Dilrabo Abdurashid qizining “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining shakllanish tarixi va taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish” mavzusida
yozgan
B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I
Ilmiy rahbar
K.Mavlonova
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
M.Hakimova
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.n.
“
S.Ismoilova
TTYeSI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Himoyaga tavsiya etilsin”
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri
f.f.n. I.Azimova
“ ” 2018-yil
KIRISH 2
1.2.O‘zbek tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari 9
25 Onnoco^Ha. A6y Hacpa a^b - Oapa6n. - AnMaTbi: Fhjhm, 1994. - C.3. 22
2.2.O‘rta (X-XIX) asrlarda ona (o‘zbek) tilida ta’lim maqsadi 25
2.3.Jadidlarning ona tili ta’limida tutgan o‘rni 28
2.4.Sovet davrida o‘zbek tili ta’limi 35
IIBOB. O‘ZBEK TILI O‘QITISHNING BUGUNGI MASALALARI 37
3.1. Mustaqillik davrida o‘zbek tili o‘qitishga oid olib borilgan tadqiqotlar 37
3.3.O‘zbek tili o‘qitish jarayonida innovatsiya 46
XULOSA 49
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 51
Elektron sayt materiallari: 52
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da batafsil yoritilgan. Respublikamizning Prezidenti Sh.Mirziyoyevning: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1, - degan so‘zlari o‘qituvchi va murabbiylar uchun dasturulamal vazifasini o‘tashi lozim.
Har tomonlama bilimli mutaxassislarni tayyorlash uchun, eng avvalo, ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni bemalol qo‘llay oladigan, dunyoviy bilimlardan xabardor, pedagogik texnologiyalardan mohirona foydalana oladigan pedagoglar bilan ish ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ana shunday pedagoglarni o‘qitish va tayyorlashda oliy ta’lim muassasasining, unda o‘qitilayotgan fanlarning o‘rni beqiyosdir.
Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmonida2 2017-2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Strategiyadagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan.
Bugungi kunda har bir ta’lim muassasasining mukammal ilmiy metodikasini ishlab chiqish va tatbiq etish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Xususan, O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining ham shakllanish tarixi va taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, o‘zbek tilini o‘qitishning har bir davrning o‘ziga xos usullari bilan tanishib chiqish, qanday o‘qitilsa samarali natijalarga erishish mumkin ekanligi kabi savollarga ko‘p yillardan buyon olimlar va ilm ahlining to‘plagan tajribalariga tayanib javob topish ushbu sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning eng muhim maqsadlaridan biridir.
Ushbu ma’lumotlar asosida bugungi kunda ushbu fanni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan boyitish, o‘qitishning yangidan yangi usullarini ishlab chiqish, ularni amaliyotda qo‘llash va samarali natijalarga erishish bugungi kunda shu sohadagi mutaxassislar uchun eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Darhaqiqat, respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq xalq ta'limi sohasida tub islohotlar boshlab yuborildi. O‘tgan qisqa davr ichida “O‘zbek maktablarida ona tili o‘qitish konsepsiyasi” (1993) hamda “Ona tilidan davlat ta’lim standart”lari (1998, 2017) tasdiqlandi, shu standart asosida yaratilgan o‘quv dasturlari va darsliklari nashr qilindi, jahon andozalariga mos keladigan ta'lim tizimini yaratishga doir qator tadbirlar amalga oshirildi. Milliy istiqlol yillarida ona tili o‘qituvchilarining yangi pedagogik texnologiyani, axborot texnologiyalari, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga bo‘lgan qiziqishlari kuchaydi; o‘qitishning eng samarali, ayniqsa, noan’anaviy metod, vosita va usullarini tatbiq etishga bo‘lgan intilishlari ortdi; o‘quvchilarda ijodiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish bosh maqsadga aylandi.
Bu davrda yangi yo‘nalishdagi “Ona tili” dasturi va darsliklari yaratilgunga va chop etilgunga qadar, aniqrog‘i,
yili qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida sinovdan o‘tkazilgan “Ona tili” DTSi va dasturi joriy etila boshlagunga (1998-yilga) qadar necha o‘n yilliklar mobaynida amalda bo‘lgan, o‘quvchi ta’lim subyekti emas, balki obyekti sanalgan, hali bu masala kun tartibiga qo‘yilmagan vaqtlarda yaratilgan “Ona tili” dasturi va darsliklarining mazmuni milliy mafkura, milliy ma’naviyat nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqilgan nashrlaridan foydalanib kelindi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov fanlarni o‘qitish va uni o‘qitishga tayyorlanayotgan yetuk mutaxassislarga qo‘yilayotgan talab haqida o‘z fikrlarini bildirar ekanlar, quyidagilarni ta’kidlaydilar: “Fan - taraqqiyot demakdir. Fanni yuksak rivojlantirmay, Vatannning kelajagi haqida gapirish qiyin”. Yoki ta’lim tizimini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan boyitish lozimligi haqida to‘xtalar ekanlar: “Xalq ta’limi, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlar talab qiladi ”3, deya fikr bildirganlar.
Ona tili o‘qitish metodikasi pedagogik sikldagi fanlardan biri bo‘lib, u didaktika bilan uzviy bog‘langan va xususiy didaktika sikldagi fanlardan biri sanaladi. Chunki umumiy didaktikaning barcha masalalari bevosita xususiy didaktika, shu jumladan, ona tili ta’limi bilan bevosita aloqadordir.
Ona tili o‘qitish metodikasi o‘ziga xos mustaqil fan sanaladi. Chunki bu fan maktabda ona tili “Nima uchun o‘qitiladi?”, “Nega shunday o‘qitiladi?”, “Nima o‘qitiladi?”, “Qanday o‘qitiladi?”, “Ona tili ta’limi qanday tashkiliy shakllar vositasida amalga oshiriladi?” degan savollarga javob izlaydi.
O‘zbek tili o‘qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi, uning taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, o‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining V-XX asrlardagi taraqqiyotiga oid bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqish, o‘zbek tili o‘qitishning bugungi masalalari: mustaqillik davrida o‘zbek tili o‘qitishga oid olib borilgan tadqiqotlarni, o‘zbek tili o‘qitishga kompentensiyaviy yondashuv va uning ahamiyatini, o‘zbek tili o‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va ular haqida ma’lumotlar berish bitiruv malakaviy ishning dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. O‘zbek tili o‘qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi, uning taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, o‘zbek tili o‘qitishga kompentensiyaviy yondashuv va uning ahamiyatini, o‘zbek
tili o‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi:
o‘zbek tili o‘qitish metodikasining fan sifatida shakllanishining ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilishini o‘rganish;
o‘zbek tilidan ta’lim mazmuni bilan tanishish;
o‘zbek tili o‘qitish metodikasining V-XX asrdagi taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish va mustaqillik davridagi o‘zbek tili o‘qitishga oid bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish; ona tili o‘qitishga kompetensiyaviy yondashuv masalalarini o‘rganib chiqish; o‘qitish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mohiyatini ochib berish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili o‘qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi, uning taraqqiyot bosqichlari, o‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining V-XX asrlardagi taraqqiyotiga oid bo‘lgan ma’lumotlar umumlashtirildi;
o‘zbek tili o‘qitishning bugungi masalalari: mustaqillik davrida o‘zbek tili o‘qitishga oid olib borilgan tadqiqotlar, o‘zbek tili o‘qitishga kompentensiyaviy yondashuv hamda o‘zbek tili o‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalar mohiyati ochib berildi.
Tadqiqotning obyekti. Tadqiqotning obyekti sifatida o‘zbek tili o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan me’yoriy- huquqiy asoslar, dissertatsiyalar, ilmiy-metodik adabiyotlar, o‘zbek tili o‘qitish metodikasi darsliklari, avtoreferatlar, ilmiy maqolalar tanlab olindi.
Tadqiqotning predmeti. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining tadrijiy taraqqiyoti, ona tili fanidagi innovatsiya, metodlar.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda berilgan ilmiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasasining filologiya fakultetida tahsil oluvchi talabalar, o‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi fani o‘qituvchilari, umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi pedagoglar foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. O‘ZBEK TILI O‘QITISH METODIKASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanining shakllanish tarixi va taraqqiyot bosqichlari masalasining ilmiy-metodik
adabiyotlarda yoritilishi
.. .tariximiz haqida gap ketganda, biz hamon rus olimlarining tadqiqotlariga tayanamiz.. .Lekin qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz. O‘z davlatimiz, xalqimiz, millatimiz tarixini o‘zimiz tiklamasak, o‘zimiz xolisona yozmasak, uni boshqalar boshqacha qilib yozadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan
turib o‘zlikni anglash mumkin emas.4
I.Karimov
Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ushbu maqsadni amalga oshirish
uchun esa eng muhimi o‘qish, o‘rganish, yangi bilimlar bilan qurollanish lozimdir. Shu maqsadda har bir davrda o‘qish va o‘rganishning o‘ziga xos, zamonga yarasha usullari yaratilgan va yaratilib kelinmoqda.
Ona tilini o‘qitish tarixi ancha qadimgi davrlarga borib taqaladi. Sharqda IX-XV asrlarda ijtimoiy - madaniy hayotda yuksalish, ilm - fanda taraqqyot kuzatiladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda yashab, ijod qlgan, qomusiy olimlarimiz turli fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan jahon madaniyati, ma’rifati, ilm-u fan rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Forobiy fanlarni tasniflash bilan birga, ularni “Qanday o‘rgatish” masalalariga ham e’tibor qaratdi. Uning fikricha, har bir fanni o‘rganuvchi oldin o‘zini shu ilmni o‘zlashtirishga tayyorlashi, so‘ngra haqiqatni izlashi, o‘zining salomatligiga, odob-axloqiga jiddiy e'tibor berishi lozim. U yoshlarga o‘git tariqasida yoshlikdan ilm egallashga bel bog‘lash lozimligini, salomatligining yaxshi bo‘lishiga intilishi, axloqli, odobli bo‘lishi, so‘zining ustidan chiqishi, yomon ishlardan saqlanishi kerakligini uqtiradi5.
XII asr oxiri XIII asr boshlarida yashab ijod etgan Ahmad Yugnakiy ham nafaqat ilmning ahamiyati, balki ilmni o‘rganish xususida so‘zlab, bilimli kishi ilmni farqlaydi, bilimning qadrini kishiga ilm bildiradi, bilimli kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, molsiz faqir kishiga uning ilmi tugalmas boylikdir, degan g‘oyalarni ilgari suradi.
O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fani ham o‘ziga xos tarzda shakllanish va taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan fanlardan biri sanaladi. Qadimgi davrlardan buyon asta-sekinlik bilan rivojlanib, shakllanib kelayotgan ushbu fanning tarixi haqida ilmiy-metodik adabiyotlarda bir qancha ma’lumotlar berib o‘tilgan.
G‘ulomov boshchiligidagi “Ona tili o‘qitish metodikasi”6 darsligida ushbu fanning rivojlanish tarixi va shakllanishi haqidagi ma’lumotlar berilgan bo‘lib, unda metodikaning IX asrlardan boshlab rivojlanishni boshlagani, XIV-XV asrlarda ushbu sohaga oid bo‘lgan bir qancha ilmiy qarashlar vujudga kelganligi haqidagi ma’lumotlar berib o‘tilgan. Ushbu darslikda fanning ilk rivojlanish bosqichlarida Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim-tarbiya, ilmiy va badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish haqida fikrlarni bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir ko‘rsatganligi haqida aytib o‘tilgan.
D.Yo‘ldosheva “O‘zbek tili ta’limi maqsadi tarixi pedagogikamiz, didaktikamiz va ona tilini o‘qitish metodikasi tarixida umuman o‘rganilmagan bo‘lib, bu yo‘nalishda Y. Abdullayevning XIX asr oxiri XX asr boshlarida eski maktabda xat-savod o‘rgatish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqoti1 va monografiyasi2dan boshqa ommalashgan jiddiy ilmiy tadqiqot yo‘q”ligini ta’kidlagan.
To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodovalarning “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi”7 nomli darsligida ona tili o‘qitish tarixi ancha qadimgi davrlarga borib taqalishi, XVI-XIX asrlar oralig‘ida metodika fanining o‘ziga xos taraqqiyoti, kuzatilganligi, jadidlarning metodika fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissalari haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Shuningdek, tilshunos olim A.Nurmonov O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi fanining hozirgi holatini o‘rganishda uning tarixiy taraqqiyotini chuqur o‘rganishning ahamiyati, metodika fanining rivojlanishini o‘rganishda Tilshunoslik fanining tarixi bilan ham tanishish muhimligini ta’kidlab, quyidagi fikrlarni bildirganlar: “Kishilarning aloqa vositasi bo‘lgan tilning ichki tuzilishi, tuzilish birliklari, bu birliklarning nutqiy jarayonda voqelanishi, tilning jamiyat bilan munosabati, til va tafakkur munosabati, tillarning geneologik va tipologik tasnifi muammolari bilan shug‘ullanuvchi Tilshunoslik nazariyasi bilan mazkur muammolarning o‘rganilishi tarixiy masalalarini yoritib beruvchi Tilshunoslik tarixi o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga Tilni o‘rganish metodologiyasi va metodlari ham Tilshunoslik nazariyasi, Tilshunoslik tarixi bilan o‘zaro aloqada”8.
X. Qurbonovaning “Ona tili ta’limi mazmunini yangilashning lingvometodik asoslari” deb nomlangan nomzodlik ishida O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ona tili ta’limining tarixiy taraqqiyot yo‘li nazariy jihatdan ochib berilgan va unga baho berildi, ta’lim mazmunini yangilashning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy va metodik zaruriyatlari talqin qilindi, amalda bo‘lgan va hozir amal qilinayotgan dastur va darsliklar chuqur ilmiy tahlil qilindi, ularning yutuq va kamchiliklari nazariy asoslandi, milliy istiqlol yillarida ona tili o‘qituvchilari faoliyatida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni umumlashtirgan holda ona tili ta’limi mazmuni va metodlarini tadqiq etish va takomillashtirishning istiqboldagi yo‘nalishlari belgilab chiqildi9.
Ushbu fanning rivojlanish bosqichlari va tadirijiy taraqqiyoti haqidagi ayrim mulohazalarni D.Yo‘ldoshevaning “Ona tili ta’limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti”10 nomli o‘quv qo‘llanmasida ham uchratish mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanmada o‘zbek tili ta’limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti, qadimgi va o‘rta asrlarda ona tilida ta’lim maqsadi, jadidchilarning ona tili ta’limi uchun kurashlari, sovet davrida ona tili ta’limi maqsadi va mustaqillik yillarida ona tili ta’limi maqsadi haqidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.
Azimovning “Ona tili ta’limi tizimining shakllanishida jadid namoyandalarining o‘rni” nomli maqolasi11 da chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat g‘oyasini baland ko‘tarib chiqqan jadid vakillaridan biri Elbekning “Boshlang‘ich maktabda ona tili” risolasi tahlilga tortilgan. Maqolada ta’kidlanishicha, mazkur asar qozoq shoiri va adibi M.Jumaboyevning “Boshlang‘ich maktabda ona tili” kitobining tarjimasi hisoblanib, bilim kengashining pedagogika komissiyasi o‘zbek maktablari uchun ham zaruriy qo‘llanma sifatida e’tirof etadi va uni tarjima qilishni Elbekka topshiradi12. Risola oddiy tarjima bo‘lmasdan, adibning o‘zi e’tirof etganidek, “...misollar va qaysi bir jumlalar o‘zbek shevasining istagicha, butunlay boshqa bir tusg‘a solindi” .13
Milliy istiqlol davrida (1998-yildan keyin) ona tili ta’limi mazmuni navbatdagi yangilanish bosqichlarini boshidan kechirdi: davlat buyurtmasi sifatidagi “Ona tili” DTSi va o‘quv dasturi tasdiqlandi, darsliklar nashr qilindi, “Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish Konsepsiyasi” asosida avval uzviylashgan dasturlar, so‘ng “Ona tilidan yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va mavzuviy rejalashtirish” ishlab chiqildi.
O‘zbek tili o‘qitish metodikasining umumiy masalalari
Barchamizga ma’lumki, tilning jamiyatda tutgan o‘rni beqiyosdir. Til va tafakkur, nutq va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan g‘oyalar ta’lim tizimida ona tili o‘qitishning nazariy asosi sanaladi. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani ham davlatimizda olib borilayotgan til bilan bog‘liq bo‘lgan siyosatning qanday amalga oshirilishi, amalga oshirilish mazmuni, vositalari, tashkiliy jihatlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash bilan
bog‘liqdir. Ushbu vositalarni amaliyotga tatbiq etishda til va jamiyatning, til va tafakkurning, til va nutqning o‘zaro aloqadorligiga oid bo‘lgan tamoyillar muhim sanaladi.
Ushbu aloqadorliklar haqida gapirar ekanmiz, til va jamiyatning o‘zaro aloqadorligiga to‘xtalmoqchimiz. Barchamizga ma’lumki, til bu ijtimoiy hodisa. Til orqali kishilar fikrlaydilar va fikr almashadilar. Til jamiyat a’zolarining kelib chiqishi, ijtimoiy jihatdan mavqeidan qat’i nazar barcha insonlar uchun teng xizmat qiladi. Jamiyatda ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlar eng avvalo jamiyat a’zolarining tilida o‘z aksini ko‘rsatadi. Shu sababli ham jamiyat rivojlangani sari til ham rivojlanib, takomillashib boraveradi. Til kishilik jamiyati bilan bir paytda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatda yashagan insonlar ham o‘z ehtiyojlarini qondirish, kundalik hayotga kerakli bo‘lgan moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish maqsadida tildan foydalanishgan. Inson faoliyatiga oid bo‘lgan dastlabki mehnat qurollari, turmush uchun kerakli bo‘lgan asbob-anjomlarni nomlash, ulardan qanday foydalanishni o‘rganishda ham insonlar aloqa-aralashuv vositasi bo‘lmish tildan foydalanib kelishgan.
Ta’lim tizimida ona tilini o‘quv fani sifatida o‘rgatish — uning tarbiyaviy rolini oshirish, uni tarbiya quroliga aylantirish demakdir. Tilning ijtimoiy vazifalari va tarbiyaviy ahamiyatini faqat o‘qituvchigina emas, balki o‘quvchi ham sezsin, his qilsin. Kishining o‘zi uchun gapirib, o‘zi uchun yozmasligini, aksincha, kishilar uchun gapirib, kishilar uchun yozishni o‘quvchilar ijtimoiy zaruriyat deb anglashi lozim.
Maktabda til o‘qitilar ekan, til va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi quyidagi xulosalarga tayaniladi.
Til va jamiayatning o‘zaro bog‘liqligi
|
[
|
Til — kishilaming eng muhim aloqa-aralashuv vositasi. Tilning aloqa-aralashuv va fikr almashuv vazifasi mi puxta o‘zlashtirish zaminida yanada o‘tkirlashadi.
|
>
|
Kishilik jamiyati va til o‘zaro dialektik bog‘liqdir. Tilni mukammal egallash orqali o‘quvchilar amiyatdagi o‘zgarishlami qiynalmasdan tushunib oladilar.
|
5
|
Til — jamiyatni boshqarish va rivojlantirish quroli. Tilni atroflicha bilish tufayli o‘quvchilar jamiyat I’zolarining ishlab chiqarish qurollarini boshqarishga oid tajribalarini, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish isullarini atroflicha bilib oladilar.
|
[
|
Til insonning faoliyati bilan uzviy bog‘langan. Tilni o‘rganish vositasida o‘quvchilar moddiy va na’naviy hayotning faol ishtirokchilari bo‘lib yetishadilar.
|
5
|
Til —jamiyat a’zolarini tarbiyalash vositasi. Uning qonuniyatlari va grammatik qurilishini anglash olalarda nutq qobiliyati va nutq madaniyatini shakllantirishda, estetik did va fahm-farosatni akomillashtirishga xizmat qiladi.
|
Til va tafakkur ham o‘zaro ajralmas munosabatda bo‘lib, ularni bir-birisiz tasavvur qilish qiyin. Til tafakkur bilan bevosita bog‘langan. Tilni tafakkursiz, tafakkurni esa tilsiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Binobarin, ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilarning nutqini o‘stirish uchun amalga oshirilgan har bir faoliyat bolalarning tafakkurini o‘stirish uchun olib boriladi. Shu tufayli, ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqini o‘stirish o‘zbek tili o‘qitish metodikasining dolzarb muammosi hisoblanadi.
Ong borliqning inson miyasidagi in’ikosidir. Ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish organlari vositasida tashqi olamdagi narsalar kishi ongida aks etadi. Inson tafakkur vositasida tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalarning o‘xshash va farqli tomonlarini ajratadi, ulami taqqoslaydi, tahlil va sintez qiladi. Bular til vositasida moddiylashadi, kishilar
uchun tushunarli bo‘ladi.
Til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi quyidagi pedagogik xulosalar asosida yuzaga keladi.
Til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi
|
[
|
Til va tafakkur o‘zaro dialektik bog‘liq. Qurilayotgan binoning devorlari g‘ishtlar yordamida bunyod itilganidek, fikrlashning har bir bosqichi so‘z — gaplar vositasida mustahkamlanadi. Demak, o‘quvchilarning ;o‘z boyligini o'stirish maktab ta’limining asosiy vazifasidir.
|
>
|
Tilga oid bilimlarni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilar so‘z, so‘z birikmasi va gapni to‘g‘ri ishlatish ;irlarini bilib oladi. Bu o'quvchi nutqining, shuningdek, ular tafakkurining ham barkamolligini ko‘rsatadi.
|
3
|
U yoki bu mavzu doirasida hosil qilingan bilimlarning yaroqliligi o‘quvchining shu bilimlarini o‘z so‘zlari )ilan aytib bera olish darajasiga ko‘ra belgilanadi. Shu tufayli mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga ko‘proq ozdiriladi, o'qitiladi, gapirtiriladi.
|
Til va nutq. XX asrning I choragida tilshunoslik fani erishgan ulkan muvaffaqiyatlardan biri — til hodisalarini o'rganishga tizimli asosda o‘rganish metodologiyasining kirib kelishi bo‘ldi. Til hodisalariga tizim asosida yondashish metodologiyasi shveytsar tilshunosi Ferdinand de Sossyurning 1916-yilda nashr qilingan «Umumiy tilshunoslik kursi» nomli asarida asoslangan edi. U tilshunoslik fani tarixida birinchilardan bo‘lib, til va nutq masalalariga alohida-alohida qarashni, til hodisalari tarixiy taraqqiyotini diaxroniya14, uning hozirgi ahvoli sinxroniya15 to‘qnashuvida tahlil etishni asosladi. Hozir qator o‘zbek tilshunos olimlari o‘zbek tilshunosligi masalalarini sistem-struktur lingvistika nuqtai nazaridan o‘rganayotgan bo‘lsalar-da, maktab o‘qituvchilari, hatto tilshunos olimlar orasida ham til va nutq hodisalarini o‘zaro ajratmaslikka moyillik uchrab turadi.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining asosiy vazifalaridan biri, tilshunoslik fani erishgan yutuqlarga tayanib, til va nutqning dialektik bog‘liqligi hamda ularning farqlarini ajratishga yo‘nalgan o'qitish tizimini asoslashdan iborat. Tilni o‘quv predmeti sifatida o‘qitishning hozirgi-amaldagi tajribasida tildan, til haqidagi tasavvurlardan, ta’rif va qoidalardan nutq amaliyotiga qarab borish yetakchi g‘oya sanaladi. Til hodisalariga sistem- struktur yondashish metodologiyasiga asoslangan o‘qitish tizimida nutqdan tilga qarab borishga moyillikning ustuvorligi tan olinadi. Bunda til va nutqning o‘zaro dialektik aloqasiga, ularning farqlariga rioya qilinadi.
Til ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega: uning elementlari: tovush, bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap modellari tayyor holda inson ongida mavjuddir; til elementlari shu tilda so‘zlovchilarning barchasi uchun umumiy hisoblanadi. Bu kishilarning bir-birlarini tushunishlarini ta’minlaydi; ona tili elementlari barcha uchun majburiy. Shu tilda so‘zlovchilarning hammasi adabiy til me’yorlariga rioya qilib so‘zlashlari lozim. Binobarin, “Til fikmi shakllantirish va ifodalashga xizmat qiladigan ma’lum jamiyatning barcha a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy bo‘lgan elementlar va ularning o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlari haqidagi tasavvurlar yig‘indisidir”16.
Nutq tilning turli (yozma, og‘zaki, imo-ishora, yorug‘lik, elektromagnit to‘lqinlari, turli shartli belgilar-yozuv, kelishib olingan belgilar-rasm, formula va shu xildagi) shakllarda ro‘yobga chiqish, fikrni paydo qilish, shakllantirish, ifodalash jarayonlaridir.
Til va nutqning o‘zaro aloqadorligi va farqlariga asoslangan didaktik tizim quyidagi qoidalar asosida ish
ko‘radi.
Bolalarni nutq hodisalarini kuzatish va ulardan xulosalar chiqara olishga o‘rgatish.
Nutqdan tilga, til dalillaridan qoidalarga qarab borish tamoyili asosida ona tili mashg‘ulotlarini tashkil etish.
Berilgan tayyor va tuzilgan matnlar ustida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish.
Ona tilini o‘qitishda qoidabozlikni kamaytirish, nutq amaliyoti ustuvorligini ta’minlash.
Til va faoliyat. Maktabda ona tili ta’limining asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarda nutq madaniyatini tarkib toptirishdir. Madaniy nutq milliy tilning o‘ziga xosligi, ma’no jihatidan aniqligi, so‘zlaming rang-barang, turli- tumanligi, badiiy ifodaliligi bilan ajralib turadi. Madaniy nutqning og‘zaki shakli adabiy tilning orfoepik me’yorlariga, yozma shakli orfografiya, uslub va shu kabi me’yorlariga mos bo‘lishi lozim.
Nutq madaniyati adabiy til me’yorlari ustida o‘quvchilarning aqliy va amaliy faoliyatini tashkil etish natijasida shakllanadi. Hamma tomonidan e’tirof etilgan, shu tilda so‘zlovchilarning barchasi rioya qilishi lozim bo‘lgan qonun-qoidalar adabiy til me’yorlari hisoblanadi. Adabiy til me’yorlariga ma’lum tilda mavjud so‘zlar, so‘zlarning qurilishi, so‘z yasash va so‘z o‘zgartirish modellari, so‘z birikmasi, gapni nutqda to‘g‘ri qo‘llash qoidalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |