Tilning mohiyati uning inson bilan bog‘liq ekanligida. Nutq faoliyati bir individning o‘z mulohazalari, istak va talablarini ikkinchi individga uzatishi, ikkinchi individ esa birinchisining fikrlarini tushunib olishi, uning talablariga tasdiq yoki inkor shaklida javob qaytarishi bilan xarakterlanadi. Demak, nutq faoliyatida ikki shaxs: xabar uzatuvchi-gapiruvchi va qabul qiluvchi-tinglovchi ishtirok etadi.
Nutq faoliyati jarayonida so‘zlovchi ham, tinglovchi ham so‘z, so‘z birikmasi va gapga tayanadi. So‘z, so‘z birikmasi va gapning «aytilish» xususiyati so‘zlovchiga, «eshitilish» xususiyati tinglovchiga xizmat qiladi. «Aytilish» va «eshitilish» ma’noli jarangdorlik bo‘lib, u tilning birinchi shakli-jonli nutqdir. So‘zning ko‘riladigan (yozuv) va o‘qiladigan xususiyati tilning ikkinchi shakli-yozma nutqdir.
Ta’limda og‘zaki va yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ularning o‘zaro aloqadorligiga rioya qilish nihoyatda zarur. Grammatika mashg‘ulotlarida nutq maqsadiga muvofiq so‘z tanlash, yo‘qlarini o‘quvchilarga o‘rgatish, so‘zlarning ma’nolarini ochish orqali bolalar to‘g‘ri nutq tuzish sirlarini egallab boradilar. O‘quvchi nutq maqsadiga muvofiq so‘zlarni qancha tez tanlay olsa, nutq faoliyatida shuncha faol qatnashadi. Ta’lim tizimida ona tili grammatikasini izchil o‘rganish natijasida o‘quvchilarning nutq jarayonida faol qatnashishlarini ta’minlaydigan nutq qobiliyatlari tarkib topadi.
Hozirgi zamon psixologiyasi o‘rganayatgan muammolardan biri shaxs qobiliyati masalasidir. Shaxs psixologiyasiga ko‘ra, qobiliyat inson faoliyati talablariga javob bera oladigan shaxsiy individual xususiyatlarning yig‘indisi yoki sintezidir. Nutq qobiliyati inson qobiliyatining bir ko‘rinishi sanaladi. Tilni muvaffaqiyatli o'zlashtirish uchun zaruriy qobiliyatlarni o‘rganib chiqish va shu qobiliyatlar taraqqiyotiga bevosita ta’sir etadigan o'qitish tizimini yaratish ona tili o‘qitish metodikasi sohasidagi eng dolzarb muammo hisoblanadi.
So‘zni nutqda qo‘llash ikki xil omil bilan xarakterlanadi; nutq maqsadiga muvofiq so‘z tanlash, tanlangan so‘zlarni grammatik jihatdan uyg‘unlashtirib gap tuzish. Shunday qilib, nutq maqsadiga muvofiq so‘z tanlash, so‘z va gaplami to‘g‘ri aytish hamda to‘g‘ri eshitish psixolingvistik qobiliyat komponentlari hisoblanadi.
Adabiyotlarda til o‘qitishda ikki narsa: nazariy bilimlar, nazariy bilimlarga oid hosil qilinadigan malakalar hisobga olinadi. Ammo bolada kishilar bilan aloqa qilish vositasida yoshligidan shakllana boshlagan, maktabda taraqqiy ettirilishi lozim bo‘lgan uchinchi narsa — nutq qobiliyati e’tibordan chetda qoladi. Shunday o‘qitish tizimini yaratish kerakki, tildan beriladigan nazariy bilim, hosil qilinadigan malakalar, bir tomondan, bolalarda mavjud bo‘lgan nutq qobiliyatlariga mos bo‘lsin, ikkinchi tomondan o'quvchilarda mavjud bo‘lgan qobiliyatlar taraqqiyotiga samarali ta’sir etsin.
O‘zbek tilidan ta’lim mazmuni
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng ta’lim tizimining moddiy bazasini va zamonaviy talablarga mos strukturasini yaratish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” maktab ta’limi oldiga demokratik jamiyatimizga mos yangi maqsad va vazifalarni qo‘ydi. Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri uning erkin fikrlashi va o‘z fikrlarini erkin, ravon, to‘g‘ri ifoda eta olishidadir. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim past bo‘lishi muqarrardir. Ushbu maqsadni amalga oshirish ta’lim va tarbiya sohasi vakillari oldiga qo‘ygan muhim talablardan biri va jamiyat taraqqiyoti uchun zaruriy ehtiyojdir. Ushbu ehtiyojdan kelib chiqqan holda ta’limning maqsadini to‘g‘ri belgilash, ushbu maqsad asosida kerakli usul va vositalarni tanlash, ularni amaliyotda qo‘llash har bir o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biri sanaladi. Eng e’tibor talab qiladigan jihati shundaki - yuzaga kelgan ta’lim-tarbiya sohasi qanday shaxslarni yetishtirib chiqayotganligiga, zamonaviy kadrlar qanday talablarga javob berishi masalasini hisobga olish. Biz yashayotgan jamiyat esa hozirgi davr kishilarini erkin va mustaqil fikrlay olishini, o‘z fikrlarini ona tilida ravon, tushunarli va ta’sirli tarzda ifodalay oluvchi shaxslar sifatida kamol topishini talab etadi.
Ona tili ta’limi ta’limning barcha tur, bo‘g‘in va bosqichlariga umumiy va zaruriy o‘quv predmeti sifatida kiritilishidan asosiy maqsad tilshunoslik ilmi asoslarini o‘rganish emas, balki o‘rganilgan nazariy bilimlardan kundalik hayotda to‘g‘ri foydalangan holda, til imkoniyatlarini yetarlicha ishga solishga, “O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to ‘g ‘ri va ravon bayon qila oladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlar oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan - muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat” 16 ekanligiga qaratilgandir.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” pedagogik sikldagi fanlardan biri bo‘lib, u didaktika bilan uzviy bog‘langan va xususiy didaktika sikldagi fanlardan biri sanaladi. Chunki umumiy didaktikaning barcha masalalari bevosita xususiy didaktika, shu jumladan, ona tili ta’limi bilan bevosita aloqadordir. Ta’limning umumdidaktik asoslaridan xabardor talaba “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanini osonlik bilan o‘zlashtiradi.
“Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘ziga xos mustaqil fan sanaladi. Chunki bu fan maktabda ona tili o‘qitilishi, qanday o‘qitilishi, qaysi usullardan foydalanish samarali ekanligining sabablari va natijalarini o‘rganuvchi fan sanaladi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek tilining o‘qitilishi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan prinsiplarga tayanadi. Ta’lim mazmuni masalasi pedagogika tarixida eng qadimiy va ayni paytda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Pedagog olimlar jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida «Nimani o‘qitish kerak?» degan savolga javob izlash bilan shug‘ullandilar va hali-hamon bu savolga to‘liq va har tomonlama mukammal javobni topa olganlaricha yo‘q. Ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgan barcha ma’lumotlar jamiyat va taraqqiyot uchun nisbiyligicha qolaveradi. Chunki odamlar yashaydigan jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot qonunlari asosida beto‘xtov ilgarilab boradi. Ta’lim mazmunini shakllantirish zamonaviy pedagogikada, xususan, o‘zbek tili o‘qitish metodikasida quyidagi 4 ta muhim tarkibiy qism hisobiga amalga oshiriladi:
A.G‘ulomov, H.Ne’matovlar “Ona tili ta’limi mazmuni” metodik qo‘llanmalarida ta’lim mazmuni masalasi xususida to‘xtalib, uning to‘rt tarkibiy qismini alohida sanab o‘tadilar:
o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar tizimi;
ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan ko‘nikma va malakalar tizimi;
ijodiy faoliyat usullari,
o‘quvchi ~ o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatlar tizimi17.
Ta’lim mazmunining bu tarkibiy qismlari chiziqsimon birin-ketinlikda joylashgan hodisalar emas, balki aylanasimon yaxlitlik bo‘lib, bu aylananing boshlanish va tugallanish nuqtasi birinchi va to‘rtinchi qismlarni, aylana doirasi esa ijodiy-amaliy ko‘nikmalarni tashkil etadi.
Ijodiy-amaliy ko‘nikmalarning hosil bo‘lishi
ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan ko'nikma va malakalar tizimi
o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilimlar tizimi
ijodiy faoliyat usullari
o'qituvchi va
o'quvchi
o'rtasidagi
munosabatlar
tizimi
O‘zbek tili o‘qitish mazmuni - fonetika, leksikologiya, grammatika (morfologiya va sintaksis), uslubiyat, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash va gap tuzish; ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash, ifodali o‘qish (qiroat), matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi18.
Do'stlaringiz bilan baham: |