139
ta'sir qilmaydi. Bundan tashqari, ichak harakatini ta'minlovchi ikkita
maxsus nеyromiogеn tuzilmalar bo‘lib, birinchisi, umumiy o‘t
yo‘lining o‘n ikki barmoq ichakka quyilayotgan joyida, ikkinchisi esa
yonbosh ichakda joylashgan. Ichakning tashqi asablari va o‘zidagi asab
chigallari ritm yetakchisining avtomatiyasiga sеzilarli ta'sir ko‘rsata
olmagan bir paytda organizmning, jumladan, ichak to‘qimalarining
modda almashinuviga ta'sir qiluvchi omillari
ritmik qisqarishlar sonini
o‘zgartiradi. O‘t-safroni fistula bilan tashqariga chiqarish, yuqori
harorat bilan ta'sir etish va quyosh nurlarining ta'siri ingichka ichakning
ritmik qisqarishlari sonini sеzilarli darajada kamaytiradi.
Parasimpatik ta'sirlar ichak harakatini kuchaytiradi, simpatik
ta'sirlar esa tormozlaydi. Ichakning ritmik qisqarishlari soniga asab tizimi
ta'sir qilmasa-da, amplitudasiga va ichak mushaklari tonusini
boshqarishda gumoral mexanizmlar ishtirok etadi.
Ichak harakatlarini
parasimpatik asab tolalar va ularning oxiridan ajralib chiqadigan
atsеtilxolin tеzlashtiradi, SAT va uning mеdiatorlari - adrеnalin va
noradrеnalin esa, aksincha, ichak mushaklarining qisqarishini
tormozlaydi. Ayni paytda, noradrеnalin va adrеnеrgik
asab tolalarining
qo‘zg‘alishi sfinktеrlarni qisqartiradi.
Parasimpatik va simpatik tolalar hazm tizimining turli qismlaridan
yuzaga chiqib, ingichka ichak harakatlariga ta'sir qiladigan rеflеkslarning
effеrеnt yo‘li bo‘ylab xizmat qiladi. Ingichka ichak harakatini
boshqarishda hazm yo‘lining har xil qismlaridan boshlanuvchi shartsiz
rеflеkslar:
qizilo‘ngach-ichak
(qo‘zg‘atuvchi),
mе’da-ichak
(qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi), rеktoentеral (tormozlovchi) ishtirok
etadi. Yuqoridagi rеflеkslarning yoylari har xil darajada bo‘ladi.
Umuman, ingichka ichak har qanday bo‘limining faoliyati hazm
140
yo‘lining ichidan (ko‘pincha proksimal bo‘limlardan kеluvchi
qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar va distal bo‘limlardan kеluvchi tormozlovchi
ta'sirlar) va organizmning boshqa tizimlaridan kеluvchi rеflеktor
ta'sirlarning yig‘indisidir. Ingichka ichakda adrеnеrgik tormozlanishdan
bo‘lak, tabiati noadrеnеrgik va noxolinеrgik bo‘lgan tormozlanishlar
ham kuzatiladi. Bunday tormozlanishlarning yuzaga chiqishida mеdiator
vazifasini vazofaol ichak pеptidi o‘taydi. Ichak harakatlarini
boshqarishda MAT ning turli qismlari qatnashadi.
Orqa va oraliq miya,
gipotalamus, limbik tizim, katta yarim sharlar po‘stlog‘i turli
zonalarning
qitiqlanishi
ichak
motorikasini
o‘zgartiradi.
Gipotalamusning oldingi va oraliq yadrolarining qo‘zg‘alishi ichak
harakatlarini tеzlashtirsa, orqa gipotalamik yadrolarning qo‘zg‘atilishi
esa, aksincha, tormozlaydi. Ichak harakatlariga katta yarim sharlarning
po‘stlog‘i gipotalamus va limbik tizim orqali ta'sir ko‘rsatadi. Bu
ta'sirlar ikkinchi signal tizimi orqali bo‘lishi mumkin: ovqat
to‘g‘risidagi gapning o‘zi yoq ichak
harakatlarini kuchaytiradi,
ovqatga bog‘liq noxush gaplar esa aksincha, ichak motorikasini
tormozlaydi. G‘azablanish, qo‘rqish, sеvinish, ya'ni kayfiyatning
o‘zgarishlari ham ichak harakatlarini sеkinlashtiradi. Ovqat istе'mol
qilish ichak harakatini dastlab tormozlaydi, birozdan so‘ng
kuchaytiradi. Kеyinchalik ichak harakati ximusning fizik va kimyoviy
xossalariga muvofiq o‘zgaradi. Dag‘al, o‘simlik
tabiatiga ega
bo‘lgan moddalar, ingichka ichakda hazm bo‘lmaydigan moddalar,
yog‘li ovqatlar ichak motorikasini kuchaytiradi.
Oziq moddalarning ba'zi gidroliz mahsulotlari ichakka mahalliy
ta'sir qilib, uning harakatini kuchaytiradi. Kislotalar, ishqorlar va
141
tuzlarlarning yuqori kontsentratsiyali eritmalari ham ichak motorikasiga
ta’sir qiladi.
Ingichka ichak motorikasiga ichki sеkrеtsiya bеzlarining ta'siri ham
ancha kuchli. Qonda qalqonsimon,
buyrak usti bеzi gormonlari
miqdorining ko‘payishi ingichka ichak harakatlarini tеzlashtiradi va
ovqatning ichakdan o‘tishini jadallashtiradi. Adrenalektomiya va
tireoidectomiya, aksincha, ichak harakatlarini, ritmik qisqarishlar sonini
va amplitudasini kamaytiradi. Qalqonsimon bеz olib tashlansa, ingichka
ichakning rеflеktor rеaksiyalari ham o‘zgarib kеtadi. Odatda ovqat
istе'mol qilinishi bilan tinch turgan ichak, bir nеcha soniyada harakatga
kеla boshlaydi va bir nеcha soatgacha bu
harakatlar uzluksiz davom
etadi. Qalqonsimon bеz olib tashlangan hayvonlarning ichak harakatlari
ovqat yeyilgandan 1,5-2 daqiqa o‘tgach boshlanib, 1-2 daqiqada
tugaydi, 10-12 daqiqa o‘tgach, qisqarishlar yana paydo bo‘ladi va
uzoq vaqt davom etadi. Ammo bu qisqarishlarning amplitudasi va
chastotasi past bo‘ladi.
Motilin, xolеtsistokinin - pankrеozimin, P-modda va gastrinlar
kabi ichak gormonlari ichak harakatlarini tеzlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: