O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Mis 
 
Uning odam salomatligiga ta'siri azaldan ma'lum bo‘lgan. 
Masalan, mis konlarida ishlaydiganlar radikulit kasalligi bilan kam 
xastalangan, ularda qon bosimi ham sezilarli darajada ko‘tarilib 
ketmagan va saraton (rak) kam uchragan.


267 
Mis qon hosil bo‘lishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, u taqchil 
bo‘lsa jigarda temir miqdori yetarli bo‘lsa ham gemoglobin hosil 
bo‘lishi qiyinlashadi. Moddalar almashinuvida ishtirok qiladigan ayrim 
fermentlar mis ishtirokida ishlaydi. Mis asab tolalarini o‘rab turadigan 
va ularda o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydigan mielin po‘stining hosil 
bo‘lishida faol qatnashadi. Mis taqchilligi ikki holatda, ya'ni uning 
iste'mol taomlari tarkibida tanqisligi va ovqat bilan yetarli miqdorda 
qabul qilingan misning ichaklardan yomon so‘rilishi tufayli ro‘y 
beradi. Mis yetishmasligi tufayli soch oqaradi, buning oldini olish uchun 
yong‘oq, tuxum sarig‘i, qatiq, qora non, jigar kabi shu unsurga boy 
mahsulotlarni ko‘proq iste'mol qilish lozim. Yana u jenshen 
o‘simligining barglarida ko‘p bo‘ladi. 
Misga bo‘lgan kecha – kunduzlik talab 1 – 3 mg, lekin uning 
tanada ko‘payib ketishi zahar kabi ta'sir etadi. Ayniqsa, uning 
oltingugurt bilan birikmasi ancha xavflidir. Konserva, ovqat mis 
qozonlarda tayyorlansa, ular tarkibidagi S vitamini tamoman yo‘qolar 
ekan.
Yod 
Yod odam uchun zarur ma'danli moddalardan biri hisoblanadi. 
Qadimki hindiston va Xitoyda qalqonsimon bezning kattalashishi bilan 
bog‘liq kasallikni dengiz bulutlarining kuli bilan davolashgan. 
Keyinchalik bu moddaning yod ekanligi aniqlandi. Yod yetishmasligi 
natijasida moddalar almashinuvi buzilib, qalqonsimon bez kattalashadi, 
sochlar to‘kila boshlaydi, tana harorati pasayadi, odam jismonan va 
aqliy jihatdan zaiflashib qoladi. 


268 
Yod qalqonsimon bez gormoni tiroksinning sintezlanishi uchun 
kerak. Yod yetishmasligi tufayli qalqonsimon bezning kasallanishi 
dengizdan uzoq tog‘ va tog‘ oldidi yashaydigan aholi orasida ko‘p 
uchraydi. Buning sababi shundaki qayd qilingan hududlardagi yod 
birikmalarini tuproqdan yomg‘ir suvlari yuvib, iste'mol qilinadigan 
mahsulotlarda uning miqdori kamayib qoladi. Shuning uchun dengizlar 
bilan o‘rab olingan Yaponiyada aholi qalqonsimon bez faoliyati 
buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar bilan kam hastalanadi. Tayvanliklar 
dengiz mahsulotlaridan mahalliy urf – odatga ko‘ra foydalanishmaydi, 
shuning uchun ularda bu kasallik ko‘proq uchrar ekan. 
Odam uchun bir kecha-kunduzda 100 – 200 mkg yod zarur va 
uning 90%i o‘simlik mahsulotlari bilan qabul qilinadi. 
Yodga boy mahsulotlarga dengiz baliqlari, tuxum, go‘sht, 
dengiz o‘simliklari, sholg‘om, sarimsoq, qovun, sabzi , karam, 
pomidor, loviya, shovul va boshqa ko‘katlar kiradi. 1 kg har – xil 
sabzavotlarda – 20 – 30 mkg, 1 kg donlar yig‘indisida (bug‘doy, arpa 
va boshqalar) 50 mkg, 1l suvda 55 mkg, bir tuxumda (xomida) 35 mkg, 1 
kg baliqda 100200 mkg baliq uchraydi.
17-jadvalda oziqovqat mahsulotlaridan ayrimlaridagi yod miqdori 
to‘g‘risida ma'lumot keltilgan. 
18-jadval 
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi yod miqdori 
Mahsulotlar
Yod miqdori
100 g da mkg 
Mahsulotlar Yod miqdori
100 g da mkg 
Tuxum
Sut 
Piyoz 
60 
45 
44 
Sabzi
Kartoshka
Loviya 
35 
32 
24 


269 
Shovul 
Karam
39 
37 
Qora non 
No‘xat
14 
10 
Shuni aytib o‘tish kerakki, oziq-ovqatlarni pishirish, qaynatish 
tufayli ularning tarkibidagi yod ancha kamayib ketadi. Masalan, go‘sht 
qovurilganida undagi yodning 64,5%, qaynatilganida 48,3%, kartoshka 
qaynatilganida 37-40%, non pishirilganida 38,7-84,0% gacha yod 
yo‘qotiladi. Oziqovqat mahsulotlarini uzoq vaqt saqlashda tegishli 
qoidalarga rioya qilinmasa, ulardagi yodning 35-50% gacha qismi 
yo‘qolishi mumkin. 
Yodga bo‘lgan taqchillikning oldini olish uchun osh tuzi kaliy 
yodi bilan yoki natriy yodi bilan boyitiladi. Buning uchun aytilgan yod 
birikmasidan har 100 kg osh tuziga 1,0-2,5 g qo‘shiladi. Yodning 
spirtdagi eritmasi yoki suvdagi aralashmasi dezinfeksiyalovchi, 
zararsizlantiruvchi, kuydiruvchi modda sifatida tibbiyot amaliyotida 
keng qo‘llaniladi.
Ovqatlanishda kon tuzidan foydalanish yodga bo‘lgan ehtiyojni 
qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki kon tuzi tarkibida 
boshqa mikroelementlar bilan bir qatorda yod ham mavjuddir. 
Dengiz havosidan nafas olish qalqonsimon bez faoliyati 
buzilganda katta yordam qiladi. Bu o‘rinda Boltiq va Qora dengizlar 
alohida ahamiyatga ega. Chunki ular suvining tarkibida yod ko‘p 
bo‘ladi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish