Hayotning hujayra darajasi. Hujayra barcha tirik organizmlarning tuzi lish, funksional va rivojlanish birligidir. U tiriklikning barcha xossalarini o‘zida mujassam qilgan eng kichik tuzilish darajasi hisoblanadi. Hayotning hujayra darajasi komponentlariga hujayraning tarkibiy qismlari: membrana,sitoplazma va uning organoidlari, yadro kiradi. Bu darajada hujayra organoidlarining tuzilishi, funksiyalari, bo‘linishi, hujayrada kechadigan biokimyoviy jarayonlar, hujayra tomonidan energiyaning o‘zlashtirilishi,to‘planishi va sarfl anishi kabilar sodir
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |