Hayotning tuzilish darajalari. Yerdagi hayot molekula, hujayra, to‘qima,organ, organizm, populatsiya, biogeosenoz (ekosistema), biosfera kabi turli biologik sistemalar shaklida mavjud. Ular bir-biridan tarkibiy qismlari –komponentlari hamda jarayonlari bilan farqlanadi.Hayotning tuzilish darajalari ma’lum bir tarkibiy qismlardan, ya’ni komponentlardan tarkib topgan, quyidan yuqoriga murakkablashib boradigan yaxlit biologik tizimlardir (1-rasm).
Hayotning molekula darajasi. Hayotning molekula darajasini oqsillar,nuklein kislotalar, lipidlar va uglevodlar kabi biomolekulalar tashkil etadi.Hayotning molekula darajasida irsiy axborotning saqlanishi, ko‘payishi,o‘zgarishi hamda moddalar va energiya almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlar sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |