1. Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi



Download 31 Kb.
bet1/2
Sana03.01.2022
Hajmi31 Kb.
#312808
  1   2
Bog'liq
1 Iqtisodiy tiz


1. Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi

Tizim (yunoncha systema – qismlardan tarkib topgan, birlash- gan) – bu bir-biri bilan aloqa va munosabatda joylashgan hamda ma’lum bir yaxlitlikni tashkil qiluvchi tarkiblar yig‘indisidir.

Jamiyat o‘zining turli iqtisodiy va ijtimoiy hayot sohalari bilan murakkab tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Bular moddiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy sohalardir. Bu barcha sohalar bir - biri bilan funksional bog‘liq, ya’ni ularning birisiz boshqasini tasavvur qilish qiyin.

Shunday qilib, tizim deb elementlar, qismlardan iborat o‘zaro uzviy bog‘langan, ma’lum tartib asosida tarkib topgan butunlik tushuniladi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo‘lsa, har bir xo‘jalik yuritish subyekti ana shu zanjirning halqasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu aloqalar, munosabatlar xo‘jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o‘rtasida yuz beradi. Shuning uchun ham odatda ularni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi.

Hozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy tizimlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ular muayyan tarixiy davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi, biri ikkinchisi bilan almashinadi. Jamiyat hayotini yaxshiroq tushunish uchun uning tarixiy taraqqiyot jarayonini bir butun holda ko‘rib, rivojlanish bosqichlarini, tahlil qilish katta ahamiyatga ega.

Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi.

Iqtisodiy tizim – bu zamon va makonda amal qilinadigan iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik yuritish mexanizmi va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro uzviy bog‘liqlik asosida tarkib topgan yaxlit tuzilmasidir.

Iqtisodiy tizimlarning tarkibiy qismlari bu: iqtisodiy muno- sabatlar, xo‘jalik yuritish shakllari, texnologiya va ishlab chiqa- rishning tabiiy shart-sharoitlari, xo‘jalik yuritish mexanizlari, iqtisodiy muassasalardir.

Iqtisodiy munosabatlar bizga oldindan ma’lum bo‘lganidek kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy aloqa va munosabatlarni ifodalaydi

Iqtisodiy munosabatlarning ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:

Tashkiliy iqtisodiy munosabatlar – ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish orqali vujudga keladi. U ijtimoiy - iqtisodiy shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarishning holatini ifodalaydi. Bunga mehnat taqsimoti, uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqa- rishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi natijasida vujudga kela- digan munosabatlarni kiritish mumkin.

Ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar – hayotiy ne’mat va vositalarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladi.

Xo‘jalik yuritish shakllari iqtisodiy faoliyatni har xil darajada turlicha tashkil qilinishidir.

Texnologiya bu ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning o‘ziga xos usullaridir.

Iqtisodiy mexanizm – bu iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi va bir-birini taqozo etuvchi vositalar bo‘lib, unga iqtisodiy stimullar, iqtisodiy faoliyatni (ishlab chiqarish, ayriboshlash va iste’molni) tashkil etish hamda tartibga solish usullari kiradi.

Iqtisodiy munosabatlar bir vaqtda ijtimoiy - iqtisodiy tizim bazisi ham hisoblanadi. Uning ustida mazkur iqtisodiy tizimga xos

bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, axloqiy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari vujudga keladi. Ularning barchasi jamiyatning ustqurmasini tashkil qiladi. Кlassik yondashuvga ko‘ra ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy - iqtisodiy formatsiya deyiladi.

Iqtisodiy muassasalar iqtisodiyotni tartibga solish va davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Iqtisodiy siyosat – bu davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy muno- sabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlari yig‘indisidir.

Iqtisodiy tizim – bu iqtisodiy ne’mat va xizmatlarning ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o‘rtasidagi aloqalarning alohida tartibga keltirilgan tizimidir. Shu sababli, barcha iqtisodiy tizimlar- ning umumiy tarkibiy elementlari sifatida mulkchilik munosabatlari, xo‘jalik hayotini boshqarish va tartibga solish usullari, resurslar va iqtisodiy ne’matlarni taqsimlash hamda narx shakllanish tartiblari yuzaga chiqadi.




Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish