О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti



Download 4,43 Mb.
bet253/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   282
To‘rtinchidan: Vatanimiz mustaqil bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini egallagach, xorijiy davlatlardagi voqealar haqida axborot olish, o‘rganish, targ‘ib etish davr talabiga aylandi. Dunyo xalqlari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish, ularning madaniyati, san’ati, tarixi va an’analari bilan tanishish imkoniyati tug‘ildi. Bugun Respublikamizda OAV to‘qqizta tilda nashr etiladi va efirga beriladi.
“Ommaviy axborot vositalarini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, ularning erkin va mustaqil faoliyatini ta’minlashda muassis va tahririiyatlarga faqat rasmiy hujjatlarda emas, balki amalda erkinlik, jumladan, moliyaviy mustaqillik berish, ayniqsa, nodavlat gazeta va jurnallar, radio va telekanallarning hayotimizdan mustahkam o‘rin olishi uchun ham moddiy, ham ma’naviy sharoit yaratish hozirgi paytda muhim ahamiyat kasb etmoqda”2.
Ijtimoiy hayotimizdagi yuz berayotgan voqea va hodisalar, fan va texnika yutuqlari Internet orqali xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirib, yangiliklar 3-4 daqiqada butun dunyoga yoyilishi ham axborotlar oqimiga keskin ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu o‘zgarishlar olamida esa “o‘zlikni anglash”, degan g‘oyaning chin sohibiga aylanishdek ulug‘ maqsad yotganligi bugun hech kimga sir emas. Erkinlashtirish tufayli milliy axborot makoni kengayib bormoqda.
Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasida (1999 yil 14 aprel) qilgan ma’ruzasida mamlakatimizning barcha sohalarini erkinlashtirishning mohiyati, mazmuni va yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiruvchi vazifalarni belgilab berdi. Uning nazariy va amaliy axamiyati shunda ko‘rinadiki, bugun mamlakatimizda demokratik jarayonlarning darajalari, mavjud muammolar, ularni hal qilish zarurligi ilmiy asoslangan va amaliy yo‘nalishlari aniq bo‘lgan yangi konseptual g‘oyalar ishlab chiqildi.
“Erkinlashtirish” to‘siqlar, turli cheklashlar va yon berishlarga majbur etishdan xolilikni vujudga keltirishni anglatuvchi tushuncha hisoblanadi. Demak, demokratik jarayonlar rivojiga ma’lum to‘siqlar, u yoki bu darajadagi cheklashlar va yon berishga majbur etadigan kuchlarning mavjudligi halaqit bermoqda.
Kelajakdagi pirovard maqsadimiz fuqarolik jamiyati qurish ekan, bu yo‘lda to‘g‘anoq bo‘lib turgan to‘siqlar, cheklashlar, yon berishga majbur etuvchi kuchlarni bugundan bosqichma-bosqich tugatib borishimiz lozim. SHuning uchun respublikamizda erkin ommaviy axborot vositalarini shakllantirish, ularning jahon andozalari va demokratik talablariga mos huquqiy bazasini mustahkamlash muammosi kun tartibidagi dolzarb masalaga aylandi.
Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy bazasini mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi. I.A.Karimov mazkur nutqida «qabul qilinayotgan qonun me’yorlari, ular asosida chiqariladigan hujjatlar so‘z va matbuot erkinligini ta’minlashi, axborotlar bozori shakllanishi uchun sharoit yaratib berishi, jurnalistlarning sha’ni va qadr-qimmatini ishonchli tarzda himoya etishi lozim»1 ekanligini uqtirdi.
Aynan, qonunan himoyalangan ommaviy axborot vositalarigina demokratik tarzda faoliyat ko‘rsatishi bilan o‘zining totalitar o‘tmishdoshidan farq qiladi.
Mustaqillik davri matbuoti jamiyat yangilanayotgan, hayot yangicha mazmun kasb etayotgan bir paytda ozod so‘z, hur fikr va ozod inson taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy jarayonlarga hozirjavoblik ko‘rsatishi zarur bo‘lgan minbarga aylandi. YAngilanayotgan hayot jarayonlari, islohotlarning rivojlanish bosqichlari va ular orqali yangilanayotgan jamiyat qadriyatlari mumkin qadar kengroq qamrab olinadigan va o‘z vaqtida munosabat bildiriladigan milliy axborot makoniga aylanishi uchun zamin hozirlandi. Mustaqillikning yigirma yili davomida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalariga nisbatan erkinlashtirish siyosati olib borilmoqda. Jurnalistikaning huquqiy masalalari eng zamonaviy mavzuga aylanmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, ongli taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘layotgan to‘siqlarga beayov bo‘lish yo‘nalishida ish olib borish, qolaversa, rivojlangan davlatlar ommaviy axborot vositalari saviyasida ishni tashkil etish zamonning talabidir.
Mustaqillik tufayli jamiyatimizda ommaviy axborot vositalari erkin faoliyatining konstitutsiyaviy, qonuniy kafolatlari mavjudligi ommaviy axborot vositalari o‘z vazifasini to‘laqonli ado etishining zaruriy shartidir. SHu tufayli ham 1991-2004 yillar davomida ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat qilayotgan jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy zamin yaratildi.
Prezident Islom Karimov "Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish" nomli risolasida ta’kidlaganidek, "Internet tizimi turli davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi chegaralarni ochib berib, o‘zaro hamkorlik va integratsiya rivojiga so‘zsiz katta hissa qo‘shayotganiga bugun barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz"2.
"SHu ma’noda, axborot olamidagi ustunlik ko‘p narsani hal etadigan bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bo‘lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi". "Bu borada ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’sir kuchi beqiyos"3.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish