О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Davlat va jamiyat qurilishi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari



Download 4,43 Mb.
bet255/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   282
Davlat va jamiyat qurilishi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari
Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida yuridik va jismoniy shaxslarning, axborot texnologiyalari va tizimlarini qo‘llagan holda, axborot resurslaridan foydalanish mexanizmlarini belgilab bergan yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarini modernizatsiya qilishni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, deya ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Fuqarolarning axborotni izlash va olish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash demokratik va huquqiy davlatni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgandir1. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, axborot resurslaridan foydalanilishini ta’minlash;
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
- xalqaro axborot tarmoqlari va internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish uchun sharoit yaratish;
- davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
- axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni rag‘batlantirish;
- tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalar jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
- kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish.
Keyingi yillarda raspublikamizda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Axborotlashtirish va telekommukatsiyalar sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyat ko‘rsatishining muhim iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilab beruvchi normativ huquqiy baza yaratildi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 3080-sonli Farmoni1da axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish kabi masalalar maqsad qilib olingan. Mazkur Farmonda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi vazifalari belgilab berilgan bo‘lib, xususan, ularga quyidagilarni keltirish mumkin:

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy vositalar, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida faoliyat yuritish uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;

  • real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo‘llashga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish;

  • zamonaviy, ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o‘tish;

  • milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‘oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, aholi maskanlari, shu jumladan, qishloq aholi maskanlarining ularga kirib borishini ta’minlash;

  • mahalliy kompyuter texnikasi va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish.

SHuningdek, Farmonda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzish va u shu yo‘nalish bo‘yicha respublikada yuqori muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunda “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli Qarori2 imzolandi. Unda xususan, kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur dastur zamonaviy texnik infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirishga, kompyuterlashtirishni, mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar industriyasini va eksportini rivojlantirishni rag‘batlantirish, yuqori malakali kadrlar potensialini tayyorlash, qonunchilikni takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirish dasturning maqsadli vazifasi hisoblanadi. Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan:

  • telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish;

  • Internet tarmog‘ining milliy segmentini rivojlantirish;

  • kompyuter texnikasi bilan ta’minlash va kompyuter tarmoqlarini rivojlantirish;

  • dasturiy mahsulotlar industriyasini barpo etish;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash;

  • normativ-huquqiy bazani standartlash va sertifikatlashni takomillashtirish.

SHuningdek, qarorda mazkur yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ham katta ahamiyat berilgan bo‘lib, ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida va akademik litseylarda dasturiy vositalar, ma’lumotlarning axborot bazalarini, multimedia, kompyuter texnikasini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va texnik xodimlar, shuningdek, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilar tayyorlashni kengaytirish lozimligi uqtirilgan.
So‘nggi yillarda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bir qator qonunlar qabul qilindi. Bularga Oliy Majlisning 2003 yil Ikkinchi chaqiriq 13-sessiyasida qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Oliy Majlisning 2004 yil ikkinchi chaqiriq 14-sessiyasida qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunlarni misol keltirish mumkin.
Xususan, 2003 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri AKTning so‘nggi holatini hisobga olgan holda oldingisidan keskin farq qilib, unda quyidagi tamoyillar o‘z aksini topgan:

  • har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishi, axborot resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlash;

  • davlat organlarining tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek, jismoniy hamda yuridik shaxslarning axborot tizimlari asosida respublikaning yagona axborot maydonini yaratish;

  • xalqaro axborot tarmoqlari va internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;

  • davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;

  • axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

  • axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;

  • dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishni rag‘batlantirish;

  • soha yo‘nalishida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish.

Oliy Majlisning Ikkinchi chaqiriq 13-sessiyasida qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun iqtisodiyot, boshqaruv va boshqa sohalarda hujjat yuritishning butunlay yangi texnologiyasiga o‘tish uchun huquqiy yo‘riqnoma vazifasini bajaradi.
“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bu tizimdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga huquqiy poydevor bo‘ldi. Respublika darajasida elektron raqamli imzodan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish eng dolzarb va murakkab vazifalardan biri hisoblanadi.
Elektron raqamli imzo tizimini shakllantirishda tizimning tuzilmasiga kiruvchi barcha komponentlarning funksional vazifalari, majburiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning aniqlab berilishi elektron raqamli imzodan foydalanishni tashkil etishdagi eng asosiy va birlamchi bosqich hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrda e’lon qilingan “Elektron raqamli imzodan foydalanishning huquqiy-normativ bazasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori1 ushbu qonunning bajarilishini ta’minlovchi normativ hujjatlardan hisoblanadi.
2004 yil 29 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning asosiy maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, unda elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari, elektron tijoratdagi shartnoma tuzish shartlari, elektron tijoratda axborot vositachilarining ishtirok etish qoidalari, elektron hujjat aylanishi bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, elektron tijoratda ofertaga taklif etish qoidalari va elektron tijoratning boshqa huquqiy jihatlari batafsil tavsiflanadi.
Oliy Majlisning 2004 yil 29 apreldagi Ikkinchi chaqiriq 14-sessiyasida qabul qilingan «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, unda, xususan, quyidagilar keltiriladi:

  • elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishini keng qo‘llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan;

  • elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari qoidalari;

  • elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan, shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni uzatishda foydalanish tartiblari;

  • elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot elektron hujjat ekanligi e’tirof etilgan;

  • elektron hujjat texnika vositalaridan, axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi;

  • elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak;

  • elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron hujjat aylanishi ishtirokchilariga yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrda e’lon qilingan “Elektron raqamli imzodan foydalanishning huquqiy-normativ bazasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori1 yuqorida keltirilgan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunning bajarilishini ta’minlovchi qonunosti normativ hujjatlardan hisoblanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi me’yoriy-huquqiy bazasining eng muhimlaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-sonli Qarori2ni aytib o‘tish mumkin. Ushbu qarorga asosan:

  • 2010 yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ma’lumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning maqsadli yo‘nalishlari;

  • 2010 yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash dasturi;

  • Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Mamlakat maktablari, litseylari, kollejlari o‘quvchilarining, oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Internet tarmog‘ining milliy segmentida ta’lim va bilim beradigan axborot resurslarini rivojlantirish maqsadida 2005 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida umumta’lim tarmog‘ini yaratish to‘g‘risida”gi 191-sonli Qarori3 imzolandi.
Unda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklarining hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining respublikadagi turli tuzilmalar tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida tashkil etilayotgan ta’lim va yoshlarga mo‘ljallangan axborot resurslarini yagona "ZiyoNET" axborot tarmog‘iga birlashtirish va tizimlashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Xususan, tegishli vazirliklarga "ZiyoNET" tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirishni, shuningdek, Resurs markazi va bo‘limlarining tarmoq axborot resurslarini muntazam suratda jamlash va yangilash borasida samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash topshirildi.
SHuningdek, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Kompyuter hamda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish "O‘zinfokom" markazi tarkibida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bo‘limlari bilan "ZiyoNET" tarmog‘ining Resurs markazini tashkil etish lozimligi qayd etildi.
2005 yil 22 noyabrda imzolangan Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida4 Davlat axborot resurslarini shakllantirish va Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartiblari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlangan.
Davlat soliq xizmati organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan moliyaviy hisobotlar va hisob-kitoblar taqdim etishda elektron hujjat aylanishini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 4 avgust kuni imzolangan “Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va Davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”1gi Qarori imzolandi. Unda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2006-2010 yillarda soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini takomillashtirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishiga doir ishlar tashkil etilishini ta’minlash lozimligi uqtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori2 zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog‘ini tashkil qilishni takomillashtirishga, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek, aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida imzolangan huquqiy-normativ hujjat hisoblanadi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika kutubxonasi, viloyatlar ilmiy-universal kutubxonalari, shuningdek, Toshkent shahar markaziy kutubxonasi negizida idoraviy jihatdan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga bo‘ysunuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish va bu markazlarning asosiy vazifalari qilib, xususan, quyidagilar belgilangan:

  • ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;

  • milliy, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish;

  • yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;

  • madaniy, ta’lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’lim muassasalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

  • universal axborot resurslari, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqa fondlar)ni shakllantirish, saqlash va foydalanish uchun berish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi 2007 yil 4 iyulda birgalikda qaror qabul qilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida», «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi «Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida»gi PQ-100-sonli Qarori1 va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 4 avgustdagi «Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 157-sonli Qaroriga muvofiq, “Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari uchun Yo‘riqnoma” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi «Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida»gi PQ-100-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005 yil, 23-24-son, 168-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 4 avgustdagi «Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 157-sonli qaroriga muvofiq moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblari elektron shaklda aloqaning telekommunikatsiya kanallari yordamida taqdim etilganda axborot xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yilning 23 avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 181-sonli qarorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-sonli Qarorini bajarish yuzasidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan bo‘lib, unda interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi nizom va bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri tasdiqlangan.
"Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-sonli Qarorini bajarish yuzasidan hamda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil 17 dekabrda 259-sonli "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaror qabul qilinib, unda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. SHuningdek, ushbu qarorga muvofiq hamda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtiriladigan axborotlarning haqqoniyligi, yaxlitligi va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi 2009 yil 21 apreldagi 116-sonli Qarori2 qabul qilindi hamda unda portalga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxati, xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom hamda internet tarmog‘ida Hukumat portaliga joylashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Respublikada qog‘ozdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ushbu maqsadlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va tizimlarini joriy etish samaradorligini oshirish, shuningdek, boshqaruv va ijro etuvchi apparatlar faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22 iyuldagi “Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 155-sonli Qarori imzolanib, unda respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.
SHuningdek, ushbu qarorda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab berilgan:

  • 2011 yilda boshqaruv organlarining ma’muriy-boshqaruv xodimlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlashni yakunlashni nazarda tutgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, qog‘oz yozishmalarini, eng avvalo, ichki idoraviy qog‘oz yozishmalarini tegishli ravishda qisqartirgan holda elektron hujjat aylanishini kengaytirish parametrlarini qayta ko‘rib chiqish va 2011-2015 yillar uchun yangi maqsadli parametrlarni belgilash, lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini, shuningdek, boshqa axborot tizimlarini joriy etish;

  • boshqaruv organlari va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda mutaxassislarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi malakasi va ko‘nikmalari darajasini oshirish, ularni davriy attestatsiyadan o‘tkazishni joriy etish.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning barchasi respublikamizda axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda jahon axborot hamjamiyatiga kirishni ta’minlash bo‘yicha huquqiy asos va yo‘riqnoma vazifasini o‘tashi, shubhasizdir.


Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish