О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti



Download 4,43 Mb.
bet250/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   282
Ikkinchidan, taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ommaviy axborot vositalari va davlat idoralari, jurnalist va ma’muriy organlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslarini aniq-tiniq belgilash, jurnalist va matbuot xodimining erkin faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki “bu o‘rinda gap ommaviy axborot vositalari va davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor jihatlarini to‘g‘ri belgilash, jumladan, ommaviy axborot vositalari faoliyati ustidan nazorat qilishning mexanizmlarini, axborot manbalarining yopiqligini, shuningdek, tahriri-yatlarga hokimiyat organlari va ma’muriy tuzilmalar tomonidan bo‘layotgan ma’lum darajada bosimlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish haqida bormoqda”1.
Uchinchidan, respublika Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tegishli ilmiy muassasalar (masalan, “Ijtimoiy fikr” markazi) ishtirokida axborot vositalari vakillari orasida uzluksiz sotsiologik monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilsa, nazarimizda, ma’lumot olish imkoniyatlari, matbuotning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash mexanizmlari, jurnalist axloqi va uning asosiy tamoyillari kabi ko‘plab masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug‘ilardi. Mazkur monitoring natijasida to‘plangan ilmiy ma’lumotlar ommaviy axborot vositalaridagina emas, umuman, mamlakat hayotining barcha sohalarida demokratik erkinliklarni qaror toptirish, birinchi galda “ommaviy axborot vositalarini zamon talablari asosida rivojlantirish, matbuot va so‘z erkinligi prinsip-larini amalda ta’minlashga erishish, matbuotda chinakam tanqid ruhini kuchaytirish”1, bu sohada liberallashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, axborot maydonida chinakam raqobatni vujudga keltirish, jurnalistlar uchun erkin faoliyat muhitini yaratish, nodavlat va jamoat birlashmalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan samarali fikr-mulohaza va takliflar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan bo‘lar edi.
To‘rtinchidan, keyingi vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalar hamda xususiy sektor sohasida taraqqiy etgan davlatlar tajribasida sinalgan korporativ boshqaruv tizimini joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHu ma’noda, jurnalistlar haq-huquqlari hamda manfaatlarini himoya qiladigan, bu soha vakillari faoliyatining kasb odobi me’yori va tamoyillarini, umuman, ommaviy axborot vositalari istiqbolini belgilab beadigan tuzilma — O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining faoliyatini kuchaytirish, matbuotni erkinlashtirish jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasini o‘rganish asosida uning ijobiy jihatlarini ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tatbiq etish, matbuotning nodavlat tarmoqlari: uyushma, jamg‘arma va assotsiatsiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish talab etiladi.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish