О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti



Download 4,43 Mb.
bet212/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   282
3. Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.
Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan insonparvarlik,adolatparvarlik g‘oyalariga asoslanganjinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‘zining samarasini bermoqda.
Masalan, Respublikamiz Prezidenti tomonidan loyihasi kiritilib, 2001 yil 29 avgustda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqiqida»gi qonun bilan jinoyatlarni tasniflash engillashtirish ma’nosida takomillashtirildi, yarashuv instituti joriy etildi, Jinoyat kodeksidagi o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi 2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan qonunining 20-moddasiga muvofiq «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korhonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi».
Qonun ustuvorligini ta’minlash - huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni
Huquqiy davlat tushunchasi demokratikdavlat tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, demokratik, huquqiy davlat kuch, inqilob bilan emas, balki tabiiy-tarixiy evolyusion yo‘l bilan barpo etiladi. Albatta, har qanday jamiyatda huquqiy davlat tushunchasi u yoki bu qonunlarning mavjudligi bilan belgilanmaydi. Negaki, qonunlar huquqiy normalar majmui sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi. hamma gap o‘sha qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzalarida «huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini belgilaydigan amaldagi kodekslar, qonunlar, me’yoriy hujjatlarni tanqidiy baholagan holda huquqiy davlatni shakllantirish borasida birinchi galda qabul qilishimiz zarur bo‘lgan yangi qonun va me’yoriy hujjatlarni aniqlab olishimiz kerak» deb ta’kidlab o‘tdilar1.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda yurtboshimizning 1996 yil 31 oktyabrdagi «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi»ni tuzish to‘g‘risidagi farmoni alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bugungi kunda Milliy markaz mamlakatimiz va butun jahondagi inson huquqlari, erkinliklarini jahon xalqaro huquq normalari asosida himoya etishning ta’sirli vositasi sifatida faoliyati ham ibratli bo‘lmoqda. Biroq bu borada demokratik tamoyillarni hayotga to‘liq joriy etilishida jiddiy ayrim muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom ma’nodagi mustaqil bo‘lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so‘zsiz ta’minlanadi. qaerda sud mustaqil bo‘lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar»2. Darhaqiqat qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so‘z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish