О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Huquqiy demokratik davlat barpo etishda Ombudsman instituti



Download 4,43 Mb.
bet211/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   282
2. Huquqiy demokratik davlat barpo etishda Ombudsman instituti.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti muhim rol o‘ynaydi1. Yer yuzida inson borki, u doimo o‘z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan, Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarga yanada aniqlik kiritdi. Ombudsman fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi, munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir. Ombudsman (Hombutsmen) shvedcha so‘z bo‘lib, hukumat idoralari faoliyatini taftish, nazorat qiluvchi mansabdor shaxs yoki vakil ma’nosini anglatadi2.
Ushbu faoliyat turiga oid ma’lumotlar hozirgi zamon huquqiy adabiyotlarida keng tarqalgandir. Biroq jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda Ombudsman institutining o‘ziga xos talqini va tarixiy ildizlari mavjud. Shu nuqtai nazardan, amerikalik mutahassis Din Gottererning bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir. U shunday deb yozadi: Ombudsman institutining ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ombudsmanning tarixiy ildizlaridan biri qur’oni Karim va islom mafkurasining bir qismi sifatida odillik tamoyillaridan kelib chiqadi3. o‘sha payt inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish, mulkiy, oila va nikohga oid huquqlarni tartibga soluvchi hamda shikoyatlarni qabul qilish va nizolarni hal qilish uchun muhtasib mansabi dastlab halifa Umar tomonidan tashkil etilgan edi. Keyinchalik ana shunday muhtasib mansabi Movarounnahrdagi mavjud honliklarda ham tashkil etilgan bo‘lib, ular asosan fuqarolarning shikoyatlarini adolat nuqtai nazaridan hal etishga intilganlar.
Shunday qilib, Ombudsman institutining ildizlari Din Gotterer ta’kidlaganidek, Sharq mamlakatlari davlatchiligiga borib taqaladi. Biroq, Yer yuzida rasmiy ravishda esa, birinchi marotaba Ombudsman instituti 1709 yil Shvetsiya qirolligi huzurida tashkil topgan. 1709 yili Shvetsiya qiroli Karl XII Poltava janglarida mag‘lubiyatga uchrab, Turkiya davlatiga qochib ketadi. qirolsiz qolgan Shvetsiyada tartibsizlik boshlanadi. Bundan habar topgan Karl XII Turkiyada turib, 1713 yil Shvetsiya qirolligi huzurida Ombudsman tashkil qilish haqidagi qonunga imzo chekadi. Bugungi kunda deyarli barcha demokratik mamlakatlarda Ombudsman instituti tashkil etilgan. Ombudsmanning muhim xususiyatlaridan biri uning mustaqilligidir.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) demokratik yo‘ldan borayotgan jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ombudsman 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan qonunda berilgan vakolatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonuni 26-moddasining birinchi qismiga muvofiq «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi».
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti «fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir».
Bu normaga ko‘ra, Prezident birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilayotganligini, ikkinchidan esa, ularning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilib boradi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, qonunlar Respublika Prezidenti tomonidan imzolanadi, boshqacha qilib aytganda, o‘zining rasmiy tasdig‘ini topadi. Agar Prezident qabul qilingan qonunda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilmagan yoki u Konstitutsiyaga zid deb hisoblasa, Konstitutsiya 93-moddasining 14-bandiga muvofiq qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agarda boshqa normativ-huquqiy hujjat, masalan, Vazirlar Mahkamasining qarori, vazirning buyrug‘i, hokimning qarori Konstitutsiyaga yoki qonunlarga zid bo‘lsa, Respublika Prezidenti shu moddaning 13-bandiga muvofiq uni to‘xtatishga yoki bekor qilishga haqli.
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunni 26-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq «hokimlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, hukumat hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘xtatiladi va bekor qilinadi».
SHuni ham alohida ta’kidlash joizki, qonun ustuvorligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi asosida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar loyihalarining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish