О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Mаvzuni mustаhkаmlаsh uchun sаvоllаr



Download 4,43 Mb.
bet210/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   282
Mаvzuni mustаhkаmlаsh uchun sаvоllаr

  1. O‘zbеkistоndа dеmоkrаtik jаmiyat bаrpо etishning milliy tаmоyillаri nimаdаn ibоrаt?

  2. Dеmоkrаtik jаmiyat bаrpо etishning umuminsoniy tаmоyillаri nimа?

  3. Qаdriyat nimа?

  4. Qаdriyatning qаndаy turlаri mаvjud?

  5. Milliy, mintаqаviy, umuminsoniy qаdriyat dеgаndа nimаni tushunаsiz?

  6. Milliy qаdriyatlаrning dеmоkrаtik jаmiyat bаrpо etishdаgi аhаmiyati nimаlаrdаn ibоrаt?

  7. Dеmоkrаtiyaning milliy vа umumnsoniy qаdriyat sifаtidа mоhiyati nimаdаn ibоrаt?

  8. Sharqоnа vа g‘аrbоnа dеmоkrаtiya dеgаndа nimа tushunilаdi?

  9. O‘zbеkistоn dеmоkrаtik jаmiyat bаrpо etishning qаndаy yo‘lini tаnlаdi?

6-MАVZU: QОNUN USTUVОRLIGI – HUQUQIY DAVLAT VA FUQАRОLIK JАMIYATI QURISHNING АSОSI
Mа’ruzа rеjаsi
1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati.
2. Huquqiy demokratik davlat barpo etishda Ombudsman instituti.
3. Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.
4. Sud hokimiyatining mustaqilligi qonun ustuvorligining muhim sharti.
Ma’lumki,O‘zbekiston Mustaqillikka erishganidan keyin o‘ziga xos bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini-ya’ni bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o‘tganidek: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz… Adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘lmog‘i shart1.
Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi chambarchas bog‘liqdir. Yurtboshimiz belgilab berganlaridek, qabul qilinayotgan qonunlarimizning zamirida adolat yotishi lozim. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.
Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlar adolatli bo‘lishi, o‘zida xalq manfaatlarini ifoda etishi shart. Bunday qonunlarga og‘ishmay itoat etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo‘ladi. Chunki barcha demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat a’zolarining qonun oldidagi tengligini, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlanganligidir. Shu bilan birga Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
«Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi»1.
qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator moddalarida belgilab berilgan. Konstitutsiyaning III bobi ikkita 15 va 16-moddalaridan iborat bo‘lib, Konstitutsiya va qonun ustunligiga bag‘ishlangan.
Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar».
o‘z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o‘tilgan sub’ektlarning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Agarda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o‘zlarining bu burchlarini bajarmasalar, ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo‘llanishi mumkin.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etmagan shaxslarning javobgarligi Konstitutsiyaning o‘zida yoki tegishli qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘ladi. Masalan, Konstitutsiya 93-moddasining 12-bandiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan tuman va shahar hokimlarini Respublika Prezidenti o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
Bu borada shuni ham aytib o‘tish lozimki, Konstitutsiyaning normasi boshqa qonunlarning normalariga nisbatan ustunlik xarakteriga ega. CHunki Konstitutsiya barcha boshqa qonunlar uchun poydevordir.
SHuning uchun ham Konstitutsiyaning 16-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas». Agarda birorta normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid keladigan bo‘lsa, u bekor qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo‘llaniladi.
Xo‘sh, Konstitutsiyaning bu moddasiga binoan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug‘ilishi tabiiydir.
Normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishni uning qaysi bosqichda amalga oshirilishiga qarab, quyidagi ikki turga bo‘lish mumkin:
Birinchidan, dastlabki nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar loyiha shaklida tayyorlangan vaqtida ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonunining 18-moddasiga muvofiq «huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik hizmati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin».
Ikkinchidan, keyingi nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o‘zini ham ikki turga bo‘lish mumkin.
a) normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin, ammo u hali kuchga kirishidan avval amalga oshiriladigan nazorat. Bu nazorat ham Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qabul qilgan umummajburiy xarakterga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazishdan avval amalga oshiriladi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgandan keyingina kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umummajburiy xarakterdagi normativ-huquqiy hujjatlarining Konstitutsiya va qonunlarga mosligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 17 iyunda «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yhatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» va 1997 yil 9 oktyabrda «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorlar qabul qildi.
Bu qarorlarning mohiyati shundaki, ular umummajburiy xarakterdagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yhatidan o‘tkazilishining majburiyligini ta’minlab berdi. 1997 yil 9 oktyabrdagi qarorda belgilanishicha, agar shunday hujjatlar davlat ro‘yhatidan o‘tkazilmasa, ular yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Konstitutsiya yoki qonunga zid bo‘lganlari esa davlat ro‘yhatiga olinishi mumkin emas. Ana shunday yo‘l bilan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligi ta’minlanmoqda.
b) kuchga kirgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligi yuzasidan nazorat. Bunday nazoratni barcha davlat organlari amalga oshiradilar.
Umuman olganda, qonunlarning ijro etilishi va normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mos bo‘lishini nazorat qilish qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan olib boriladi.
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilib borish Oliy Majlis faoliyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Oliy Majlis tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish, ularning ta’sirchanligini o‘rganish, qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadini ko‘zlaydi. Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari har yili qariyib 50 ta qonunning ijrosini o‘rganadilar. qonun hujjatlari talablari qanday bajarilayotganligi deyarli barcha vazirliklar va idoralarda, viloyatlarda tekshiriladi.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish