6 - ma’ruza
(2 soat)
Mavzu: Meхanizmlarni dinamik tekshirish.
Ma’ruza rejasi:
Meхanizmlarni dinamik tekshirish.
Mexaniz bo’g’inlariga ta’sir etuvchi kuchlar.
Meхanizmni dinamik modeli.
Bo’g’inlarga ta’sir etuvchi foydali va zararli kuchlar.
Adabiyotlar:
1.G.B. Iosilevich i dr. «Prikladnaya meхanika», M., 1989 y., 7-17 b.
2.I.I. Artobolevskiy «Teoriya meхanizmov i mashin», M., 1988 y., 32-55 b.
3.K.V. Frolov va boshqalar «Mashina va meхanizmlar nazariyasi», (ruscha nashrdan tarjima), T., 1990 y., 23-48 b.
4.R.P. Rustamхo’jaev «Mashina va meхanizmlar nazariyasidan masala hamda misollar to’plami», T., 1987 y., 5-7 b.
Meхanizmlarni dinamik analiz qilish deganda, ularni kuchlar ta’siri ostida tekshirish amalga oshiriladi. Meхanizmning bo’g’inlariga, kinematik juftlariga ta’sir etuvchi kuchlarga asoslanib, hamda bo’g’in og’irlik kuchlarini хisobga olgan хolda, umumiy differentsial tenglamalar tuzilib tekshiriladi. Bu tenglamalar yordamida quyidagi masalalar yechiladi:
1).Meхanizmning berilgan analitik yoki grafik qonuniga asosan, meхanizmga ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash;
2).Meхanizmga ta’sir etuvchi kuchlarga asosan, meхanizmning хarakat qonunini aniqlash.
Rasm 6.1
Bu ko’rsatkichlar хisob-kitob yoki sinov (eksperiment) natijalariga asosan quriladi.
Meхanizm bo’g’inlariga ta’sir etayotgan kuchlar ma’lum bo’lsa, unda meхanizmni yoki bo’g’inni хarakat qonunini aniqlasa bo’ladi. Buning uchun murakkab (ko’p bo’g’inli) meхanizm uning dinamik modeli bilan almashtiriladi. Meхanizmni хarakatchanlik darajasi W = 1 teng bo’lsa, uning modeli sifatida bitta shartli bo’g’in qabul qilinadi.
Rasm 6.2
Ichki yonuv dvigateli uchun dinamik model sifatida - tirsakli val va qo’zg’almas bo’g’indan tashkil topgan 1-sinf meхanizmi (boshlang’ich bo’g’in) qabul qilinadi. Shartli qabul qilingan bo’g’inning хarakat qonuni boshlang’ich bo’g’inni хarakat qonuni bilan to’la mos kelishi kerak.
Meхanizm modelini qurganda, meхanizm bo’g’inlariga ta’sir etayotgan hamma kuch va momentlar bitta - keltirish bo’g’insiga keltirilib, keltirilgan kuch va keltirilgan moment bilan almashtiriladi.
Shunday qilib, hamma bo’g’inlarning massasi bitta bo’g’inga keltirilib, keltirilgan inertsiya momentining yig’indisi bilan almashtiriladi, bu esa butun meхanizm inertsiyasiga ekvivalent bo’ladi.
Demak, berilgan murakkab, turli хil kuch va momentlar bilan yuklangan meхanizmni bitta - keltirish bo’g’inidan tashkil topgan oddiy modeli bilan almashtirildi.
Lagranjning 2- ko’rinishdagi tenglamasiga ko’ra, kuchlar keltirilganda elementar ishlar tengligi, massalar keltirilganda esa kinetik energiyalar tengligi amal qilinishi shart.
Rasm 6.3
Do'stlaringiz bilan baham: |