16.2. Qoratog‘ fosforitidan qo‘shaloq superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari. Tabiiy fosfatlarni kislotali parchalash jarayonida eng muxim texnologik ko‘rsatkichlardan biri — parchalanish darajasi qiymatining superfosfat suspenziyasi suyuq fazasining tuyinish darajasiga bog‘liq bo‘lishligi bilan bir qatorda, kislotadagi dissotsilangan vodorod ionlarining miqdoriga xam bog‘likdir. Eritmadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi parchalanish jarayonida kislotaning kuchini belgilab beradi. U qanchalik katta bo‘lsa, tabiiy fosfat xam shunchalik to‘liq parchalanadi.
Kislota eritmasining kislotalilik kuchini belgilash uchun yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fosfor kislotali eritmalarining termodinamik xossalari va elektr o‘tkazuvchanligi bilan birgalikda ulardagi fosfat kislota birinchi vodorod ionlarining konsentratsiyasi va eritma rN qiymatiga xam e’tiborni qaratish lozimdir.
Toza fosfat kislotaning (H3PO4 — H2O sistemasi) 20-50% P2O5 konsentratsiyali eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligining xaroratga bog‘liqligi shuni ko‘rsatadiki, 25-45°C xaroratda fosfor kislotaning ~30% P2O5, va ~50% P2O5) konsentratsiyali eritmalarida fosfatlarni parchalash yuqori samaraga olib keladi, chunki bunda fosfat kislota eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi nisbatan yuqori bo‘ladi. Xaroratning 50-70°S ga ko‘tarilishi kislota aktivligini mos xolda 35-37% P2O5, va 50-55% P2O5 konsentratsiyali eritma tomonga surilishini qursatadi. Fosfat kislotali eritmaga magniy birikmasi (MgSO4*7H2O) ning kiritilishi (H3PO4 — MgSO4*7H2O — N2O sistemasi) natijasida eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi (yoki fosfor kislotali eritmaning aktivligi) keskin kamayadi. Bu fosfor kislotali shunday eritmalaridagi fosfor kislota birinchi vodorod ionlarining konsentratsiyasi (H3PO4 <=> H+ + H2PO4-) da va eritmalarning pH kiymatida xam uz aksini topadi. Magniyli fosfatlarning fosfat kislotada parchalanishi natijasida xosil bo‘ladigan dimagniyfosfatning eruvchanligi eritma tarkibida fosfatlar (P2O5) mikdorining ortishi bilan ortadi, monomagniyfosfatning eruvchanligi esa kamayadi. Buni H3PO4 <=> H+ + H2PO4 dissotsilanish natijasida xosil bo‘ladigan N+ ionlari monomagniyfosfatning erishi va dissotsilanishi: MgHPO4 <=> Mg + + HPO4 - dan xosil bo‘ladigan NR042ionlarini biriktirib, H2PO4ionlariga aylanishi, bu esa MgNR04 ning dissotsilanish muvozanatini o‘ng tomonga siljitishi va oqibatda dimagniyfosfat eruvchanligi ortishi orqali izoxlanadi.
Qo‘shaloq superfosfatni tarkibi quyidagi asosiy komponentlardan tashkil topgan. Monogidratmonokalsiyfosfat Ca (H2PO4)·H2O (63-73%); dikalsiyfosfat CaHPO4;
Alyuminiy va temir fosfatlari (13-18%); reaksiyaga kirishmagan fosfatlar, kremniyftoridlar, silikatlar (5-10%); kalsiy sulfat (3-6%). Qo‘shimcha birikmalarni miqdori fosforit va ekstraksiya fosfor kislota tarkibi bilan aniqlanadi.
Qo‘shsuperfosfatni gigroskopikligi uni namligi va takibidagi erkin (P2O55erkin) miqdoriga bog‘liq. Qo‘shsuperfosfat tarikbida 1,5 2,09% P2O5erkin bo‘lsa uni 3-4% namlikgacha quritish mumkin. Qo‘shsuperfosfat gigroskopik nuqtasi 62,5-69,0% oralig‘ida bo‘ladi.