Tayanch so‘zlar:
Ekstraksion fosfat, suspenziya, ammiakli suv, qovushqoqligi, sisterna, kislota, moslama, konsentratsiya, dispersiy, suyuq kompleks o‘g‘it, zichlig, qattiq faza, cho‘kish darajasi, Qoratog‘ fosforiti.
Nazorat savollari va topshiriqlar
Qanday suyuq azotli o‘g‘itlarni bilasiz?
Suyuq ammiakatda necha foiz azot bor?
Suyuq ammiak qanday apparatda olinadi?
Suyuq azotli o‘g‘itlarni qanday eng asosiy kamchiligi bor?
Suyuq ammiakni qanday xossalarini bilasiz?
Suyuq ammiakat ishlab chiqarishda reaktorning vazifasi nimadan iborat?
Suyuq ammiakatlarning qanday afzalliklari bor?
SSKO‘ konsentratsiyasining qanday ortadi
Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologik tartibi va texnologik sxemasini tushuntiring
Tayyor mahsulot SKO‘ olish qurilmasida boradigan jarayonini bayon eting.
Mavzu 27: Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish asosiy texnologik jihozlari
REJA:
Issiqlik almashtirgich E6 jihozining vazifasi
Suyuq kompleks o‘g‘itlar eritmasi olish tarmog‘iga kiradigan jihozlar
Suyuq kompleks o‘g‘itlar olish jarayoni uskunalar jihozlanishi soddaligi bilan ajralib turadi. Asosiy jihozlarga hajmdor idishlar, issiqlik almashtirgichlar va nasoslar kiradi.
Superfosfat kislota qabul qilish va saqlash tarmog‘i quyidagi asosiy jihozlar bilan ta’minlangan:
Superfosfat kislota ombori R1, R2. Ko‘pgina SKO‘ qurilmalarida har birining hajmi 2000 m3 bo‘lgan rezervuar ko‘rinishidagi ikkita superfosfat omborlari bo‘ladi. Rezervuarning balandligi 13,6 m ni, diametri 14 m ni tashkil etadi. Omborga aralashtiruvchi qurilma – kurakchalar diametri 4 m, aylanish chastotasi 34,5 min-1, quvvati 45 kVt, nikelli zanglamas po‘latdan tayyorlangan propeller turidagi uchkurakchali aralashtirgich o‘rnatilgan.
Rezervuar korpusi uglerodli po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, o‘z- o‘zicha vulkanlanadigan butilkauchuk bilan niqoblangan. Niqob qalinligi rezervuar yuqori qismida 4 mm, quyi qismida 8 mm ni tashkil etadi. Rezervuar ichining pastki qismi (osti) 65 mm qalinlikdagi uglerodgrafitli plitka bilan qoplangan. Ostining o‘rta qismi – ishchi aralashtirgich doirasida qoplama qalinligi 140 mm gacha yetadi va plitka yuzasiga 5 mm qalinlikdagi zanglamaydigan po‘lat list joylashtirilgan. Kislota aralashishini yaxshilash uchun rezervuar peremetri bo‘yicha uchta ichki qovurg‘alar tayyorlangan.
27.1.Issiqlik almashtirgich E6 jihozining vazifasi
Issiqlik almashtirgich E6. Ombordagi SFKni isitish uchun mo‘ljallangan. Qobiqqoplamali, grafitli. 13 ta blokdan iborat. Issiqlik almashinishning umumiy yuzasi 139 m2, issiqlik unumdorligi 736350 kj/soat.
Texnik tavsifi
|
Quvurlararo
bo‘shliq
|
Quvur ichki
bo‘shlig‘i
|
Bosim, MPa (kgs/sm2)
|
0,4 (4)
|
0,6 (6)
|
Harorat, OC
|
150
|
80
|
Muhit
|
Bug‘
|
SFK
|
Hajmi, l
|
816
|
721
|
SFKni uzatish nasoslari P3–P6. Gorizontal, rotatsion, hajmiy ishlaydigan, ikki rotorli. Qovushqoqligi 3000 mPa∙s gacha bo‘lgan suyuqliklarni uzatish uchun mo‘ljallangan. Zanglamaydigan nikelli po‘latdan tayyorlangan. Uzatish 37 m3/soat, uzatish balandligi 60 m, rotorning aylanish chastotasi 141 min-1. Elektrodvigatel quvvati 15,8 kVt, aylanish soni 1400 min-1.
Rotatsion nasoslar ishchi qism qurilmasi 5.12-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |