O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta`limi vazirligi


- mavzu: Hulosa chiharish to'qrisida umumiy ma'lumot



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana30.11.2019
Hajmi1,68 Mb.
#27823
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Falsafa,mantiq


3- mavzu: Hulosa chiharish to'qrisida umumiy ma'lumot 
( sillogizm). Argumentlashning mantiqiy asoslari. 
    
 
 
 
Reja: 
1.  Hulosa chiharish to'qrisida umumiy ma'lumot. 
2.  Sillogizm moqiyati, aksiomasi va qoidalar. 
3.  Sillogizm figuralari, moduslari. 
4.  Induktiv hulosa chiharish. Anologiya. 
5.  Argumentlashning mantiqiy asoslari. 
 
Adabiyotlar 
 
1. Islom Karimov. O`zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «Uzbekistan», 1998. 
2. Islom Karimov. Tarixiy hotirasiz kelajak yo`q.. «Mulokat», 1998, №5. 
3. Islom Karimov. Uzbekistan XXI asrga intilmokda. - T.: «Uzbekistan», 1999. 
       4. Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor 
yunalishi buyicha Harakatlar stranegiyasi. 07.02.2017 
       5..Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo 
etamiz.   –  Toshkent : O‘zbekiston, 2016.   
        6.Mirziyoyev Sh.M.  Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir 
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.  2017 yil 14 yanvar /. – Toshkent : 
O‘zbekiston, 2017. 
7. M. Hayrullaev, M. Hakberdiev.Mantiq., 12-bob. 
8. YU.V. Ivlev.Logika, 9-bob. 

9. I. Rahimov. Logikadan amaliy mashgulotlar va metodik tavsiyalar, 7-bob. 
10. В.Н. Карпович. Проблема. Гипотеза. Закон. Новосибирск, 1980 
11. Н.И. Кондаков. Логический словарь-справочник. Мавзуга оид маколалалар. 
12. Г.И. Рузавин. Научная теория: логико-методологический анализ. М., 1978. 
 
    1-masala.  Voqelikni  bilish  jarayonida  inson  yangi  bilimlarga  ega  bo'ladi.  Bu  bilimlar 
abstrakt  tafakkur  yordamida,  mavjud  bilimlarga  asoslangan  qolda  vujudga  keladi.  Bunday 
bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida hulosa chiharish, deb ataladi. 
Hulosa  chiharish  deb  bir  va  undan  ortik,  chin  mulohazalardan  ma'lum  qoidalar  yordamida 
yangi bilimlarni keltirib chiharishdan iborat bo'lgan tafakkur shakliga aytiladi. 
Hulosa  chiharish  jarayoni  asoslar,  hulosa  va  asoslardan  hulosaga  utishdan  tashkil 
topadi.To'qri  hulosa  chiharish  uchun,  avvalam  bor,  asoslar  chin  mulohazalar  bo'lishi,  o'zaro 
mantiqan boqlanishi kerak. 
Masalan, «Aristotelь-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki 
chin  mulohazadan  hulosa  chiharib  bo'lmaydi.  Chunki  bu  mulohazalar  o'rtasida  mantiqiy 
aloqadorlik yuk. 
Hulosa  asoslari  va  hulosa  ham  o'zaro  mantiqan  boqlangan  bo'lishi  shart.  Bunday 
aloqadorlikning zarurligi hulosa chiharish qoidalarida qayd qilingan bo'ladi. Bu qoidalar buzilsa, 
to'qri hulosa chikmaydi. Masalan «Talaba A - a'lochi» degan mulohazadan «Talaba A - odobli», 
deb hulosa chiharib bo'lmaydi.  
Hulosa  chiharish  hulosaning  chinlik  darajasiga  ko'ra,  anikrogi,  hulosa  chiharish 
qoidalarining katьiyligiga ko'ra hamda hulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yunalishiga 
ko'ra bir kancha turlarga bulinadi. 
Mazkur  klassifikaciyada  hulosa  chiharishni  fikrning  harakat  yunalishi  bo'yicha  turlarga 
ajratish  nisbatan  mukammalrok  bo'lib,  u  hulosa  chiharishning  boshqa  tuplari  qaqida  ham 
ma'lumot berish imkonini yaratadi. Hususan, (deduktiv hulosa chiharish zaruriy hulosa chiharish, 
induktiv  hulosa chiharish  (tulik indukciyani  hisobga olmaganda) va  analogiya ehtimoliy hulosa 
chiharish, deb olib karalishi, bevosita hulosa chiharish esa deduktiv hulosa chiharishning bir turi 
sifatida urganilishi mumkin. 
 Deduktiv hulosa chiharishning muhim hususiyati unda umu- 
miy bilimdan juz'iy bilimga utishning mantiqan zaruriy 
harakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita hulosa 
chiharishdir. 
 
Faqat  birgina  mulohazaga  asoslangan  qolda  yangi  bilimlarning  hosil  kilinishi  bevosita 
hulosa  chiharish  deb  ataladi.  Bunda  asos  mulohazaning  strukturasi,  ya'ni  sub'ekt  va  predikat 
munosabatlarining  mikdor  va  sifat  harakteristikalari  muhim  ahamiyatga  ega  bo'ladi.  Bevosita 
hulosa chiharishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud: 
Aylantirish (lot.-obversio) - shunday mantiqiy usulki, bunda tasdiq hukmlarni inkorga, inkor 
hukmlarni tasdiqka aylantirish yuli bilan hulosa chikariladi. Masalan  Ba'zi hayvonlar kuruklikda 
yashaydi. Demak, ba'zi hayvonlar kuruklikda yashamaydi. 
Bunda  tasdiq  hukmlar  umumiy  inkorga,  umumiy  inkor  umumiy  tasdiqka  aylantiriladi. 
Bunday paytda faqat chegaralash yuli bilangina to'qri hulosaga kelish mumkin. Masalan. hamma 
kosmonavtlar  uchuvchi  (to'qri).  Demak,  hech  bir  uchuvchi-  kosmonavt  emas  (hato).  Ba'zi 
uchuvchilar kosmonavt emas (to'qri). 
Kisman(juz'iy)  inkorni  juz'iy  tasdiqka,  juz'iy  tasdiqni  juz'iy  inkorga  aylantirganda  to'qri 
hulosa  chikaveradi.  Bundan  tashkari  asoslari  murakkab  hukmlardan  iborat  bo'lgan  hukmdan 
bevosita  hulosa  chiharish  mumkin:  Agar  tovar  ishlab  chiharish  tugatilsa,  kiymat  qonuni 
tugatiladi. Kiymat qonuni tugatilsa , tovar ishlab chiharish tugatiladi. 
 Uning shemasi : Agar A bo'lsa, V bo'ladi. Demak, V bo'lsa, A bo'ladi. 
 
Bundan  tashkari  deduktiv  hulosa  chiharishning  predikatga  harama-harshikuyish  va 
mantiqiy kvadrat bo'yicha hulosa chiharish kabi shakllari mavjud.   

2.  Almashtirish  (lot.-conversio)  -  shunday  mantiqiy  hulosa  chiharish  usuliki,  unda  hulosa 
berilgan mulohazadagi sub'ekt va predikatning o'rnini almashtirish orqali keltirib chikariladi. 
Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e'tiborga olinishi shart. Agar berilgan 
mulohazadagi terminlar hajmiga e'tibor berilmasa, hulosa noto'qri bo'lishi mumkin: Masalan, 
hamma insonlar tirik mavjudotlardir 
hamma tirik mavjudotlar insonlardir 
Hulosa  hato,  chunki  berilgan  mulohazada  R  -  (tirik  mavjudotlar)  tulik  hajmda  olinmagan, 
hulosada esa tulik hajmda olingan. YUqoridagi asosdan «Ba'zi tirik mavjudotlar insonlardir» deb 
chikarilgan hulosa to'qri bo'ladi.  
Bundan tashkari deduktiv hulosa chiharishning predikatga harama-harshikuyish va mantiqiy 
kvadrat bo'yicha hulosa chiharish kabi shakllari mavjud. 
2  masala. Ma'lumki, deduktiv hulosa chiharish  aslida sillogizm shaklida bo'ladi. Sillogizm 
kushib  hisoblash,  degan  ma'noni  anglatadi.  Bu  termindan  mantiqda,  odatda,  deduktiv  hulosa 
chiharishning ko'proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy kat'iy sillogizmni ifoda  qilish uchun 
foydalaniladi. Sillogizm hulosa chiharishning shunday shakliki, unda o'zaro mantiqiy boqlangan 
ikki  kat'iy  mulohazadan  uchinchi-yangi  kat'iy  mulohaza  zaruriy  tarzda  kelib  chikadi.  Bunda 
dastlabki  mulohazalardan  biri  albatta  yo  umumiy  tasdiq  yoki  umumiy  inkor  mulohaza  bo'ladi. 
Hosil  qilingan  yangi  mulohaza  dastlabki  mulohazalardan  umumiyrok  bo'lmaydi.  Shunga  ko'ra 
sillogizmni  umumiylikka  asoslangan  hulosa  chiharish,  deb  atasa  bo'ladi.  Masalan,  quyidagi 
mulohazalar berilgan bulsin: 
Hech bir hasis sahiy emas. 
 Ba'zi boylap hasisdir. 
Bu mulohozalardan zaruriy ravishda - «Ba'zi boylar sahiy emas», degan uchinchi mulohaza 
kelib chikadi. Sillogizmning tarkibi  oddiy  kat'iy  mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy 
kat'iy sillogizm deyiladi. 
 Sillogizmning tarkibi hulosa asoslari (praemissae) va hulosa (conclusio) dan tashkil topgan. 
Hulosa asoslari va hulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Hulosaning mantiqiy egasi - S 
- kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesim» - R -katta termin (terminus major) deb ataladi. 
Hulosa asoslari uchun umumiy bo'lgan, lekin hulosada uchramaydigan tushuncha - M -(terminus 
medius) o'rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni uz ichiga olgan mulohaza katta asos, 
kichik terminni uz ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi.  
Terminlarning  katta  yoki  kichik  deb  atalishi  ular  ifodalagan  tushunchalarning  hajmiga 
boqliq.  
O'rta termin katta va kichik terminni mantiqiy boglovchi element hisoblanadi. 
Sillogizm aksiomasi 
 Aksiomalar  isbotsiz  chin  deb  kabul  qilingan  nazariy  mulohazalar  bo'lib,  ular  vositasida 
boshqa  fikr  va  mulohazalar  asoslab  beriladi.  Sillogizmning  aksiomasi  hulosalashning  mantiqiy 
asoslanganligini ifodalaydi.  
Mantiqda aksioma bir necha marta amaliyotda isbotlangan  fikrlar ma'nosida ishlatiladi. Bu 
ma'noda  » insondan oldin er paydo bo'lgan», 
 «  butun  uz  bulagidan  katta»  kabi  fikrlar  aksiomalardir.  Sillogizm  aksiomasi  inson 
amaliyotida million- million marta takrorlash asosida vujudga kelgan to'qri fikrlardan hulosa uz-
o'zidan kelib chikishini kursatadi. 
Masalan, A predmet V ning ichida bo'lsa, V predmet S ning ichida bo'lsa, demak, A predmet 
S  ning  ichida  bo'ladi.  Agar  A  predmet  V  predmet  ichida  bo'lsa,  V  predmet  S  ning  ichida 
bulmasa, demak, A predmet S dan tashkarida bo'ladi. 
Demak, sillogizm aksiomasida ma'lum gruppa predmet tasdiqlansa yoki inkor kilinsa, unga 
kiruvchi har bir predmet ham tasdiqlanadi  yoki inkor qilinadi. Inson bir necha bor narsalarning 
turlarini  va  bu  turga  kiruvchi  guruhlarning  kismlarini  bilib  boradi,  ular  o'rtasidagi  aloqa  va 
munosabatlarni urganib,ularning umumiy hususiyatlari qaqida fikr yuritadi, hulosa chikaradi.    
Sillogizm  aksiomalarida  fikr  shakli  va  mazmuni  o'zaro  uzluksiz,  ob'ektiv  boqlangan  bir 
butunning  ayrim  tomonlarini  ifodalaydi.  Bu  bir  tomondan,  hamma  umumiylikka  hususiylik, 

juz'iylik va yakkalik hos ekanligini va har bir yakkalik, juz'iylik, hususiylik umumiylik hislatiga 
ega  bo'lishini  ifodalasa,  ikkinchi  tomondan,  buyum  va  belgining  o'zaro  uzviy  boqlanganligini, 
ya'ni  buyumlar  jinsi  ayrim  o'ziga  hos  belgiga  ega  bo'lsa,  albatta,  bu  belgi  shu  jinsdagi  hamma 
buyumlar  uchun  ham  hos  belgi  bo'lishini  ifodalaydi.  Bular  esa  uz  navbatida  yakkalik  va 
umumiylik  o'rtasidagi,  mikdor  va  sifat  o'rtasidagi  dialektik  aloqadorlikning  tafakkur  jarayonida 
o'ziga hos namoyon bo'lishidir. 
Sillogizmning umumiy qoidalari 
Hulosa  asoslarining  chin  bo'lishi  hulosaning  chin  bo'lishi  uchun  etarli  emas.  Hulosa  chin 
bo'lishi  uchun  yana  ma'lum  qoidalarga  amal  qilish  ham  zarur.  Bu  sillogizmning  umumiy 
qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo'lgan qoidalar bo'lib, 
quyidagilardan iborat: 
1.  Sillogizmda  uchta  termin:  katta,  kichik  va  o'rta  terminlar  bo'lishi  kerak.  Ma'lumki, 
sillogizmning  hulosasi  katta  va  kichik  terminlarning  o'rta  terminga  bo'lgan  munosabatiga 
asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam  yoki ortik bulmasligi talab  qilinadi. 
Agar terminlar soni uchtadan kam bo'lsa, hulosasi yangi bilim bermaydi. 
2. O'rta termin hech bo'lmaganda asoslardan birida tula hajmda olinishi kerak. 
Agar  o'rta  termin  hech  bir  asosda  tulik  hajmda  olinmasa,  chetki  terminlarning  boqlanishi 
noanik bo'ladi va hulosaning chin yoki hatoligini aniqlab bo'lmaydi. 
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo'lsa, hulosada ham shunday 
hajmda bo'lishi kerak. 
Bu  qoidaning  buzilishi  kichik  yoki  katta  termin  hajmining  nourin  kengayib  ketishiga  olib 
keladi.  
4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) hulosa chiharib bo'lmaydi. 
Masalan:                
Ishsizlartadbirkoremas. 
Talabalar ishsiz emas. 
5. Ikki juz'iy hukmdan hulosa chiharib bo'lmaydi.Masalan:  
Ba'zi ayollar tadbirkordir. 
Ba'zi davlat arboblari ayollardir.  
6. Asoslardan biri inkor bo'lsa, hulosa ham inkor bo'ladi.Masalan:   Hech 
bir 
jinoyat 
jazosiz kolmaydi.  
Vatanga hiyonat qilish jinoyatdir  
Vatanga hiyonat qilish jazosiz kolmaydi. 
7. Asoslardan biri juz'iy hukm bo'lsa, hulosa ham juz'iy hukm bo'ladi. Masalan: 
Yahshi farzand ota-onasini hurmat qiladi. 
Ba'zi yoshlar yahshi farzanddir. 
Ba'zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi. 
3- masala. Sillogazmning figuralari va moduslari 
Oddiy katьiy sillogazmning strukturasida o'rta terminning joylashishiga harab sillogazmning 
turtta figurasi farq  qilinadi. 
I figurada o'rta termin katta asosning sub'ekti, kichik asosning predikati bo'lib keladi. 
II figurada o'rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo'lib keladi. 
III figurada o'rta termin har ikki asosning sub'ekti bo'lib keladi. 
IV figurada O'rta termin katta asosning predikati, kichik asosning sub'ekti bo'lib keladi. 
Sillogizm asoslari oddiy kat'iy hukmlar (A, Е, I, 0)dan iborat. Bu hukmlarning ikki asos va 
hulosada  o'ziga  hos  tartibda  (tuplamda)  kelishi  modus  deb  ataladi.  «Modus»  -  shakl  degan 
ma'noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o'ziga hos moduslari mavjud. har bir figuraning to'qri 
moduslarini aniqlashda, to'qri hulosa chiharishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har 
bir  figuraning  mahsus  qoidalariga  ham  amal  qilinadi.  Figuralarning  mahsus  qoidalari  sillogizm 
terminlarining o'ziga hos boqlanishi asosida aniklanadi. 
Oddiy kat'iy sillogizmning birinchi figurasi quyidagi mahsus qoidalarga ega: 
1. Katta asos umumiy hukm bo'lishi kerak. 

2. Kichik asos tasdiq hukm bo'lishi kerak. 
I figuraning turtta to'qri modusi mavjud: 
A A A, Е A Е, A I I, Е I 0. 
Moduslarning  birinchi  harfi  katta  asosning,  ikkinchi  harfi  kichik  asosning,  uchinchi  harfi 
hulosaning  sifat  va  mikdorini  kursatadi.  Figuralarning  moduslarini  bir-biridan  farqlash 
maqsadida, ularning har biri aloqida nom bilan ataladi. 
A A A - Barbara modusi 
A. hamma ilmiy qonunlar ob'ektiv harakterga ega.  
A. Tafakkur qonunlari-ilmiy qonunlardir. 
A. Tafakkur qonunlari ob'ektiv harakterga ega. 
ЕAЕ - Celarent modusi. 
Е. Hech bir dindor ateist emas. 
A. Imomlar dindordir. 
Е Hech bir imom ateist emas. 
AII - Darii modusi. 
A Barcha jinoyatchilar jazoga loyiklardirlar. 
I. Ba'zi kishilar-jinoyatchidir. 
I. Ba'zi kishilar jazoga loyikdirlar. 
ЕYU - Ferio modusi. 
Е.Ahloqli insonlarning hech biri vijdonsiz emas. 
I. Ba'zi yoshlar ahloqli insondir. 
O. Ba'zi yoshlar vijdonsiz emas. 
Sillogazmning  birinchi  figurasi  oddiy  katьiy  hukmlarning  barcha  turlari  bo'yicha  hulosalar 
beradi. 
Oddiy kat'iy sillogizmning P-figurasi quyidagi mahsus qoidalarga ega: 
1. Katta asos umumiy hukm bo'lishi kerak. 
2. Asoslarning biri inkor hukm bo'lishi kerak. 
 II figuraning turtta to'qri modusi mavjud: 
AЕЕ, ЕAЕ, AOO, Е IO. 
AЕЕ - Camestres modusi 
A. hamma hukmlar darak ran orqali ifodalanadi. 
 Е. Savol darak gan orqali ifodalanmaydi. 
 Е. Hech bir savol hukm emas. 
ЕAЕ - Cesare modusi. 
Е. Hech bir ateist dindor emas. 
A. Imomlar dindordir. 
Е. Hech bir imom ateist emas. 
AOO - Baroko modusi. 
A. hamma kushlar uchadi. 
O. Ba'zi mavjudotlar uchmaydi. 
O. Ba'zi mavjudotlar kushlar emas. 
EIO-Festino modusi. 
Е qonunlarga amal kilmaganlarning hech biri erkin emas. 
 I. Ba'zi fukarolar erkindirlar  
O. Ba'zi fukarolar qonunga amal kiluvchi emaslar. 
 YUqoridagi      misollardan      kurinib      turibdiki,      sillogizm  P-figurasining  hulosalari  faqat 
inkor hukmdan iboratdir. 
Oddiy  kat'iy  sillogizmning  SH-figurasining  bitta  mahsus  qoidasi  bor:  kichik  asos  tasdiq 
hukm bo'lishi kerak. III figuraning to'qri moduslari oltita: AAI, All, IAI, ЕAO, ЕIO, OAO. 
AAI - Darapti modusi. 
A. hamma mantiqshunoslar faylasufdir. 
A. hamma mantiqshunoslar-ilmli kishilardir. 

I. Ba'zi ilmli kishilar faylasufdir. 
All - Datisi modusi. 
A. hamma oddiy kat'iy hukmlar hulosa asoslari bo'ladi. 
I. Ba'zi oddiy katьiy hukmlar chin fikrdir. 
I. Ba'zi chin fikrlar hulosa asoslari bo'ladi. 
IAI - Disarms modusi. 
I Ba'zi faylasuflar mantiqshunos bo'lgan. 
 A. hamma faylasuflar ilmli kishilardir.  
I. Ba'zi ilmli kishilar mantiqshunos bo'lgan. 
ЕAO - Felapton modusi. 
Е. Hech bir partiya dastursiz ish yuritmaydi. 
A. hamma partiyalar siyosiy tashkilotdir. 
O. Ba'zi siyosiy tashkilotlar dastursiz ish yuritmaydi. 
ЕYU - Ferison modusi.  
Е. Hech bir dindor e'tikrdsiz emas. 
 I. Ba'zi dinlorlar-yoshlardir.  
O. Ba'zi yoshlar e'tiqodsiz emas. 
OAO - Bokardo modusi. 
O Ba'zi odamlar rost gapirmaydilar. 
A hamma odamlar yahshi yashashni hohlaydi. 
O Ba'zi yahshi yashashni hohlovchilar rost gapirmaydilar. 
III figura moduslarining hulosalari faqat juz'iy hukmdan iborat bo'ladi. 
Oddiy kat'iy sillogizmning IV-figurasi quyidagi mahsus qoidalarga ega: 
1. Asoslarning biri inkor hukm bo'lsa, katta asos umumiy hukm bo'ladi. 
2. Katta asos tasdiq, hukm bo'lsa, kichik asos umumiy hukm bo'ladi.  
IV-figuraning beshta to'qri modusi mavjud: AAI, AEE, IAI, ЕAO, EIO. 
AAI - Bramalip modusi. 
A. Halol odamlarning hammasi vijdonlidir.  
A. hamma vijdonlilar adolatli kishilardir.  
I. Ba'zi adolatli kishilar halol odamlardir. 
AEE-Camenes modusi. 
A. Kuli ochik odamlar sahiy bo'ladi. 
Е. Hech bir sahiy hasis emas. 
Е. Hech bir hasis kuli ochik odam emas. 
IAI - Dimaris modusi. 
I. Ba'zi yoshlar sport bilan shugullanadilar. 
A. Sport  bilan shugullanganlarning hammasi soglom kishilardir. 
I. Ba'zi soglom kishilar yoshlardir. 
ЕAO - Fesapo modusi. 
Е. Hech bir sofist rost gapirmaydi. 
A. hamma rost gapirmaydiganlar yolgonchidir. 
O. Ba'zi yolgonchilar sofist emas. 
ЕYU - Fresison modusi. 
 Е. Hech bir aklli odam ilmsiz emas. 
 I. Ba'zi ilmsizlar yoshlardir. 
O. Ba'zi yoshlar aklli odam emas. 
Sillogizmning IV-figurasi umumiy tasdiq, hukm ko'rinishidagi hulosani bermaydi. 
Aristoteldan  boshlab  barcha  mantiqshunoslar  sillogazmning  1-fi-gurasi  va  uning 
moduslariga katta e'tibor berganlar. Ular I-figurani mukammal, deb bilganlar, uning hulosalarini 
anik va yaqqol deb hisoblaganlar. Sillogazmning boshqa figuralarini nomukammal deb, ularning 
hulosalarining  chin  ekanligani  aniqlash  uchun  1-figuraga  keltirish  zarur,  deb  hisoblaganlar.  Bu 
mantiqiy amal bajarilganda moduslarning nomiga e'tibor beriladi: 

4- masala.  Induktiv hulosa chiharish. 
Bilish,  kaysi  sohada  amalga  oshishidan  kat'iy  nazar-soglom  akl  darajasidami  yoki  ilmiy 
bilishdami  -  doimo  predmet  va  hodisalarning  hissiy  idrok  etiladigan  hossa  va  munosabatlarini 
o'rganishidan  boshlanadi.  Uni  falsafada,  mantiqda  empirik  bilish  bosqichi  deb  atashadi.  Bu 
bosqichda sub'ekt turli hil tabiiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalarda o'hshash sharoitlarda ma'lum bir 
hususiyatlarning  takrorlanishini  kuzatadi.  Bu  ana  shu  turgun  qolda  takrorlanib  turuvchi 
hossaning  ayrim  predmetning  individual  hossasi  emas,  balki  ma'lum  bir  sinfga  mansub 
predmetlarning umumiy hossasi bo'lsa kerak, degan fikrga kelishga asos bo'ladi. Masalan, kaysi 
davlatda demokratiya principlariga yahshi amal kilinsa usha davlat aholisining ijtimoiy turmush 
darajasi  yuqoriligini kuzatish mumkin. Shu asosda demokratiyaning principlari, shartlari yahshi 
amal  qiladigan  har  qanday  davlatda  aholining  turmush  darajasi  yuqori  bo'ladi,  degan  hulosaga 
kelish mumkin. 
Mana  shunday  juz'iy  bilimdan  umumiy  bilimga  mantiqan  utish  indukciya  shaklida  sodir 
bo'ladi (lotincha inductio-yagona asosga keltirish). 
Induktiv  hulosa  chiharish  empirik  umumlashtirish  shaklida  sodir  bo'lib,  unda  birorta 
belgining ma'lum bir sinfga mansub pedmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining 
mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga hosligi qaqida hulosa chikariladi. 
Indukciya asosida chikarilgan hulosalar ilmiy bilishda urnatilgan turli empirik qonuniyatlar, 
yaratilgan umumlashmalar tarzida uz aksini topadi, predmet va hodisalar qaqidagi bilimlarimizni 
kengaytirishiga olib keladi. 
Induktiv hulosa chiharish bilvosita hulosa chiharish  hisoblanadi,  ya'ni  uning  asoslari ikkita 
va  undan  ortik  mulohazalardan  tashkil  topgan  bo'ladi.  Ular,  odatda,  yakka  predmet  yoki 
predmetlar  sinfining  bir  kismini  ifoda  qiladilar.  Hulosada  esa,  bir  mantiqiy  sinfga  mansub 
predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi. 
Demak, induktiv hulosa chiharishda yakkalik, juz'iylik va umumiylikning dialektik aloqasini 
kuzatamiz.  Ayrim  faktlarni  ifodalaydigan,  juz'iy  harakterga  ega  bo'lgan  bilimlar  umumiy 
bilimlarni  hosil  qilish  uchun  mantiqiy  asos  bo'lib  hizmat  qiladi.  Takrorlanib  turuvchi  turgun 
aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat bo'lgani uchun, bu umumiy 
bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi  yakka va juz'iy faktlar  qaqidagi bilimlar esa 
ana shu qonuniyatlarning namoyon bo'lishini qayd etadilar. Induktiv hulosa chiharish kuzatish va 
tajriba natijalarini umumlashtirish bilan boqliq bo'ladi 
Induktiv hulosa chiharishning ikkita turi: tulik va tuliksiz indukciyalar farq qilinadi. 
Tulik indukciya induktiv hulosa chiharishning shunday turiki, unda birorta belgining ma'lum 
bir  sinfga  mansub  har  bir  predmetga  hosligini  aniqlash  asosida,  shu  belgining  berilgan  sinf 
predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi qaqida hulosa chikariladi. 
Tulik indukciya predmetlarning kichik sinfiga, elementlari yaqqol kuzga tashlanib turadigan, 
mikdor jihatdan cheklangan yopik sistemalarga nisbatan hulosa chiharishda ishlatiladi. Masalan, 
Kuyosh  sistemasiga  kiruvchi  planetalar,  NATOga  a'zo  davlatlar,  birorta  shaharda  joylashgan 
korhonalar va shu kabilar qaqida hulosalarni tula indukciya yuli bilan olish mumkin.  
Tulksiz  indukciya  shunday  ehtimoliy  hulosa  chiharish  turiki,  unda  birorta  belgining  bir 
mantiqiy  sinfga  tegishli  predmetlarning  bir  kismiga  (bir  nechtasiga)  hosligini  (yoki  hos 
emasligini) aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinfga  mansub  barcha predmetlarga  hosligi   
(hos   emasligi) qaqida hulosa chikariladi. 
Tuliksiz  indukciyada  fikrimiz,  huddi  tulik  indukciyadagidek,  juz'iylikdan  (yakkalikdan) 
umumiylikka,  kamrok  umumiylashgan  bilimdan  ko'proq  umumiylashgan  bilimga  harab  harakat 
qiladi.  Lekin  unda,  tulik  indukciyadan  farqli  ularok,  hulosa  kuzatish,  tajriba  davomida  qayd 
etilmagan,  urganilmagan  predmetlarga  ham  tegishli  bo'ladi.  Tuliksiz  in-dukciyaning  evristik 
moqiyati aynan ana shundadir. 
Tuliksiz indukciyada fikrmiz quyidagi shemada kuriladi. 
St predmeti R belgiga ega 
S2 predmeti R belgiga ega 
Sn predmeti R belgiga ega 

$. $2.,.,.. Sn predmetlari S sinfiga tegishli 
Ehtimol, S sinfining har bir predmeti R belgiga egadir. 
Tuliksiz  indukciyada  hulosaviy  bilimning  empirik  asosi  tulik  aniklanmaydi,  ana  shuning 
uchun  ham  undagi  amalga  oshirilgan  umumlashtirish  tuliksiz  bo'ladi.  Hususan,  unda  berilgan 
mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasi emas, faqat S dan Sn gacha bo'lgan kismigina 
urganiladi,  holos.  Ana  shu  urganilgan  predmetlarga  birorta  R  belgining  hosligi  (hos  emasligi) 
kuzatilsa, uning urganilayotgan sinfga mansub barcha predmetlarga hosligi (hos emasligi) qaqida 
ehtimoliy tarzdagi hulosa chikariladi. Bu hulosa ihtiyoriy raviщda hosil kilinmaydi va tasodifiy 
harakterga ega emas, albatta. Juz'iylikdan (yakkalikdan) umumiylikka utish, ya'ni sinfga tegishli 
ayrim  predmetlar  qaqidagi  bilimdan  sinfga  tegishli  barcha  predmetlar  qaqidagi  bilimga  utish 
mantiqan asoslangandir. 
Hususan, pahta, bugdoy, sut, metall prokati, gazlama va shu kabi ommaviy ravishda ishlab 
chikariladigan  mahsulotlarning  katta  hajmining  sifati  qaqida  ulardan  olingan  kichkina 
namunalarni tekshirish natijalariga tayangan qolda fikr bildiramiz. 
Bunda  kyp  hollarda  hosil  kilgan  hulosaviy  fikrlarimiz  hakikatdan  yoki  hakikatga  yakin 
fikrdan iborat bo'ladi. 
Uz-o'zidan ravshanki, bu yul bilan olingan hulosalar  hamma vaqt ham to'qri bulavermaydi. 
Ba'zan  chikarilgan  hulosalar  hato  ham  bo'lishi  mumkin.  Buni  quyidagi  misol  tasdiqlaydi. 
Kachonlardir kimyogarlar metallarning bir kanchasi ustida eksperimentlar utkazishib,   ularning 
kizdirilganda  oltingugurt  bilan  birikishini  kuzatishgan  va  shu  asosda,  «Barcha  metallar 
kizdirilganda  oltingugurt  bilan  birikadi»,  degan  hulosaga  kelishgan.  Ularning  muqokamasi 
quyidagi shema tarzida kechgan. 
 Mis kizdirilganda oltingugurt bilan birikadi 
 Temir kizdirilganda oltigugurt bilan birikadi 
 Alyuminiy kizdirilganda oltingugurt bilan birikadi 
 Mis, temir, alyuminiy ..., metallar sinfiga kiruvchi himiyaviy elementlar 
Ehtimol, barcha metallar kizdirilganda oltingugurt bilan biriksa kerak. 
Bu  hulosaning  hatoligi  ma'lum  bir  vaqt  utgandan  keyin  oltin  ustida  eksperiment 
utkazilganda ma'lum bo'ladi: u kizdirilganda oltingugurt bilan birikmagan. 
Biz  ko'rib  chikkan  hol  birorta  belgining  ayrim  predmetlarda  takrorlanishiga  asoslanib,  u 
belgini mazkur predmetlar mansub bo'lgan sinfga tulaligicha induktiv  yul  bilan kuchirish,  ya'ni 
uni  berilgan  sinf  predmetlarining  barchasiga  hos  umumiy  belgi,  deb  hisoblash  mantiqiy 
zaruriyatdan  iborat  bulishga  da'vo  kila  olmaydi,  degan  fikrga  olib  keladi.  Chunki  belgining  bir 
kancha predmetlarda takrorlanishi oddiy bir moslikdan iborat bo'lishi, ya'ni tasodifiy  harakterga 
ega bo'lishi ham mumkin. 
Demak, tuliksiz indukciya bo'yicha hulosa chiharishga hos hu-susiyatlardan biri asoslardan 
hulosaning mantiqan kelib chikishning kuchsiz bo'lishidir. 
Sanash orqali tuliksiz indukciya yoki ommabop indukciya ob'ektiv asosini insonlarning kup 
yillik  qayotiy  faoliyati,  avloddan  avlodga  utib  kelayotgan  turmush  tajribalari  natijalari  tashkil 
etadi.  Masalan,  yoz  juda  issik  kelganda,  kishda  kattik  sovuk  bo'lishi  mumkinligi, 
kaldirgochlarning uchib ketayotgani havoning soviy boshlaganini bildirishi va shu kabi hulosalar 
insonlarning obi-havoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasidan iborat. 
Kishilarning  kundalik  qayotiy  tajribasiga  asoslangani,  soglom  akl  yuritishga  hos 
hususiyatlarni  o'zida  mujassamlantirgani  uchun  ham  hulosa  chiharishning  bu  usulini  ommabop 
indukciya deb atashadi. 
Ommabop  indukciyaning  muhim  hislatlaridan  biri  kuzatilayotgan  hollarga  zid  bo'lgan 
holning  yukligiga  ishonch  hosil  qilishdir.  Ya'ni,  bunda  birorta  belgining  berilgan  sinf 
predmetlarining bir nechtasida takrorlanishini qayd etish bilan cheklanmasdan, ularga zid bo'lgan 
holning  yukligi  ham  aniklanadi.  Bu,  odatda  ommabop  indukciya  asosida  kat'iy  hulosaga 
kelishdan oldin «Shoshmay turchi, kani, yana bir tekshirib ko'raylik!», degan fikrga suyanib ish 
qilishga  undaydi,  «Еtti  ulchab,  bir  kesish»ga  chakiradi.  Ana  shuning  uchun  ham  ommabop 
indukciyani halk donishmandligining namoyon bo'lishi turlaridan biri, deb aytish mumkin. 

Shuni aytish kerakki, ommabop indukciyaning hulosasi bilish sub'ekti uchun kulay faktlarni 
sanab kursatishga asoslanganligi bois, ehtimoliy, tahminiy fikr bulishdan yuqoriga uta olmaydi. 
U  kushimcha  tekshirishlar  utkazishni,  mavjud  holatlar  va  hollarda  predmet  tabiatining 
uzgarishini aniqlashtirishni taqozo etadi. Chunki kulay hollarni, faktlarni sanab kursatish dastlabi 
induktiv umumlashmalar hosil qilishning zaruriy sharti bo'lsa-da,  uz holicha etarli emas. 
 
Shunday qilib, ommabop indukciya bo'yicha olinadigan hulosa ehtimoliy harakterga ega 
bo'ladi. Uning chinlik darajasini oshirish uchun  kator metodologik talablarga rioya etish zarur, 
ana shundagina u to'qri muqokama yuritishning samarali vositasiga aylanadi. 
Ilmiy  indukciya  ehtimoliy  hulosa  chiharishning  shunday  turiki,  uning  asoslarida  birorta 
belgining  bir  sinfga  mansub  predmetlarning  bir  kanchasida  takrorlanishi  qayd  etilishi  bilan  bir 
katorda,  u  belgining  sababiy  aloqasi  qaqida  ham  ma'lumot  mujassamlashgan  bo'ladi  va  ular 
hulosada  berilgan  predmetlar  sinfiga  nisbatan  hosil  qilingan  fikrda  uz  aksini  topadi.  Ommabop 
indukciyadan  farqli  ularok,  ilmiy  indukciyada  bir  sinfga  mansub  predmetlarda  takrorlanuvchi 
belgi  shunchaki  qayd  etilib  kolmasdan,  balki  u  qaqida  tularok  ma'lumotga  ega  bulish,  uning 
mavjud  bo'lishi  sababini  aniqlash  uchun  predmetning  boshqa  belgilari  bilan  bo'lgan  aloqalari, 
hususan, sababiy boqlanishlari urganiladi. Ana shuning uchun ham, ya'ni hodisalarning sababini 
aniqlashga,  ularni  ifoda  etuvchi  qonunlarni  ochishga  karatilgani  uchun  ham  tuliksiz 
indukciyaning bu turini ilmiy indukciya deb atashadi. 
Ma'lumki,  ilmiy  bilish,  fanning  bosh  maqsadi  urganilayotgan  ob'ektni  harakterlaydigan 
qonunlarni ochish orqali uning (ob'ektning) tabiatini, moqiyatini tushuntirishidan iborat. Bu esa, 
birinchi navbatda, hodisaning (yoki uning belgisining) mavjud bulish sababini aniqlashni taqozo 
etadi. 
Shuni  aytish  kerakki,  sababiy  aloqadorlik  hodisalar  o'rtasidagi  umumiy  boqlanishlarning 
boshqa  turlari  (masalan,  strukturaviy,  funkcional,  genetik  boqlanishlar)  kabi  hodisalarning 
tabiatini  belgilaydi.  Ana  shuning  uchun  ham  sababiy  aloqadorlikni  o'rganish  hodisalarning 
moqiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan kurish, yangiliklar yaratish imkonini beradi. 
Ilmiy indukciya metodlari 
O'hshashlik metodi. Unda urganilayotgan hodisaning sababi qaqidagi hulosa shu hodisaning 
bir kancha kuzatilayotgan hollarini solishtirish, ularning o'hshash tomonini aniqlash asosida hosil 
qilinadi.  Masalan,  kimyoviy  tarkibi,  zichligi,  oqirligi,  kattaligi  turlicha  bo'lgan  mayatniklar 
uzunligi  bir  hil  sterjenlarga-ilgaklarga  ilintirilib,  harakatga  kelti-rilganda,  bir  hil  tebranish 
davriga  ega  bo'lgan.  Bunda  hodisaning  vujudga  kelishi  kuzatilayotgan  barcha  hollarida  undan 
avval  kelayotgan  holatlarning  faqat  bittasigina  takrorlanadi.  Ana  shunga  tayanib,  mazkur 
takrorlanuvchi  holat  kuzatilayotgan  hodisaning  vujudga  kelishining  sababi  bo'lsa  kerak,  de-gan 
tarzda ehtimoliy hulosa chikariladi. 
Tafovut metodi. Bu metod faqat ikkita hol-hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini 
taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo'lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat 
bitta holat bilan farq qiladi: birida u yuk, ikkinchisida - bor va faqat ana shu holat bor qoldagina 
hodisa  yuzaga  keladi.  Ana  shuning  uchun  ham  mazkur  holat  kuzatilayotgan  hodisaning  sababi 
bo'lsa kerak, deb tahmin qilinadi, ya'ni ehtimoliy hulosa hosil qilinadi. Ehtimol, V holat d hodisa 
sababidir. 
Tafovut  metodidan  bilishning  turli  hil  sohalarida  keng  foydalaniladi.  Masalan,  yahshi 
ishlayotgan  va  yahshi  ishlamaetgan  korhonalar  solishtirilib,  korhonaning  yahshi  ishlamasligi 
sababi  aniklanadi.  Medicinada  esa  ikkita  hayvonlar  guruhi  -eksperiment  utkazilayotgan  va 
nazorat kiluvchi guruhlar kiyos kilinib, eksperiment utkazilayotgan gurhda sinalgan preparatning 
samaradorlik darajasi aniklanishi mumkin. Bunda har ikkala guruh bir hil sharoitda saklanib (A, 
S,  D),  eksperiment  davomida  bittasiga  V  holati  kushiladi.  Bu  esa  avvalgi  qolda  yuk  bo'lgan  d 
hodisasining  vujudga  kelishiga  sababchi  bo'ladi.  Ana  shunga  asoslanib,  «V  holati  d  hodisasi 
sababi bo'lishi mumkin» degan hulosaga kelinadi. 
Yuldosh  uzgarishlar  metodi.  Bu  metod  hodisadan  avval  kelayotgan  holatlardan  birining 
uzgarishi,  kolgan  holatlar  uzgarmasdan  kolganda,  hodisaning  uzgarishiga  olib  kelishi 
kuzatiladigan sharoitlarda qo'llaniladi. 

Yuldosh uzgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning uzgarishi hodisaning uzgarishiga ham 
olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa uzgarishining sababidir. 
Yuldosh uzgarishlar metodi yordamida juda kup qonunlar, shu jumladan, fizikadagi gazning 
harorati  bilan  uning  zichligi,  tortishish  kuchi  bilan  masofa,  iktisodiyotdagi  talab  va  taklif 
o'rtasidagi boqlanishlar va shu kabilar urganiladi. 
Hodisadan avval  kelayotgan holatlarni  A, V.Slar bilan, bu holatlarning uzgarishi  darajasini 
1,2,...,  p  bilan,  hodisani  d  bilan  belgilasak,  yuldosh  uzgarishlar  metodida  muqokama 
jarayonining quyidagi shema bo'yicha-amalga oshishini ko'ramiz: 
Ehtimol, s holat d hodisa sababidir. 
Koldiklar  metodi.  Bu  metod  o'rganish  ob'ekti  murakkab  hodisadan  iborat  bo'lib,  bittasidan 
boshqa  kismlarning  sabablari  anik  bo'lganda,  anna  shu  kolgan  kismni  vujudga  keltiruvchi 
sababni topish maqsadida qo'llaniladi. 
Ehtimol, S holat z ning sababidir. 
 
Koldiklar  metodini  kullash  natijasida  geliy,  rubidiy  kabi  himiyaviy  elementlar,  Neptun 
planetasi topilgan va boshqa turli sohaga oid kup hodisalar aniklangan. 
Demak,  koldiklar  metodi  moqiyatini  shunday  ifodalash  mumkin:  agar  urganilayotgan 
murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisaning kismining) bitta holatdan boshqa 
holatlar  bilan  aloqasi  zaruriy  harakterga  ega  bulmasa,  ana  shu  koldik  holat  mazkur  hodisaning 
(hodisa kismining) sababi bo'lishi mumkin. 
Ilmiy  indukciyaning  boshqa  metodlari  singari,  koldiklar  metodi  ham  ehtimoliy  bilim  olish 
vositasi  hisoblanadi.  Chikarilayotgan  hulosaning  chin  bulish  ehtimoli,  birinchidan,  hodisadan 
avval  kelib,  unga  ta'sir  utkazayotgan  holatlar  qaqidagi  bilimning  kay  darajada  bo'lishi, 
ikkinchidan,  har  bir  holat  bilan  vujudga  kelayotgan  murakkab  hodisa  o'rtasidagi  aloqadorlik 
zaruriy  harakterga  ega  ekanligiga  anik  ishoch  hosil  qilish,  uchinchidan,  konkret  har  bir  holat 
bilan  u  sababi  bo'lib  hisoblanayotgan  hodisa  kismi  o'rtasidagi  aloqadorlikning  ta'sodifiy 
emasligini aniqlash va shu kabi omillarni hisobga olgan qolda ortadi. 
Shunday qilib, sababiy aloqadorlikni aniqlashning biz ko'rib chikkan induktiv metodlari uz 
mantiqiy strukturasiga ko'ra etarli darajadagi murakkab muqokama yuritish usullari bo'lib, ularda 
induktiv  umumlashtirish  deduktiv  hulosa  chiharish  ishtirokida  amalga  oshadi.  Hususai, 
dedukciya tasodifiy holatlarni muqokama jarayonidan chiharib tashlash (eliminaciya qilish) yuli 
bilan  (ayiruvchi-kat'iy  sillogizmning  tollendo  ponens  modusi  asosida)  induktiv  umumlashtirish 
yunalishini  belgilashga,  uning  hulosasining  asoslanganlik,  ishochlilik  darajasining  ortishiga 
hizmat qiladi. 
Analogiya  (grek.  -  moslik,  o'hshashlik)  bavosita  hulosa  chiharishning  bir  turidir.  Deduktiv 
hulosa  chiharishda  fikr  umumiylikdan  hususiylikka  harab,  indukciyada  hususiylikdan 
umumiylikka  harab  harakatlansa,  analogiyada  esa  bir  hususiy  holatdan  boshqa  hususiy  holatga 
harab harakatlanadi. 
Analogiyada  predmetlarning  o'hshash  hossalariga  asoslanib  hulosa  chikariladi.  Tabiat  va 
jamiyatda  ob'ektiv  turli-tumanlik  bilan  bir  katorda,  ob'ektiv  o'hshashlik  ham  mavjuddir.  Ular 
inson  ongida  uz  ifodasini  topadi.  Ob'ektiv  reallikning  turli  sohalariga  oid  qonun  va  qoidalar 
tuzilishi  jihatidan  o'hshash  bo'lsa,  ular  aks  ettirgan  vokealikdagi  turli  narsa  va  hodisalar  ham 
ma'lum ma'noda o'hshash bo'ladi. 
Analogiya  bo'yicha  hulosa  chiharish  ob'ektiv  reallikning  cheksiz  ko'rinishlari  hamda  unda 
mavjud  bo'lgan  turli  sistemalarning  hossalari,  munosabatlari,  strukturalaridagi  o'hshashliklarga 
asoslanadi.  Masalan,  sayyoralar,  davlatlar,  ijtimoiy  tuzumlar  moqiyatida  o'hshashlik  bor. 
Bilishda muhim va nomuhim hossalar o'hshashligi asosida analogiya bo'yicha hulosa chikariladi. 
Analogiya  vositasida  bir  predmetdan  (modeddan)  boshqa  predmetga  (prototipga)  ahborot 
utkaziladi.  Hulosa  asoslari  modelga,  hulosa  prototipga  taalluqli  bo'ladi.  Masalan,  kadimgi 
greklarning  «Dedal  va  Ikar»  afsonasida  aytilishicha,  ota  va  bola  kullikdan  ozod  bulish  uchun 
uzlariga kanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda hulosa chiharish quyidagi ko'rinishda bo'ladi: 
Kush tirik mavjudot, uning kanoti bor, u uchadi. 
Inson ham tirik mavjudot uning kanoti yuk, u uchmaydi. 

Insonning ham kanoti bo'lsa, u, ehtimol uchadi. 
Analogiya bo'yicha hulosa chiharish boshqa hulosa chiharishlar kabi asoslardan, hulosadan 
va  asoslar  hamda  hulosa  o'rtasidagi  mantiqiy  aloqadan  iboratdir.  Uning  hulosasi  ehtimoliy 
shaklda bo'lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Anik asoslardan ba'zan anik, ba'zan ehtimoliy 
hulosa chikadi. 
Analogiya  uzining  ob'ektiv  asosiga  ega.  Bular  predmetlar,  ularning  hossalari  o'rtasidagi 
aloqalar va munosabatlardir.  
Modeldan  prototipga  utkazilayotgan  ahborotning  tabiatiga  ko'ra  analogiyaning  ikki  turi 
farqlanadi: hususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi. 
Hususiyatlar  analogiyasida  ikki  yakka  predmet  yoki  bir  turdagi  ikki  predmetlar  sinfi 
o'hshash  belgilariga  ko'ra  o'zaro  taqqoslanadi.  O'hshash  belgilarga  asoslanib,  birida  mavjud 
bo'lgan belgining boshqasida ham bo'lishi mumkinligi qaqida hulosa chikarildi. Uhshatilayotgan 
predmetlarni  A  va  V  harflari  bilan,  belgilarni  a,  v,  s,  harflari  bilan  ifoda  qilsak,  hususiyatlar 
analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
A predmeti a, v, s, d belgilarga ega  
V predmeti a. v. s belgilarga ega  
Ehtimol, V predmeti d belgiga egadir. 
Bu  formula  analogiya  bo'yicha  hulosa  chiharishning  tipik  shemasidir.  Unda  bir  predmet 
qaqidagi  bilim  shunga  o'hshash  boshqa  predmet  qaqidagi  bilimdan  hulosa  shaklida  keltirib 
chikariladi. 
Munosabatlar analogiyasida ikki  yakka predmet, yoki bir turdagi   ikki   predmetlar   sinfi   
o'rtasidagi      munosabatlarning  o'hshashligiga  asoslaniladi.  Ikki  turdagi  (a  R  d)      va  (m  Rj  n) 
munosabatlarni  taqqoslasak,  a-m  ga,  d-n  ga  o'hshash  emas,  lekin  ular  o'rtasidagi  r-r! 
munosabatlarning o'hshashligi bizga hulosa chiharish   imkonini   beradi 
Analogiyani  turlarga  ajratganda  hulosaning  aniklik  darajasiga  ham  e'tibor  beriladi.  Shu 
jihatdan analogiyani  kat'iy (anik,  kat'iy bo'lmagan noanik  va hato  analogiyaga ajratamiz. Kat'iy 
analogiyaning  o'ziga  hos  hususiyati  shundaki,  kuchiralayotgan  va  uhshatilayotgan  belgilar 
o'rtasidagi  aloqa  zaruriy  bo'ladi.  Anik  fanlarda,  modellashtirishda  fikr  kat'iy  analogiya  shaklida 
yuritiladi. 
Analogiya  modellashtirish  metodining  mantkiy  asosini  tashkil  etadi.  Modellashtirishda 
(konkret  yoki  abstrakt)  ob'ektlar  modellarda,  ya'ni  shartli  obrazlar,  shemalar,  ob'ektning 
kichraytirilgan nushalarida tadkik etiladi. 
Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish