O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta`limi vazirligi


- mavzu. Mantiq ilmining predmeti, ahamiyati. Formal mantiqning asosiy qonunlari



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana30.11.2019
Hajmi1,68 Mb.
#27823
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Falsafa,mantiq

 
1- mavzu. Mantiq ilmining predmeti, ahamiyati. Formal mantiqning asosiy qonunlari. 
(2-soat) 
Reja: 
1. Mantiq ilmining tadqiqot ob'ekti. 
2. Tafakkurning asosiy shakllari. 
3. Formal mantiqning asosiy qonunlari. 
1-masala.  «Mantiq»  arabcha  so'z  bo'lib,  ma'nosi  bo'yicha  «logika»  so'ziga  muvofiq  keladi. 
«Logika»  atamasi  esa,  grekcha  «logos»  so'zidan  kslib  chikkan  bo'lib,  «fikr»,  «so'z»,  «aql», 
«qonuniyat»  kabi  ma'nolarga  ega.  Uning  ko'p  maьnoligi  turli  hil  narsalarni  ifoda  qilishida  uz 
aksini  topadi.  Hususan,  mantiq  so'zi,  birinchidan,  ob'ektiv  olam  qonuniyatlarini  (masalan, 
«ob'ektiv mantiq», «narsalar mantiqi» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakko'rning manjud bulish 
shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o'rtasidagi aloqadorlikni qarakterlaydigan qonun-
qoidalar  yigindisini  (masalan  «subьektiv  mantiq»  iborasida),  va  nihoyat,  uchinchidan,  tafakkur 
shakllari va qonunlarini o'rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi. 
Mantiq  ilmining  o'rganish  ob'ektini  tafakkur  tashkil  etadi.  «Tafakkur»  arabcha  so'z  bo'lib, 
o'zbek  tilidagi  «fikrlash»,  «aqliy  bilish»  so'zlarining  sinonimi  sifatida  qo'llaniladi.  Tafakkur 
bilishning  yuqori  bosqichidir.  Uning  moqiyatini  yahshirok  tushunish  uchun  bilish  jarayonida 
tutgan o'rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo'lgan munosabatini aniqlab olish zarur. 
Bilish  voqelikning,  shu  jumladan,  ong  hodisalarining  inson  miyasida  sub'ektiv,  ideal 
obrazlar shaklida aks etishidan iborat.  Bilish jarayonining asosini va ohirgi maqsadini amaliyot 
tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning  qayotiy faoliyati bilan u  yoki bu darajada boqliq 
bo'lgan,  uning  ma'lum  bir  eqtiyojini  kondirishi  mumkin  bo'lgan  narsalarni  tushunib  etishga 
bo'ysundirilgan bo'ladi.  Bilish  jarayonini  amalga oshirar  ekan, kishilar uz oldilariga ma'lum bir 
maqsadlarni  kuyadilar.  Ular  urganilishi  lozim  bo'lgan  predmetlar  doirasi,  tadqiqot  yunalishi, 
shakllari va metodlarini belgilab beradi. 
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli hil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. 
Uning  dastlabki  bosqichini  hissiy  bilish  -  insonning  sezgi  organlari  yordamida  bilish  tashkil 
etadi.  Bu  bosqichda  predmet  va  hodisalarning  tashqi  hususiyatlari  va  munosabatlari,  ya'ni 
ularning  tashqi  tomonida  bevosita  namoyon  bo'ladigan  va  shuning  uchun  ham  inson  bevosita 
seza oladigan belgilari qaqida ma'lumotlar olinadi. 
Hissiy  bilish  3  ta  shaklda:  sezgi,  idrok  va  tasavvur  shaklida  amalga  oshadi.  Sezgi 
predmetning birorta tashqi hususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta'mini) aks ettiruvchi yaqqol 
obrazdir.  Idrok  predmetning  yahlit  yaqqol  obrazi  bo'lib,  u  mazkur  predmet  qaqidagi  turli  hil 
sezgilarni  sintez  qilish  natijasida  hosil  bo'ladi.  Aloqida  olingan  sezgilardan  farqli  ularok,  idrok 
berilgan predmetni boshqa predmetlardan (masalan olmani  behidan, nokdan va shu  kabilardan) 
farq  qilish  imkonini  beradi.  Tasavvur  esa  avval  idrok  etilgan  predmetning  obrazini  ma'lum  bir 
signallar  (berilgan  predmet  bilan  ma'lum  bir  umumiylikka  ega  bo'lgan)  ta'sirida  miyada  qayta 
hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat hissiy bilish 
shaklidir.  Masalan,  taniishngizga  uhshagan  kishini  uchratganda  tanishingizni  eslaysiz,  yoki 
ko'rmoqchi bo'lgan imoratingizni mavjud imoratlar obrazlari yordamida yaqqol his qilasiz. 
Hissiy bilishning barcha shakllariga hos bo'lgan hususiyatlari katoriga quyidagilar kiradi: 
Birinchidan,  hissiy  bilish  ob'ektning  (predmetning  yoki  uning  birorta  hususiyatining) 
sub'ektga  (individga,  to'qrirogi,  uning  sezgi  organlariga)  bevosita  ta'sir  etishini  taqozo  etadi. 
Tasavvur  ham  bundan  istisno  emas.  Unda  obrazi  qayta  hosil  etilayotgan  (yoki  yaratilayotgan) 
predmet emas, u bilan boqliq bo'lgan boshqa predmet-signal ta'sir etadi. 

Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari predmetning tashqi hususiyatlari va munosabatlarini aks 
ettiradi. 
Uchinchidan, hissiy obraz predmetning yaqqol obrazidan iborat. 
Turtinchidan,  hissiy  bilish,  konkret  individlar  tomonidan  amalga  oshirilganligi  uchun  ham, 
qar  bir  aloqida  qolda  konkret  insonning  sezish  kobiliyati  bilan  boqliq  tarzda  o'ziga  hos 
hususiyatga ega bo'ladi. 
Beshinchidan, hissiy bilish bilishining dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish 
mavjud bula olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan uzining sezgi organlari orqali boqlangan. 
Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma'lumotlarga tayanadi. 
Bundan  kelib  chikadigan  hulosa  shuki,  hissiy  bilish  tafakkur  bilan  uzviy  boqliq.  Hususan, 
nazariy bilimlarning chinligi ohir-okibatda empirik talkin qilish yuli bilan, ya'ni tajribada bunday 
bilimlarning ob'ektini qayd etish orqali asoslanadi. O'z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, 
akl tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo'naltiriladi, ijodiy 
fantaziya  elementlari  bilan  boyitiladi.  Masalan,  guvohlarning  bergan  kursatmalari  asosida 
jinoyatchining portreti yaratiladi, yaqqol his qilinadi va kidiriladi. 
Lekin,  shunga  qaramasdan hissiy bilish  uz imkoniyatlari, chegarasiga ega. U bizga aloqida 
olingan predmetlar (yoki predmetlar tuplami), ularning tashqi  belgilari  qaqida ma'lumot  beradi. 
Unda mavjud predmetlar o'rtasidagi aloqadorlik (masalan muz bilan havoning qarorati o'rtasidagi 
boqlanish) urganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va 
tasodifiy hususiyatlari farq qilinmaydi. 
Bundan  tashkari,  ba'zi  hollarda  hissiyotimiz  bizni  aldab  kuyadi.  Masalan,  uzoqdan  sizga 
qarab  yurib kelayotgan kishini tanishingizga o'hshatasiz, lekin yaqinroq kelganda uning boshqa 
kishi  ekanligi  ma'lum  bo'ladi.  Boshqa  bir  misol.  Endi  tanishgan  kishingiz  qaqidagi  dastlabki 
taassurot (bu asosan uning tashqi tamonidan ko'rinishiga qarab hosil qilinadi), u bilan mulokotda 
bo'lgandan  keyin  uzgaradi.  Mana  shu  urinda  «Kiyimiga  qarab  kutib  olishadi,  aqliga  qarab 
kuzatishadi»  degan  maqolning  hissiy  bilish  bilan  akl  o'rtasidagi  o'zaro  munosabatni,  farqni 
yahshi  ifoda  qilishini  ta'kidlash  lozim.  YUqorida  qayd  etib  o'tilgan  holatlar  bilishda  tafakkurga 
bo'lgan eqtiyojni, uning moqiyatini, bilishda tutgan o'rnini chukur anglashga yordam beradi. 
Predmet  va  hodisalarning  moqiyatini  tushunishga  tafakkur  yordamida  erishiladi.  Tafakkur 
bilishning  yuqori-racional  (lotincha  ratio-akl)  bilish  bosqichi  bo'lib,  unda  predmet  va 
hodisalarning  umumiy,  muhim  hususiyatlari  aniklanadi,  ular  o'rtasidagi  ichki,  zaruriy  aloqalar, 
ya'ni qonuniy boqlanishlar aks ettiriladi.Tafakkur quyidagi asosiy hususiyatlarga ega: 
1)  Unda  voqelik  abstraktlashgan  va  umumlashgan  qolda  in'ikos  qilinadi.  Hissiy  bilishdan 
farqli  ularok.,  tafakkur  bizga  predmetning  nomuhim,  ikkinchi  darajali  (bu  odatda  bilish  oldida 
turgan 
vazifa 
bilan 
belgilanadi) 
belgilaridan 
abstraklashgan 
(fikran 
chetlashgan, 
mavhumlashgan)  qolda,  e'tiborimizni  uning  umumiy,  muhim,  takrorlanib  turuvchi 
hususiyatlariga  va  munosabatlariga  karatishimizga  imkon  beradi.  Hususan,  turli  kishilarga  hos 
nndividual  belgilarni  (hulk-atvor,  temperament,  kizikish  va  shu  kabilardagi)  e'tibordan  chetda 
qoldirgan  qolda,  ular  uchun  umumiy,  muhim  belgilarni,  masalan,  maqsadga  muvofiq.  qolda 
mehnat  qilish,  ongga  ega  bulish,  ijtimoiy  munosabatlarga  kirishish  kabi  hislatlarni  ajratib  olib, 
«inson»tushunchasini  hosil  qilish  mumkin.  2)  Tafakkur  borliqni  bilvosita  aks  ettnradi.  Unda 
yangi bilimlar tajribaga qar safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan qolda 
hosil  qilinadi.  Fikrlash  bunda  predmet  va  hodisalar  o'rtasidagi  aloqadorlikka  asoslanadi.  3) 
Tafakkur  insonning  ijodiy  faoliyatidan  iborat.  Unda  bilish  jarayoni  borliqda  real  analogiga  ega 
bo'lmagan  narsalar-yuqori  darajada  ideallashgan  ob'ektlarii  (masalan  absolyut  kattik  jism,  ideal 
gaz  kabi  tushunchalar)  ni  yaratish,  turli  hil  formal  sistemalarni  kurish  bilan  kechadi.Ular 
yordamida  predmet  va  hodisalarning  eng  murakkab  hususiyatlarini  o'rganish,  hodisalarni  
oldindan  kurish,   bashoratlar  qilish imkoniyati vujudga keladi. 
4)  Tafakkur  til  bilan  uzviy  aloqada  mavjud.  Fikr  ideal  hodisadir.U  faqat  tilda-moddiy 
hodisada (tovush tulkinlarida, grafik chiziklarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita kabul kila 
oladigan,  his  etadigan  shaklga  kiradi  va  odamlarning  o'zaro  fikr  almashish  vositasiga  aylanadi. 
Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo'lish shaklidir. 

 
2. masala. Tafakkurning asosiy shakllari. 
 
Tafakkur uch hil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va hulosa chiqarish shaklida mavjud. 
Tafakkur  shakli  fikrning  mazmunini  tashkil  etuvchi  elementlarning  boqlanish  usuli,  uning 
strukturasi  (tuzilishi)  dir.  Fikrlash  elementlari  deganda,  predmetning  fikrda  ifoda  qilingan 
belgilari  qaqidagi  ahborotlar  tushuniladi.  Tafakkur  shaklining  tabiatini  konkret  misollar 
yordamida ko'rib chihamiz. 
Ma'lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to'plami) kishilar tafakkurida turli hil mazmunga 
ega bo'lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan,  «davlat»  tushunchasida uzining maydoniga, 
aholisiga,  boshqaruv  vositalariga  ega  bo'lgan  siyosiy  tashkilot  aks  ettiriladi.  «Ilmiy  nazariya» 
tushunchasida  esa,  predmetlarning  birorta  soqasiga  oid  bo'lgan  va  ular  qaqida  yahlit  tasavvur 
beradigan, ma'lum bir metod yordamida kurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun 
jiqatdan  turli  hil  bo'lgan  bu  tushunchalar  mantiqiy  shakliga  ko'ra  bir  hildir:  qar  ikkalasida 
predmet  uning  muhim  belgilari  orqali  fikr  qilingan.  «uz  maydoniga  egaligi»,  «aholisining 
mavjudligi»,  «boshqaruv  vositalariga  egaligi»,  «siyosiy  tashkilotdan  iboratligi»  davlatning 
muhim  hususyatlari  hisoblanadi.  Huddi  shuningdek,  «predmetlarning  birorta  soqasiga 
aloqadorligi»,  «predmet  qaqida  yahlit  tasavvur  hosil  qilishga  imkoniyat  berishi»,  «ma'lum  bir 
metod  yordamida  kurilishi»,  «tushunchalar  sistemasi  shaklida  bo'lishi»  ilmiy  nazariyaning 
muhim  belgilari  hisoblanadi.  Agar  tushuncha  aks  ettirayotgan  predmetni  A  bilan,  unda  fikr 
qilinayotgan  muhim  belgilarni,  ya'ni  fikrlash  elementlarini  a,  v,  s,...,  p  bilan  belgilasak, 
tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., p) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. 
hukmlarda  predmet  bilan  uning  hossasi,  predmetlar  o'rtasidagi  munosabatlar,  predmetning 
mavjud  bulish  yoki  bulmaslik  fakti  qaqidagi  fikrlar  tasdiq  yoki  inkor  shaklda  ifoda  etiladi. 
Masalan  «Temir-metall»  degan  hukmda  predmet  (temir)  bilan  uning  hossasi  (metall  ekanligi) 
o'rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Ahloq hukukdan ilgari paydo bo'lgan» degan hukmda ikkita 
predmet (ahloq va hukuk) o'rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jiqatdan turli hil bo'lgan 
bu  hukmlar  tuzilishiga  ko'ra  bir  hildir:  ularda  predmet  qaqidagi  tushuncha  (S)  bilan  predmet 
belgisi  qaqidagi  tushuncha  (R)  o'rtasidagi  munosabat  kayl  etilgan,  ya'ni  R  ning  Sga  hosligi 
tasdiqlangan.  Umumiy  qolda  hukmning  mantiqiy  strukturasini  (shaklini)  S-P  formulasi 
yordamida ifoda etish mumkin. 
Hulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o'hshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan, 
       Daraht - o'simlik  
        Terak - daraht 
       Terak - o'simlik  
va 
     qar bir himyaviy element uz atom oqirligiga ega 
     Mis - himiyaviy element 
     Mis uz atom oqirligiga ega 
hulosa  chiqarish  ko'rinishlari  mazmuni  bo'yicha  turlicha  bo'lishiga  qaramasdan,  bir  hil 
mantiqiy  strukturaga  ega.  qar  ikkalasida  hulosani  tashkil  etuvchi  tushunchalar  hulosa  chiqarish 
uchun  asos  bo'lib  hizmat  qilayotgan  hukmlarda  uchinchi  bir  tushuncha  (birinchi  misolda-
«daraht», ikkinchi misolda - «himiyaviy element» tushunchasi) orqali boqlangan. 
YUqoridagi  keltirilgan  misollardan  tafakkur  shaklining  fikrning  konkret  mazmunidan 
nisbatan  mustaqil  qolda  mavjud  bo'lishi  va,  demak,  o'ziga  hos  qonuniyatlarga  egaligi  ma'lum 
buldi. Shuning uchun ham mantiqda uni aloqida o'rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin. 
Tushuncha,  hukm  (mulohaza)  va  hulosa  chiqarish  tafakko'rning  universal  shakllari,  uning 
asosiy  strukturaviy  elementlari  hisoblanadi.  Muqokama  yuritish  ana  shular  va  ularning  o'zaro 
aloqalarga  kirishishi  natijasida  vujudga  keladigan  boshqa  mantiqiy  strukturalar  (masalan,  
muammo,  gipoteza,  nazariya, qoya argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi. 
Muqokama  yuritishda  ishonchli  natijalarga  erishishning  zaruriy  shartlari  katoriga  fikrning 
chin  bo'lishi  va  formal  jiqatdan  to'qri  kurilishi  kiradi.  Chin  fikr  deb,  uzi  ifoda  qilayotgan 

predmetga  muvofiq  keluvchi  fikr  hisoblanadi  (Masalan,  «Temir-metall»).  Hato  fikr  predmetga 
mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning chin yoki hato bo'lishi uning 
mazmuniga tegishli hususiyatlaridir. 
Fikrning  chin  bo'lishi  mantiqiy  fikr  yuritishning  zaruriy  sharti  bo'lsada,  o'z  holicha  etarli 
emas. Fikr muqokama yuritish jarayonida formal jiqatdan to'qri kurilgan ham bo'lishi kerak. Bu 
hususiyat  fikrning  shakliga  taalluqli  bo'lib,  tafakkurda  hosil  bo'ladigan  turli  hil  mantiqiy 
strukturalarda, sodir bo'ladigan qar hil mantiqiy amallarda o'z aksini topadi. 
 Tafakkur  kup  kirrali  jarayon  bo'lib,  uni  turli  hil  tomonidan,  hususan,  mazmuni  va  shakli 
(strukturasi) bo'yicha, tayyor holida yoki kelib chikishi va taraqqiyotida olib o'rganish mumkin. 
Bularning  barchasi  mantiq  ilmining  vazifasini  tashkil  etadi,  uning  turlicha  metodlardan 
foydalanishiga, qar hil yunalishlarga ajralishiga sabab bo'ladi. 
Keng ma'noda mantkni tafakkur shakllari va qonunlarini o'rganuvchi fan deb atash mumkin. 
Hozirgi  paytda  uning  formal  mantiq,  dialektik  mantiq  va  matematik  mantiq  kabi  yunalishlarini 
farq  qilish  mumkin.  Formal  mantiq,  tafakko'rning  strukturasini  fikrning  konkret  mazmuni  va 
taraqqiyotidan  chetlashgan  qolda,  nisbatan  mustaqil  ravishda  olib  urganadi.  Uning  dikkat 
markazida muqokamani to'qri kurish bilan boqliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. 
Formal  mantiqga to'qri tafakkur shakllari va  qonunlarini o'rganuvchi  falsafiy fan, deb ta'rif 
berish mumkin. 
Dialektik  mantiq,  formal  mantiqdan  farqli  ularok,  tafakko'rni  uning  mazmuni  va  shakli 
birligida  hamda  taraqqiyotida  olib  urganadi.  Matematik  mantiq  esa  tafakko'rni  matematik 
metodlar yordamida tadkik etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yunalishlaridan biri 
bo'lib,  tafakko'rni  mantiqiy  hisoblash  deb  ataladigan  yuqori  darajada  abstraktlashgan  va 
formallashgan sistemada tahlil qiladi. 
Biz  urganadigan  fan  formal  mantiq  bo'lib,  u  hozirgi  paytda  uzining  mahsus  formallashgan 
tiliga, to'qri muqokama  yuritish  uchun  zarur  bo'lgan  samarali  mantiqiy  metodlari  va  usullariga, 
konceptual vositalariga ega. Tafakko'rni o'rganuvchi boshqa fanlar, hususan falsafa, psihologiya, 
fiziologiya bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy bilimlar sistemasida uzining munosib o'rniga ega. 
Ayniksa, uning bilish metodi sifatidagi ahamiyati katta. 
 Tafakkur  shakllari  va  qonunlarini  o'rganish,  ulardan  ongli  ravishda  foydalanish  fikrlash 
madaniyatini  ustiradi,  hususan,  fikrni  to'qri  kurish  malakasini  rivojlantiradi;  bahs  yuritishda 
uzining  va  boshqalarning  fikriga  tankidiy  munosabatda  bo'lishiga,  suhbatdoshining 
mulohazalaridagi hatolarni ochib tashlashga yordam beradi. Muqokamani to'qri kurishga, formal 
ziddiyatlar, hatolarga yul kuymaslikka erishish, aytish mumkinki, o'ziga hos san'at-mantiq san'ati 
hisoblanadi.  Bu  san'atning  nazariy  asoslarini  chukur  egallagan  kishigina  uning  imkoniyatlarini 
amaliy  muqokama  yuritishda  namoyish  kila  oladi.  Uning  ta'lim  sohasidagi  vazifalari  ham 
jiddiydir. Ukuv jarayonining samaradorligi ma'lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, 
terminlarning  anik  bo'lishiga,  muammolarning  mantiqan  to'qri  kuyilishi  va  hal  kilinishiga, 
mavjud  gipotezalar  strukturasini  to'qri  tahlil  kila  olishga,  argumentlash  qoidalaridan  to'qri 
foydalanishga boqliq. 
Fan  uchun  formal  mantiq  murakkab  muammolarni  echish  vositasini  beradi.  Bunday 
vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o'rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning 
moqiyatini  tushuntirib  berishda,  formal  ziddiyatlar  bo'lsa,  ularni  aniqlashda  muhim  ahamiyatga 
ega. 
 
3-masala. Olamdagi narsa va hodisalar qarakati o'ziga hos ichki qonunlar asosida yuzaga 
keladi.  Bu  qarakatning  inson  ongidagi  in'ikosi,  ya'ni  tafakkur  jarayoni  ham  o'ziga  hos  ob'ektiv 
qonuniyatlar asosida amalga oshadi. 
Falsafada  qonun  tushunchasi  narsa  va  hodisalarning  muhim  zaruriy,  umumiy,  nisbiy 
barkaror  munosabatlarini  ifodalaydi.  Formal  mantiqda  ilmida  qonun  tushunchasi  fikrlash 
elementlari o'rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi. 
Mantiqiy  tafakkur  ikki  turdagi  qonunlarga  buysunadi.  Ular  dialektika  qonunlari  va 
formallashgan mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari ob'ektiv olam va bilish jarayoniga hos 
bo'lgan  eng  umumiy  qonunlar  bo'lib,  dialektik  mantiq  ilmining  o'rganish  sohasi  hisoblanadi. 

Formallashgan  mantiq  qonunlari  esa,  faqat  tafakkurdagina  amal  qiladi.  Dialektika  qonunlari 
mantiqiy  tafakko'rni  uning  mazmuni  va  shakli  birligida  olib  urgansa,  formal  mantiq  qonunlari 
esa,  fikrning  to'qri  tuzilishini,  uning  anik,  izchil,  ziddiyatsiz  va  asoslangan  bo'lishini  e'tiborga 
olgan qolda urganadi. 
Formal  mantiq  qonunlari  (yoki  tafakkur  qonunlari)  deyilganda  fikrlashga  hos  muhim, 
zururiy boqlanishlar tushuniladi.  Tafakkur  qonunlari  ob'ektiv voqelikning inson miyasida uzoq, 
vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. 
Bu  qonunlar  fikrlashning  to'qri  amalga  oshishini  ta'minlab  turadi.  Ular  tafakkur  shakllari 
bo'lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda hulosa chiqarishning shakllanishi va o'zaro 
aloqalarini ifodalaydi. 
Tafakkur  qonunlari  yuzaki  karaganda  sub'ektiv  qonunlardek  bo'lib  tuyulsa  ham,  aslini 
olganda,  ob'ektiv  mazmunga  egadir.  Bu  qonunlar  hamma  kishilarning  fikr  yuritishida  bir  hil 
amal  kiluvchi  umuminsoniy  qonunlardir.  Ularni  buzish,  almashtirish,  uzgartirish,  yangilash 
mumkin  emas.  Tafakkur  qonunlariga  amal  qilish  to'qri,  tushunarli,  anik  izchil,  ziddiyatsiz, 
asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniklik, izchillik, ziddiyatlardan holi bulish va isbotlilik 
(asoslanganlik) to'qri tafakkurlashning asosiy belgilaridir.  Inson tafakkuriga hos bo'lgan  muhim 
hislatlardan biri  fikrning  anik  bo'lishidir. Ma'lumki,  ob'ektiv voqelikdagi  qar bir buyum,  hodisa 
o'ziga hos belgi va hususiyatlarga ega. Bu belgi va hususiyatlar buyum va hodisalarni bir-biridan 
farqlashga,  ularning  o'ziga  hos  tomonlarini  aniqlashga  yordam  beradi.  Bu  esa,  uz  navbatida, 
buyum  va  hodisalarning  inson,  tafakkurida  anik  aks  etishini,  qar  birfikr,  mulohazaning  anik, 
ravshan  ifodalanishini  ta'minlaydi.  Fikrning  noanikligi  fikrdagi  mantiqning  sayozlashuviga, 
mantiqsizlikka  olib  keladi.  Masalan,  ob'ektiv  va  sub'ektiv  sabab  ,tushunchalarining  moqiyatini 
aniqlab olmasdan birorta hodisaning kelib chikish sabablari to'qrisida anik fikr yuritib bo'lmaydi. 
Shu sababdan fikrdagi aniklik to'qri, tafakkurlashning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. 
Ob'ektiv  voqelikdagi  buyum  va  hodisaning  joylashishi,  o'zaro  munosabati  va  boqlanishida 
muayyan  tartib,  izchillik,  ketma-ketlik  mavjuddir.  Buyum  va  hodisalarning  bu  hususiyatlari 
fikrlash  jarayonining  izchil  amalga  oshishida  uz  ifodasini  topgan.  Tafakkurga  hos  bo'lgan 
izchillik belgisi qar bir fikrning muayyan tartibda o'zaro  boqlangan qolda bayon etilishini talab 
qiladi. Fikrdagi izchillikning buzilishi, fikr ma'nosining uzgarishiga olib keladi va bunday fikrni 
tushunib  olish  kiyinlashadi.  Masalan,  birorta  faylasuf  -  mutafakkirning  umumfalsafiy 
qarashlarini  urganmasdan  turib,  uning  ijtimoiy  yoki  ahloqiy  ta'limotining  moqiyatini  tulik 
tushunib bo'lmaydi. 
Tafakkurga hos bo'lgan belgilardan yana biri fikrlash jarayonning ziddiyatsizlik hususiyatiga 
ega bulishligidir. Bu belgi ham ob'ektiv asosga ega. Ma'lumki, ob'ektiv voqelikda qar bir buyum 
yoki hodisa bir vaqtning o'zida biror sifatiga ko'ra ikki zid belgiga ega bo'lmaydi. Masalan, biror 
buyum  bir  vaqtning  o'zida  ham  bor,  ham  yuk.  bula  olmaydi  yoki  inson  ham  e'tiqodli,  ham 
e'tiqodsiz bula olmaydi. Fikrda mantiqiy ziddiyatlarning mavjud bo'lishi uning noanik, chalkash, 
tushunarsiz bo'lishiga olib keladi. 
Buyum  va  hodisalar  o'rtasidagi  sababiy  boqlanishlar  tafakkurga  hos  bo'lgan  asoslilik 
belgisining  ob'ektiv  negizidir.  Inson  fikr  yuritish  jarayonida  iloji  boricha  chinligi  asoslangan 
mulohazalarni bayon qilishga intiladi. 
Demak mantiq qonunlari deb fikrlar o'rtasidagi shunday aloqaga aytamizki, bunda mantiqiy 
uzgarishlarni  qar  qanday  konkret  fikr  mazmuni  Bilan  kanchalik  almashtirsak  ham  to'qri 
muqokama  hosil  bulaveradi.  Formal  mantiqda  qoida  va  qonunlar  kup.  Biz  bulardan  turttasini 
mantiqning  asosiy  qonuni  deb  ataymiz.  Bular:  ayniyat  qonuni  ,  nozidlik  qonuni,  uchinchisi 
mustasno qonuni,etarli asos qonuni. 
  
Ayniyat qonuni 
Biror buyum yoki hodisa qaqida fikr yuritilganda ularga hos bo'lgan barcha muhim belgilar, 
tomonlar  kamrab  olinadi.  Predmet  qaqidagi  fikr  necha  marta  va  qanday  holatlarda 
takrorlanishiga  qaramasdan  doimiy,  uzgarmas  va  kat'iy  mazmunga  ega  bo'ladi.  Tafakkurga  hos 
bo'lgan bu aniklik hususiyati ayniyat qonunining moqiyatini tashkil etadi. 

Ayniyat qonuniga ko'ra ma'lum bir predmet yoki hodisa qaqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir 
muqokama doirasida ayni  bir vaqtda uz-o'ziga tengdir.  Bu  qonun  formal mantiq, ilmida  «  A-A 
dir» formulasi bilan ifodalanadi. 
Ayniyat  qonunining  asosiy  talabi  quyidagicha:  fikrlash  jarayonida  turli  fikrlarni 
aynanlashtirish va aksincha, o'zaro aynan bo'lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. 
Bu mantiqiy tafakko'rning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni, bilib yoki 
bilmasdan, buzish holatlari uchraydi. Ba'zan, bu holat bir fikrning tilda turli hil ifodalanishi bilan 
boqliq  bo'ladi.  Masalan:  «dialektika  qonunlari»  va  «tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkurining  eng 
umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga ko'ra turlicha bo'lsa  ham mazmunan aynandir. Tilda 
mavjud  bo'lgan  omonim  va  sinonim  so'zlarning  kullanishi  ham  baьzan  turli  fikrlarning  o'zaro 
aynanlashtirilishiga,  ya'ni  noto'qri  muqokamaga  olib  keladi.  Masalan:  falsafiy  nuktai  nazardan 
«sifat» tushunchasi, o'ziga hos mazmunga ega bo'lsa, biror hunarmand tomonidan bu tushuncha, 
boshqa mazmunda (yarokli, foydali) qo'llaniladi. 
Shuningdek  u,  bir  tushunchaga  kasb-hunari,  qayotiy  tajribasi  va  dunyoqarashi  turli  hil 
bo'lgan shahslar tomonidan turli mazmun yuklatilishida ham namoyon bo'ladi. 
Bahs-munozara  jarayonida  qanday  qilib  bo'lsa  ham  rakibni  aldash  va  yutib  chikish 
maqsadida  ayniyat  qonunining  talablarini  ataylab  buzuvchilar  sofistlar  deb  ataladi;  ularning 
ta'limoti esa sofistika deyiladi. 
Shuningdek,  uzbek  halkiga  hos  bo'lgan  askiya  san'atida  ayniyat  qonunlari  ataylab 
buzilishini,  tushunchalarning  uz  ma'nosida  emas,  balki  kuchma  ma'nolarda  kullanilishini 
kuzatish mumkin. Bu o'ziga hos so'z uyini bo'lib, unda  qo'llaniladigan nozik kochirimlar askiya 
aytuvchining mahoratini kursatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo'ladi. 
Demak,  qayotda,  amaliyotda  tushunchaning  turli  ma'nolarda  kullanilishidan  garazli  yoki 
begaraz, yahshi yoki yomon maqsadlar uchun foydalanish mumkinligini ko'ramiz. 
Ayniyat  qonuni  tafakkurga,  uning  barcha  elementlari,  shakllariga  hos  bo'lgan  umumiy 
mantiqiy  qonundir.  Bu  qonunning  talablari  tafakko'rning  qar  bir  shakliga  hos  bo'lgan  konkret 
qoidalarda  anik  ifodalanadi.  Tafakko'rning  tushuncha,  mulohaza  (hukm),  hulosa  chiqarish 
shakllari, ular o'rtasidagi munosabatlar shu qonunga asoslangan qolda amalga oshadi. 
Nozidlik qonuni 
Inson  tafakkuri  anik,  ravshan  bo'libgina  kolmasdan,  ziddiyatsiz  bo'lishi  ham  zarur. 
Zidiyatsizlik  inson  tafakkuriga  hos  bo'lgan  eng  muhim  hislatlardan  biridir.  Ma'lumki,  ob'ektiv 
voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir hil sharoitda biror hususiyatga ham ega bo'lishi, 
ham  ega  bulmasligi  mumkin  emas.  Masalan,  bir  vaqtning  o'zida,  qar  hil  sharoitda  inson  ham 
ahloqli, ham ahloqsiz bo'lishi mumkin emas. U yo ahloqli, yo ahloqsiz bo'ladi. 
Bir  vaqtning  o'zida  bir  predmetga  ikki  zid  hususiyatning  taalluqli  bulmasligi  tafakkurda 
nozidlik  qonuni  sifatida  shakllanib  kolgan.  Bu  qonun  fikrlash  jarayonida  ziddiyatga  yul 
kuymaslikni talab kuyiladi va tafakko'rning ziddiyatsiz hamda izchil bo'lishini ta'minlaydi. 
Nozidlik  qonuni  ayni  bir  predmet  yoki  hodisa  qaqida  aytilgan  ikki  o'zaro  bir-birini  istisno 
kiluvchi  (qarama-qarshiyoki  zid)  fikr  bir  vaqtda  va  bir  hil  nisbatda  birdaniga  chin  bo'lishi 
mumkin emaslngini, Hech bo'lmaganda ulardan biri albatta hato bo'lishini ifodalaydi. Bu qonun 
«A  ham  V,  ham  V  emas  bula  olmaydi»  formulasi  orqali  beriladi.  Nozidlik  qonuni  qarama-
qarshiva  zid  mulohazalarga  nisbatan  qo'llaniladi.  Bunda  qarama-qarshimulohazalarning  qar 
ikkalasi  ham  bir  vaqtda  hato  bo'lishi  mumkin  o'zaro  zid  mulohazalar  esa  bir  vaqtda  hato 
bo'lmaydi,  ulardan  biri  hato  bo'lsa,  ikkinchisi  albatta  chin  bo'ladi.  qarama-qarshimulohazalarda 
esa bunday bo'lmaydi, ya'ni ulardan birining hatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chikmaydi. 
Masalan:  «Aristotelь-mantiq  fanining  asoschisi»  va  «Aristotelь-mantiq  fanining  asoschisi 
emas»-bu  o'zaro  zid  mulohazalardir.  Bu  zid  mulohazalarning  qar  ikkalasi  bir  vaqtda  hato 
bo'lmaydi.  Ulardan  birinchisi  chin  bo'lgani  uchun,  ikkinchisi  hato  bo'ladi.  O'zaro  qarama-
qarshibo'lgan  «Bu  dori  shirin»  va  «Bu  dori  achchiq»  mulohazalarining  esa  ikkalasi  bir  vaqtda, 
bir  hil  nisbatda  hato  bo'lishi  mumkin.  Chunki  dori  shirin  ham,  achchiq  ham  bo'lmasligi,  balki 
bemaza yoki nordon bo'lishi mumkin. 

Ba'zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat bo'lmasligi mumkin. Bunda bir 
masala  yuzasidan  bayon  qilingan  qarama-qarshifikrlar  turli  vaqtda  va  turli  nisbatda  aytilgan 
bo'ladi. Masalan: Talaba A. mantiq fanidan imtihon topshirmadi» va «Talaba A. mantiq fanidan 
imtihon  topshirdi».  Bu  zid  mulohazalar  turli  vaqtga  nisbatan  chin  bo'ladi,  ya'ni  ular  o'rtasida 
ziddiyat bo'lmaydi.  
Demak,  fikrlash  jarayonida,  vaqt,  munosabat  va  ob'ekt  birligining  saklanishi  nozidlik 
qonunining  amal  qilishi  uchun  zaruriy  shart-sharoit  hisoblanadi.  Nozidlik  qonuni  to'qri  fikr 
yuritish jarayonida amal qiladi. 
Mantiq  ilmi  umuman  qar  qanday  zid  mulohazalarni  ta'kiklamaydi,  balki  bir  masala 
yuzasidan  bir  hil  vaqt  va  munosabat  doirasida  o'zaro  zid,  qarama-qarshimulohazalarni  bayon 
qilish mumkin emasligini ta'kidlaydi. 
Formal  mantiq  dialektik  ziddiyatlar  bilan  mantiqiy  ziddiyatlarni  chalkashtirib  yuborishni 
koralaydi. Mantiqiy tafakkurdagi ziddiyat bilan real haet ziddiyatlarini, ya'ni dialektik ziddiyatni 
bir-biridan farqlash, ularni almashtirib yubormaslik zarur. Chunki bulardan birinchisi tafakkurda 
yul  kuyib  bo'maydigan  ziddiyat  bo'lsa,  ikkinchisi  buyum,  hodisalar  taraqqiyotining  ichki 
manbaini  tashkil  qiladigan  dialektik  ziddiyatdir.  Birinchisi  sub'ektov,  ikkinchisi  ob'ektiv 
ziddiyatdir. 
Noziddlik  qonunini  bilish  va  unga  amal  qilish  rakibning,  suhbatdoshning  fikrlaridagi 
mantiqsizlikni  aniqlash,  ilmiy  tahlilni  izchil  va  chukur  mantiqiy  asosda  olib  borish  imkonini 
beradi 
Istisno qonuni 
 
Uchinchi  istisno  qonuni  nozidlik  qonunining  mantiqiy  davomi  bo'lib,  fikrning  tulik 
mazmunini  kamrab  olib  bayon  qilingan  ikki  zad  fikrdan  birn  chin,  boshqasi  hato,  uchinchisiga 
urin  yuk  ekanligini  ifodalaydi.  Bu  qonun  «A  V  eki  V  emasdir»  formulasi  orqali  beriladi. 
Uchinchisi  istisno  qonuni  tushunchalar  o'rtasidagi  zid  munosabatlarni  ifodalaydi.  Agarda  zid 
munosabatlar  tushunchaning  tulik,  mazmunini  kamrab  olmasa,  ikki  zid  belgidan  boshqa 
belgilarning  ham  mavjudligi  ma'lum  bo'lsa,  unda  uchinchisi  istisno  qonuni  amal  kilmaydi. 
Masalan, 
Talaba imtihonda «a'lo» baho oldi. Talaba imtihonda «ikki» baho oldi. 
Bu mulohazalar munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu mulohazalarning qar 
ikkisi ham hato bo'lishi va talaba imtihonda «o'rta» yoki «yahshi» baho olishi mumkin. 
Agar,  «Talaba  imtihonda  «a'lo»  baho  oldi»  va  «Talaba  imtihonda  «a'lo»  baho  olmadi», 
mulohazalarni  tahlil  qilsak, unda bu mulohazalardan biri  chin,  boshqasi  hato,  uchinchisiga urin 
yuk ekanligi ma'lum bo'ladi. Chunki «yahshi», «o'rta» va «ikki» baholar-»a'lo» baho emas. 
Uchinchisi istisno qonuni quyidagi holatlarda qo'llaniladi: 
1. Aloqida olingan  yakka buyumga nisbatan bir hil vaqt va munosabat doirasida o'zaro zid 
fikr bildirilganda.Masalan, 
Toshkent-O'zbekistonning poytahti. 
 Toshkent-O'zbekistonning poytahti emas. 
Bu mulohazalar birgalikda chin  ham, hato  ham  bula olmaydi.  Ulardan biri chin,  ikkinchisi 
hato,  uchinchi mulohazaga urin  yuk. Uchinchisi istisno  qonuni  o'zaro zid  umumiy mulohazalar 
doirasida amal kilmaydi. Chunki umumiy mulohazalarda buyumlar sinfiga va shu sinfga mansub 
qar bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi. 
Masalan, hamma faylasuflar notikdir.  
Hech bir faylasuf notik, emas. 
Bu  mulohazalardan,  birining  hatoligidan  ikkinchisining  chinligi  qaqida  hulosa  chiqarib 
bo'lmaydi.  Bunday  holatda  «Ba'zi  faylasuflar  notikdir»  degan  uchinchi  bir  mulohaza  chin 
hisoblanadi. 
2.  Son  va  sifatiga  ko'ra  o'zaro  zid  mulohazalar  bayon  qilinganda,  buyum  va  hodisalarning 
sinfi qaqida tasdiqlab bayon qilingan mulohaza bilan shu sinf buyum va hodisalarining bir kismi 

qaqida  inkor  etib  bayon  qilingan  mulohazalardan  biri  chin,  ikkinchisi  hato,  uchinchisiga  urin 
bo'lmaydi. 
Masalan: 
hamma faylasuflar tabiyotshunosdir.  
Ba'zi faylasuflar tabiyotshunos emas. 
Bu  ikki  mulohaza  bir  vaqtda  chin  ham,  hato  ham  bula  olmaydi.  Ulardan  biri  (Ba'zi 
faylasuflar tabiyotshunos emas) albatta chin, ikkinchisi hato, uchinchi mulohazaga urin yuk. 
Demak, Uchinchisi istisno qonuni: 
1. Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan
2. Umumiy tasdiq va juz'iy inkor mulohazalarga nisbatan; 
3. Umumiy inkor va juz'iy tasdiq mulohazalarga nisbatan qo'llaniladi. 

Uchinchisi  istisno  qonunining  amal  qilishi  uchun  olingan  zid  munosabatlarni  ifodalovchi 
mulohazalardan biri tasdiq, ikkinchisi inkor bo'lishi yoki tushunchalardan biri ijobiy va boshqasi 
salbiy  bo'lishi  shart  emas.  Olingan  ikki  tushuncha  yoki  mulohazaning  bir-birini  hajm  jiqatdan 
tulik inkor etishi kifoya. Masalan, epkak va ayol tushunchalarining qar ikkisi ijobiy bo'lib, inson 
tushunchasining tulik mazmunini kamrab oluvchi zid belgilarni ifodalaydi. 
Uchinchisi  istisno  qonunida  ham,  nozidlik  qonunidagi  kabi  vaqt,  munosabat,  ob'ekt 
aynanligiga rioya etish shart, aks qolda bu qonun uz kuchini yukotadi, fikrning izchilligiga zarar 
etadi va mantiqsizlikka yo'l kuyiladi. 
Uchinchisi  istisno  qonunini  bilish  muqokama  yuritishda  to'qri  hulosa  chiqarish  uchun 
muhim bo'lib, o'zaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yul ko'ymaydi. 
Еtarli asos qonuni 
To'qri fikrlashga hos bo'lgan muhim hususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash 
jarayonida  buyum  va  hodisalar  qaqida  chin  muqokama  yuritibgina  kolmasdan,  bu 
muqokamaning  chinligiga  hech  qanday  shubha  bulmasligi  uchun,  uni  isbotlashga,  asoslashga 
qarakat  qilinadi.  Bunda  chinligi  avvaldan  ma'lum  bo'lgan  va  o'zaro  mantiqiy  boqlangan  mu-
lohazalarga  asoslaniladi,  ya'ni  bayon  qilingan  fikrning  chinligi  avvaldan  ma'lum  bo'lgan, 
tasdiqlangan  boshqa  bir  fikr,  mulohaza  bilan  taqqoslanadi.  Tafakko'rning  bu  hususiyati  etarli 
asos qonuni orqali ifodalanadi. 
Inson  tafakkuriga  hos  bo'lgan  bu  qonunni  birinchi  marta  nemis  faylasufi  va  matematigi  G 
Leybnic ta'riflab bergan. Uning ta'kidlashicha, barcha mavjud, narsalar uzining mavjudligi uchun 
etarli asosga ega. qar bir buyum va hodisaning real asosi bo'lgani kabi, ulariing in'ikosi bo'lgan 
fikr-mulohazalar  ham  asoslangan  bo'lishi  kerak.  Еtarli  asos  qonunining  bu  talabi  quyidagi 
formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo'lsa, uning asosiy sifatida A ham mavjud». 
Еtarli asos qonunida to'qri tafakko'rning eng myxim hususiyatlaridan biri bo'lgan fikrlarning 
izchillik bilan muayyan tartibda boglanib kelish hususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko'rib 
utilgan  qonunlar  bilan  o'zaro  boqliq  qolda  amal  qiladi,  Fikrlash  jarayonida  berilgan 
mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos deb, berilgan 
mulohazaning uzi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.  
Mantiqiy asos  bilan ob'ektiv, xakikiy real  asosni  aralashtirib  yuborish mumkin emas. Asos 
va natija orasidagi mantiqiy boqliqlikni sabab va okibat aloqadorligidan farqlash zarur. Masalan, 
«Bu kishi bemor» degan mulohazani  «U shifohonada davolanayapti» degan fikr bilan asoslash 
mumkin.  Aslida  shifohonada  davolanish  dastlabki  mulohazaning  sababi  emas  balki  okibatidir. 
Ko'rinib  turibdiki,  mantiqiy  asos  hamma  vaqt  ham  hodisaning  sababi  bilan  mos  kelmaydi. 
Fikrlarning etarli asosga ega bulishligining ob'ektiv manbai faqat sabab-okibat munosabatinigina 
emas,  shuningdek,  fikrning  izchilligi,  asoslanganligini,  isbotlangan  bulish  hususiyatlarini  ham, 
ya'ni 
ob'ektiv 
mazmuni 
sabab-okibat 
munosabatlaridan 
tashkarida 
bo'lgan 
boshqa 
munosabatlarni ham uz ichiga oladi. 
Fikr  -  mulohazalarni  asoslash  murakkab  mantiqiy  jaren  bo'lib,  unda  bir  yoki  undan  ortik 
o'zaro  boqlangan  muqokamalar  sistemasidan  foydalaniladi.  Keng  ma'noda  biror  mulohazani 
asoslash  deganda,  shu  mulohazaning  chinligini  tasdiqlovchi  ishonchli  va  etarli  dalillarning 
mavjudligini aniqlash tushuniladi. Bu ishonchli va etarli dalillarni shartli ravishda ikki guruhga: 

empirik  va  nazariy  asoslarga  bulish  mumkin.  Bulardan  birinchisi  asosan  hissiy  bilish  tajribaga 
asoslansa, ikkinchisi akliy bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi 
nisbiy bo'lgani kabi, empirik va nazariy asoslar o'rtasidagi farq ham nisbiydir. 
Insonning  shahsiy  tajribasi  makon  va  zamonda  chegaralangan  bo'lib,  sezgilari  bergan 
ma'lumot  esa  hamma  vaqt  ham  to'qri  bo'lmaydi.  Shunga  qaramasdan,  mulohazalarni  empirik 
asoslashning  ahamiyati  katta,  chunki  bilish  jonli  hissiy  mushohadadan,  bevosita  kuzatishdan 
boshlanadi.  Hissiy  tajriba  insonni  tashqi  olam  bilan  boglab  turadi.  Nazariy  bilim  esa  empirik 
bazisning ustkurmasi hisoblanadi. 
Nazariy  asoslashda  keng  foydalaniladigan  usul-deduktiv  hulosa  chiqarish  usuli,  ya'ni 
umumiy  chin  mulohazalarga  tayanib  fikr  yuritishdir.  Berilgan  mulohazani  mantiqiy  usul  orqali 
boshqa chin mulohazalar yordamida asoslash mumkin bo'lsa, unda berilgan mulohaza chin, ya'ni 
asoslangan  bo'ladi.  Bunda  fikrlar  o'rtasidagi  boqlanish  umumiylik,  hususiylik  va  yakkalik 
o'rtasidagi  o'zaro  borliqlikni  ifodalaydi.  Masalan,  to'gri  tafakkur  qonunlarining  ob'ektiv 
qarakterga  ekanligini,  barcha  ilmiy  qonunlarning  ob'ektiv  qarakterta  ega  ekanligi  qaqidagi 
umumiy chin mulohaza yordamida asoslash mumkin. 
Umumiy  chin  mulohazalar  sifatida  fanlarning  qonun-qoidalaridan,  tushunchalarning 
ta'riflaridan,  shuningdek  aksiomalardan  foydalaniladi.  Bularning  barchasi  nazariy  asoslashning 
racional  yoki  demonstrativ  usullari  bo'lib,  ular  umumilmiy  ahamiyatga  ega  bo'lgan  isbotlash 
metodlarining asosini tashkil etadi. 
Shuningdek,  asoslashning  sub'ektiv  qarakterda  bo'lgan  va  bevosita  tajriba  natijalariga  yoki 
nazariy  fikr  yuritishga  taalluqli  bo'lmagan  usullari  mavjuddir.  Intuiciyaga,  e'tiqodga, 
avtoritetlarga va urf-odatlarga asoslanish shunday usullar jumlasiga kiradi. Bu usullardan ko'proq 
kundalik ong darajasida foydalanildi.  
Shunday  qilib,  to'qri  tafakko'rning  yuqorida  ko'rib  utilgan  qonunlarining  qar  biri  chin 
bilimga  erishish  uchun  hizmat  qiladi.  Bu  qonunlar  tafakkur  jarayonida  aloqida-aloqida  yoki 
birin-ketin  emas,  balki  :  bir  vaqtda,  birgalikda  fikrlar  boqlanishining  qarakteriga  qarab  amal 
qiladi.  Ayniyat  qonuniga  ko'ra  fikrlash  jarayonida  qar  bir  mulohaza  kat'iy  mazmunga  ega 
bo'lishi,  aynan  shu  fikr  doirasida  o'zgarmasligi  talab  qilinadi.  Bu  talabning  buzilishi  fikrda 
mantiqiy  ziddiyatlarni  keltirib  chikaradi.  Zid  mulohazalarning  chin  yoki  hatoligini  aniqlash 
ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi. 
Demak,  bu  qonunlarning  talablari  bir-birini  tuldirgan  qolda,  yahlit  mantiqiy  tafakkurning 
chin bo'lishini ta'minlaydi. 
 
      Mavzuning tayanch tushunchalari: 
 
Mantiq,  hissiy  bilish,  tafakkur,  tafakkur  shakli,  tafakkur  qonuni,  to'qri  tafakkur,  chin  fikr, 
formal mantiq, dialektik mantiq, matematik mantiq.  Tafakkur qonuni, to'qri muqokama yuritish 
principlari, to'qri kurilgan fikr, ayniyat qonuni, nozidlik qonuni, uchinchisi istisno qonuni, etarli 
asos qonuni, avtoritetlarga asoslanish. 
                                     Adabiyotlar 
1. Islom Karimov. O`zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «Uzbekistan», 1998. 
2. Islom Karimov. Tarihiy hotirasiz kelajak yuk.. «Mulokot», 1998, №5. 
3. Islom Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom  Karimov. 
Havfsizlik va barkaror taraqqiyot yulida: T.6-T.: «O'zbekiston», 1998. 
4. Islom Karimov. O'zbekiston XXI asrga intilmokda. - T : «O'zbekiston», 1999. 
5.Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor 
yunalishi buyicha Harakatlar stranegiyasi. 07.02.2017 
6..Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo 
etamiz.   –  Toshkent : O‘zbekiston, 2016.   
7.Mirziyoyev Sh.M.  Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir 
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.  2017 yil 14 yanvar /. – Toshkent : 
O‘zbekiston, 2017. 

8. M. Hayrullaev, M. Hakberdiev. Mantiq., Toshkent. «Ukituvchi» 1993, 1-bob, 4-bob. 
9. I. Rahimov. Logikadan amaliy mashgulotlar va metodik tavsiyalar. 
 2-bob. 
 
 
Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish