O‘zbеkisтоn rеspublikаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi


Rekonkista siyosati nihoyasiga yetkazilishi. Trastamarlar hukumronligi o‘rnatilishi va arablar hukumronligi tugatilishi



Download 2,03 Mb.
bet7/10
Sana20.06.2022
Hajmi2,03 Mb.
#684892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O

2.2.Rekonkista siyosati nihoyasiga yetkazilishi. Trastamarlar hukumronligi o‘rnatilishi va arablar hukumronligi tugatilishi.
Ko‘pgina ispan musulmonlari Las Navas jangini Almohad hokimiyatining oxiri boshlanishi deb hisoblay boshladilar va ba'zi mahalliy hukmdorlar nasroniy qirollarining yordami bilan ularga qarshi chiqishdi. Kastiliyalik Fernando III musulmonlar bilan hamkorlik qilib, Andalusiya va Mursiyadagi muvaffaqiyatli yurishlarida ularning yordamidan foydalangan. U 1236-yilda Kordovani, 1241-yilda Mursiyani, 1246-yilda Janni va 1248-yilda Seviliyani zabt etdi21. Kastiliyaliklarning janubga siljishiga 1230 yilda, Las Navas de Tolosa jangidan 18 yil o‘tgach, Leon va Kastiliyaning yakuniy birlashishi yordam berdi.
U Seviliyani Kastiliya qo‘shinlarining quruqlik va dengiz harakati bilan qo‘lga kiritdi, buning uchun shimoliy port shaharlari g‘alabada hal qiluvchi bo‘lgan kemalarni taqdim etdi. Sevilyani zabt etish paytida Granada musulmon qiroli Fernando III ni faol ravishda qo‘llab-quvvatladi. Granada qirolligi keyinchalik Kastiliya qirollariga har yili oltin hisobida soliq to‘lab turdi22. Granada 1492-yilgacha musulmonlar nazoratida qoldi.
1282-yilda Aragonga Sitsiliya qoʻshib olindi. Bu vaqtga kelib, kastiliyaliklar Pireney yarim orolining janubiga etib kelishdi va Xeres bilan dengiz bo‘yidagi Kadis shahrini egallab olishdi.
Shunday qilib, XIII asrning ikkinchi yarmida, Pireney yarim orolining katta qismi ikki davlat tomonidan bosib olingan. Ulardan biri yarim orolning sharqiy rayonlari va O‘rta yer dengizi sohillariga tegishli bo‘lgan Aragon qirolligi bo‘lsa, ikkinchisi shimoldan janubga Biskay ko‘rfazi qirg‘oqlaridan Atlantika okeanigacha cho‘zilgan, Gibraltar bo‘g‘ozi va yarim orolning butun markaziy qismini egallagan Kastiliya qirolligi edi. Pireney yarim orolining gʻarbiy qismida mustaqil Portugaliya qirolligi tashkil topdi (1143).
Ispaniya va Portugaliya rekonkistaning tugallanishi sharoitida birlashgan, markazlashgan davlatlar sifatida shakllandi, bu ularning tarixiy rivojlanishining ayrim xususiyatlariga ta'sir qildi. XIII asr oxiriga kelib qayta bosib olish natijasida. arablar qo‘lida Ispaniyaning janubida faqat arzimas mulklar - poytaxt Granada bo‘lgan Granada amirligi mavjud edi. Pireney yarim orolining qolgan hududi arablardan ozod qilindi.
XIV - XV asrlarda Ispaniyaning iqtisodiy rivojlanishi juda muhim oqibatlarga olib keldi. Ispaniyada uning siyosiy birlashuvi uchun dastlabki shartlar shakllana boshladi. Mamlakat birligini o‘rnatishga hissa qo‘shgan kuchlar feodal zodagonlar bilan adovatda bo‘lgan shahar ittifoqlari (ermandod) shaklida tobora kuchayib bordi. Biroq, Ispaniyada hokimiyatni markazlashtirish yo‘lida katta qiyinchiliklar to‘sqinlik qildi. Asosiy to‘siq yirik lordlar edi, ular rekonkista davrida o‘zlarining erlari va boyliklarini sezilarli darajada oshirdilar. Bundan tashqari, shaharlarning patritsiy elitasi, o‘rta asrlardagi erkinlik va imtiyozlarning tashuvchisi yirik feodallarga va ruhoniylarga qarshi qirol hokimiyatini faqat bu erkinliklarning barchasi daxlsiz bo‘lishi sharti bilan qo‘llab-quvvatlagan. Qirol hokimiyatining tayanchi mayda va oʻrta zodagonlar boʻlib, ular uchun kuchli markaziy hokimiyat dehqonlardan olingan feodal rentasini saqlab qolish kafolati, dehqonlar qarshiligiga qarshi kurashda eng yaxshi vosita boʻlib xizmat qilgan.
Ispaniyaning iqtisodiy rivojlanishi va zodagonlar va shaharlar tomonidan qirollikka berilgan yordam yarim orolning siyosiy birlashuvini tezlashtirdi.
Yuz yillik urushda inglizlarning ittifoqchisi bo‘lgan korol Pedro I Zolim (1350—1369) XIV asrda feodallar bilan qattiq kurash olib borib, ko‘pdan-ko‘p feodallarni qatl ettirdi va ularning mol-u mulklarini musodara qildirdi. Kastiliya grandalari frantsuz feodallarining ko‘magiga tayanib, Pedroni yengdilar va taxtga o‘rniga raqibi Genrix II Trastamarani o‘tkazdilar. Genrix II Trastamara 1369 yildan boshlab yangi dinastiyaga asos soldi.
XIV asr va XV asrning katta qismida Ispaniya hali ham Leono-Kastilya va Aragon-Kataloniya qirolliklariga bo‘lingan holda qoldi, ularning har biri o‘z navbatida ko‘plab feodallarga bo‘linib ketdi. Kastiliya qirollari Xuan II (1406-1454) va Genrix IV (1454-1474) hukmronligi cheksiz feodal g‘alayonlari, yirik feodallarning qirol hokimiyatiga qarshi rekonkista davrida o‘z mulklarini sezilarli darajada oshirgan chiqishlari bilan to‘la edi. Qoʻzgʻolonchi feodallar qirol mulkini talon-taroj qildilar, shaharlarga qaram boʻlgan qishloqlarni vayron qildilar, qoida tariqasida qirol hokimiyati tomonida boʻlgan shaharlarning oʻziga zarar yetkazishga harakat qildilar. Feodal zulmining kuchayishiga dehqonlar qoʻzgʻolonlar bilan javob qaytardilar. O‘sha paytdagi eng yirik dehqon qo‘zg‘olonlari Kataloniya qirolligida bo‘lib o‘tdi, bu erda dehqonlar harakati XV asrning boshlaridan boshlab sezilarli ulushlarni egalladi.
Kataloniya dehqonlarining qo‘zg‘alonlari o‘n yilga cho‘zilgan, ya’ni 1462-yildan 1472-yilgacha davom etgan. Qo‘zg‘alonlar Shimoliy Kataloniya rayonini (Barselonaning shimolidan to Pireneyagacha bo‘lgan joylarni) o‘z ichiga olgan edi. Dehqonlar qo‘zgʼoloniga mayda dvoryan (idalgo) Vyerntalyat boshchilik qildi. Feodallar qo‘zgʼolonni bostira olmadilar. Dehqonlarning feodallar bilan olib borgan kurashiga Аragon koroli Xuan II aralashdi. Korol Xuan II bu mahalda Аragon va Kataloniya feodallari bilan hamda mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan Barselona bilan jang qilayottan edi. Xuan II Verntalyat bilan. muzokaraga kirishdi va qo‘zgʼolonchilarga yordam beraman, deb katta vaʼdalar qildi. Isyonchi feodallarga qarshi dehqonlarning kuchlaridan foydalangan va Barselonani o‘ziga tobe qilib olgan Xuan II 1472-yilda krepostnoy huquqni qisman yengillashtirish yo‘li bilan dehqonlarni feodallar bilan «yarashtirmoqchi» bo‘ldi. Shunda Verntalyat Xuandan vikont unvoni va ko‘pdan-ko‘p yer-mulklar oldi. Аmmo Kataloniya dehqonlari Verntalyatning korol bilan qilgan bitimidan qanoatlanmay, 1484-yilda ikkinchi marta qo‘zgʼolon qildilar. Bu safar qo‘zgʼolonchilarga dehqon Pedro Xuan Sala boshchilik qildi23. Dehqonlarning ikkinchi qo‘zgʼyloni gʼoyat darajada shiddatli qo‘zgʼolon bo‘ldi. Feodallar Salani asir qilib olib, uni qatl etdilar, lekin dehqonlar Salaning vafotidan keyin ham partizap urushini davom qildirdilar. Nihoyat, 1486-yili Аragonning yangi koroli Ferdinand farmon chiqarib, haq to‘lab qutulish sharti bilan barcha «yaramas odatlar»ni bekor qildi. Dehqonlar o‘zlariga qarashli uchastkalarning merosxo‘r ijarachilariga aylandilar. Krepostnoy huquqni bekor qilish haqidagi farmonni korol tez orada Аragonga ham yoydi, Qataloniya dehqonlari singari Аragon dehqonlari ham qo‘zolon ko‘tarish xavfini solmoqda edilar.
Keyingi o‘rta asrlar davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiy jihatdan qandaydir o‘zaro birov-birovini to‘ldiruvchi har ikkala mamlakatning — quruqlikdagi Kastiliya va O‘rta dengiz bilan bogʼlangan Аragonning birlashishini ayniqsa zaruriy vazifa qilib qo‘ydi. XV asrning ikkinchi yarmida Pireneya yarim orolining ijtimoiy va siyosiy sharoitlari ham ana shu birlashuvni zo‘r berib taqozo etgan edi.
Kastiliyada va Аragonda keskinlashgan sinfiy kurash, shuningdek, rekonkistaning tamom bo‘lmaganligi (yarim orol janubidagi Granada korolligi) har ikkala mamlakat feodallarini ikki korollikni yagʼona Ispaniya davlatiga birlashtirish to‘gʼrisida bir bitimga kelishga majbur etdi. Ikkala qo‘shni davlat o‘rtasidagi uniya (ittifoq) dinastiya nikohi qilish yo‘li bilan amalga oshirildi. Malika Izabella Kastilokaya 1469-yili shahzoda Ferdinand Аragonekiyga turmushga chiqdi. 1474-yili Izabella Kastiliya korolevasi bo‘lib oldi, 1479-yili Ferdinand Аragon taxtiga o‘tirdi. Birlashgan ikkala mamlakatning har biri o‘zining burungi qonunlari, urf-odatlari va alohida-alohida korteelarini saqlab qoldi. Shunday qilib, mamlakatni boshqarish hali ikki tusdaligicha qolaverdi. Shunday bo‘lsa ham, yagona Ispaniyani vujudga keltirish uchun asos solingan edi. Kastiliyada ham, Аragonda ham korol hokimiyati mustahkamlana boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabellaning ichki va tashqi siyosatlarida ijobiy aks etdi.
Shahar kommunalarining ko‘magiga tayanib ish ko‘rgan Izabella Kastiliya feodallari oppozitsiyasini tinchitdi. Izabella yordamida «muqaddas eradandada» nomi ostida tashkil etilgan shahar ittifrqchi militsiyasi talonchilik qilib yuruvchi ritsarlarga qaqshatgʼich zarbalar berdi, Katolik cherkovi Ferdinand bilan Izabellaga katta yordam ko‘rsatdi. Katolik korollar (papa Ferdinand bilan Izabellaga ana shunday unvon bergan edi) o‘zlariga qarashli dahshatli inkvizitsiyani katolik cherkovi manfaatlariga xizmat qildirar edi. Cho‘qintirilgan mavrlar (motiskalar)ning ishlarini nazorat-qilish maqsadida 1477-yil Ispaniyada vujudga keltirilgan inkvizitsiya amalda, oliy siyosiy sudga aylangan edi. Kastiliya yoki Аragondagi birorta feodalning davlatga xiyonat qilganligi gumon qiliyagan taqdirda, u inkvizitsiyaning qahr-gʼazabidan hech qayoqqa qochib qutula olmasdi, albatta.
Izabella Kastiliyadagi savdo-sotiq va sanoatni jonlantirib yuborgan bir qancha iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Mamlakatdagi qimmatbaho metallarni saqlab qolish maqsadida hamda mamlakat ichkarisida aktiv savdo balansini taʼminlashga (yaʼni tashqaridan mol keltirishgaqaraganda mol chiqarishni ko‘paytirishga) intilib, koroleva merkantilizm gʼoyalarini amalga oshira boshladi. Izabella chet ellarga oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyo (gʼalla, jun va boshqalar) chiqarishni man qildi, jun Ispaniyanyng o‘zida qayta ishlanmogʼi kerak, deb buyruq qildi. Izabella mashhur Xristofor Kolumbga homiylik ko‘rsatdi, Xristofor Kolumb Hindistonga boriladigan «gʼarbiy yo‘l»ni axtarib, Ispaniya kemalarida sayohatga jo‘nab ketdi. Ferdinand va Izabella Ispaniyasi tez orada buyuk davlatga aylandi. 1492-yili ular Granadani istilo qildilar. 1512-yili Ispaniya Navarrani o‘ziga qo‘shib oldi. Shunday qilib, Portugaliyadan tashqari, barcha Pireneya yarim oroli Ispaniyaga bir-lashtirildi. Kolumbning sayohatlari Ispaniya uchun Yangi Dunyodagi juda ko‘p mustamlaka mulklarni bosib olish imkonini yaratib berdi. Ferdinand va Izabella Ispaniyani Yevropaning eng yirik davlatlari bilan siyosiy ittifoqlar bogʼlashiga sababchi bo‘lgan muhim dinastiya nikohlarini amalga oshirdilar.
Ularning to‘ngʼich qizi Yekaterina Tyudorlar xonadoniga mansub ingliz shahzodasiga turmushga chiqdi. Kichik malika Xuana Gabsburglarning astrogerman xonadoniga mansub shahzodalarning biriga xotin bo‘ldi. Ispaniya Yevropa xalqaro siyosatining muhim omili bo‘la bordi.

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish