4-MAVZU. ULTRAMIKROBLARNING TUZILISHI VA
XUSUSIYATLARI
REJA:
Viruslaming aniqlanishi.
Viruslaming tuzilishi va klassifikatsiyasi.
Bakteriofaglarning aniqlanishi.
Bakteriofaglarning tuzilishi va bakteriya hujayrasiga kirishi.
516
Filtrlanuvchi viruslar. Hayot hujayraviy va hujayrasiz shakllarga ajratiladi. Hayotning hujayrasiz shakllariga viruslami kiritish mumkin. Vimslar hujayradan tashqarida tiriklikka xos xususiyatlami namoyon qila olmaydi. Viruslar hujayraning irsiy darajadagi parazitlaridir. Hujayradan tashqarida ular kristallar shaklida bo‘ladi. Ular faqat hujayra ichiga kirgandan so‘ng metabolitik jarayonlami namoyon qiladi. Shuning uchun viruslami hayotning hujayrasiz shakllariga kiritamiz.
Viruslar, bakteriyalar ham o‘ta olmaydigan filtrlardan hujayra va rivojlanish biologiyasi о4a olganligi uchun filtrlanuvchiviruslar deyiladi.
XIX asrning oxirida fitopatologlarning obekti sifatida patogenlarning yangi guruhi - viruslar yuzaga chiqdi. Viruslar inson, hayvon va o‘simliklarda kasallik qo£zg£atuvchi juda mayda (submikroskopik - yorug£lik mikroskoplarida ko£rinmaydigan) organizmlardir. Ular hujayra tuzilishiga ega emas, sun’iy ozuqa muhitlarida o£smaydi va faqat xojayin organizmning tirik hujayralari ichida hayot kechiradi.
1886 yilda gollandiyalik olim A.Mayer (Adolph Mayer) mozaika (mozaika - chiporlanish) bilan zararlangan tamaki bargidan olingan shira sog'lom o£simlikka kiritilganda unda ham mozaika rivojlanishini aniqladi. Kasai o£simlikda va undan olingan shirada zamburug£lar mavjud bo£lmagani sababli, A.Mayer kasallikni bakteriya qo£zg£atadi, deb xulosa qildi.
517
1892 yilda rus tadqiqotchisi D.I.Ivanovskiy (18641920) zararlangan tamaki bargi shirasidagi tamaki mozaikasi kasalligini qo£zg£atuvchi organizm bakterial filtrdan o£ta olishini, demak, qo£zg£atuvchi bakteriya emasligini isbotladi. Ammo D.I. Ivanovskiy tamaki mozaikasini birorta bakteriyaning toksini yoki juda mayda, bakterial filtrdan ham o£ta oladigan bakteriya qo£zg£atishi mumkin, degan xulosaga keldi.
1898 yilda yilda M.U.Beyerink (Martinus Willem Beijerink) (1851-1931) D.I.Ivanovskiy tajribalaridan ba’zilarni takrorladi va tamaki mozaikasini mikroorganizm emas, balki “infeksion tirik suyuqlik” qo£zg£atadi va bu suyuqlikning nomi “virus” deb xulosa qildi. Virus so£zi (lotinchadan olingan) zahar ma’nosini bildiradi.
DNK yoki RNK bo‘ladi (DNK - dezoksiribonuklein kislota, RNK - ribonuklein kislota). Virus kapsidi bir qancha kapsomerlardan tashkil topgan. Har bir kapsomer bitta yoki ikkita oqsil molekulasidan tashkil topgan. Viruslar asosan kapsidiga qarab oddiy va murakkab viruslarga bo‘linadi. Virus kapsidi faqat bir xil oqsildan va ichki qismida nuklein kislotadan, ya’ni nukleoproteid.
518
Tamaki mozaika virusi oddiy viruslar deyiladi.
Murakkab viruslarda tashqi kapsid mavjud bo'lib, uni superkapsid deyiladi. Uning tarkibida boshqa xil oqsillar, lipoproteidlar, ba'zan uglevodlar ham uchraydi. Superkapsid virus nuklein kislotasi tomonidan irsiylanmaydi. Virusning ichki qismlari hujayra membranasida yig'iladi, shuning uchun tashqi kapsid va undagi uglevod, lipid va oqsillar virusga birikib qolishi kuzatiladi. Ayrim murakkab viruslarda bir necha kapsid nuklein kislotasini va fermentlarni o'rab turuvchi virion qismi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |