405
100°C haroratga chidamli. U pH yuqori bolganda va past haroratda aktivlashadi. Ferment N- atsetochumoli kilotasi va N-atsetilglukozaamin peptidglikogenning 1,4 - v glikozid bog‘larini uzadi. Bu esa bakteriyaning hujayra devorini buzadi. Lizotsim peptidglikogeni ko‘p grammusbat bakteriyalarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. U C.botulinum, Clostridium thermosaccharolyticum, (lostridium tyrobutyricum, Bacillus stearothermophilus, B.cereus,va L.monocytogenes bakteriyalarini ingibitorlaydi. Lizotsim tuxum oqsilidagi asosiy antimikrob modda hisoblanadi. Lizotsim grammanfiy bakteriyalarga Katta ta’sir qiladi, chunki ularning hujayra membranasida peptidglikogen bo g‘i kam.
Etilenadimintetrasirka (EDTS) kislota lizotsim faoliyatini kuchaytiradi. EDTS peptoglikanga lizotsimni kirishiga yordam beradi. Grammanfiy hujayralar ta’sirchanligini Ca+2 va Mg+2 atomlari bilan bog’lanadigan katalizatorlar yordamida oshirish mumkin (masalan, EDTS). Bu kationlar lipopoliglikogen qatlamning faoliyatini himoya qiladi. Grammanfiy hujayralar, yana pH shok holatida, issiqlik shokida, osmotik shok, suvsizlanganda va muzlatilgandan keyingi erish davrida ham lizotsimga ta’sirchan bo‘ladi. Lizotsim oziqa mahsulotlari tarkibiga kiritiluvchi tabiiy antimikrob moddalardan biri hisoblanadi. Yevropada undan pishloq ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yaponiyada esa dengiz mahsulotlari, sabzavotlar, makaron mahsulotlari va salatlami saqlashda foydalaniladi.
Ziravorlar va ulardagi efir moylari. Ziravorlami, odatda, ovqatlargi maxsus hid va tarn berish uchun qo‘ shiladi. Shuningdek, ular bazi antimikrob ta’sirga ham ega. Qadimgi misrliklar ziravorlardan konservalashda foydalanishgan. Sarimsoq piyoz, dolchin, jambil (tog‘rayhon), qora sedana (timyan) va kam miqdorda mavrak (shalfey) va rozmarin 110 foizli kuchli antimikrob ziravorlar hisoblanadi. Quyidagi jadvalda ularning tarkibidagi faol moddalar, kerakli konsentratsiyalari va unga sezuvchan organizmlar keltirilgan. Hamma ziravorlar ham antimikrob ta’sirga ega emas.
Ziravorlaming antimikrob ta’siri ko‘p o‘rganilmagan. Terpen dorivor yog‘lardagi birlamchi antimikrob moddadir. Ko‘pgina faol terpenlar evgenol, timol, karvakrollar fenol hosilalari sanaladi. Shuning uchun, ularning ta’siri boshqa fenol hosilalariga bog‘liq boTadi. Ular esa hujayra membranasi faoliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
Piyoz va sarimsoq piyoz. Piyoz va sarimsoq piy oz o‘zida ko‘pgina antimikrob moddalarni saqlaydigan o‘stmliklardir, Bu moddalar B. subtilis, Serratia marcescens, Mycobacterium, B. cereus, C. botulinumning A turi, E. coli, Lactobacillus plantarum, Leuconostoc mesenteroides, Salmonella, Shigella va S. aureus tur bakteriyalarni ingibirlaydi. Zamburug’larning Aspergillus flavus, Aspergillus parasiticus, Candida albicans, Cryptococcus, Penicillium,
Do'stlaringiz bilan baham: |