403
ingibitorlaydi.
Oltingugurt dioksidi meva, meva soklari, vino, kalbasa, yangi krivetka va tuzlangan bodiringlardagi bakterial buzilishni nazorat qiladi. Agar to‘g‘ri konsentratsiya tanlansa, vinoga qo ‘shilgan oltingugurt dioksidi undagi bijg‘ituvchi zamburug‘larga va vino mazasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Fermentatsiya vaqtida oltingugurt dioksidi antioksidant, rangni tozalovchi va erituvchi agent sifatida ham qatnashadi. Oltingugurt dioksidining 50 dan 70 mg/1 miqdori Acetobacter spp.ning etanolni sirka kislotasiga oksidlovchi fermentatsiyasini to‘xtatadi (vino ishlab chiqarishda).
Xlor. Gipoxlorid ko‘rinishidagi xlor moddasi sanitariya faoliyatida juda keng foydalaniladi. Uni suvni tozalash uchun unga qo‘ shiladi va uni meva va sabzavotlarni yuvishda ishlatiladi. U mahsulotlar kontaktda bo’ladigan yuzalarni gigiyenik tozalashda ishlatiladi va mahsulotlar, asosan go‘sht mahsulotlarini yuza qismidagi mikroblar miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Natriy gipoxlorid ko‘p oqartiruvchi vosita sifatida ishlatiladi u kuchli oksidlovchi sanaladi, bu esa bakteriyalarga, achitqi, qoplovchi zamburug'lar va viruslarga qarshi yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Afsuski, u kuchli o‘yuvchi modda bo‘lib, metallarni ham yemiradi.
Xlor (IV) oksidi gipoxlorid ega bo‘lgan xususiyatlarga ega moddadir. Xuddi shunday antimikrob xususiyatga ega bo’lishi bilan birga, u gipoxloridga xos hidga ega emas va fenol, sulfitlar va merkaptan (yoqimsiz hid va mazaga ega modda) kabi keraksiz moddalarni parchalaydi.
Ammoniyli birikmalar. Ammoniyli birikmalar deb, azotni to'rt tomondan kimyoviy moddalar kelib birikishidan hosil bo’lgan birikmalarga aytiladi. Ular universal birikma sanaladi, chunki azot o‘ziga hohlagan to‘yingan, to‘yinmagan, halqali yoki atsiklik o‘rinbosar alkilni radikal (R) sifatida biriktirishi mumkin. Ammoniyli birikmalarda azot musbat zaryadli ion hisoblanib, o'ziga manfiy ishorali moddalarni biriktiradi, ko‘pincha xlor bilan birikma hosil qiladi. Bu birikma rangsiz, nisbatan hidga ega va korroziya chaqirmaydi. Ammoniyli birikmalar bakteriya, achitqi, zamburug‘ va viruslarga qarshi ta’sir ko'rsatadi. Lekin u gipoxlorid bilan dezinfeksiyalashga qaraganda qimmatga tushadi.
Peroksidlar. Peroksidlar asosi kislorod atomlarining kovalent bog‘lanishi (-O- O-)dan hosil bo‘lgan birikmalar sanaladi. Uning erkin joylashgan bog‘lariga radikallar kelib birikadi. R1-0-0-R2 birikmadagi radikallar R1 va R2 noorganik (vodorod atomlari) yoki organik birikma (sirka kislotasi) bo‘lishi mumkin. Vodorod peroksid va sirka kislota peroksidi eng ko‘p qo‘llaniladigan peroksidlar sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |