2-chizma. YaMM va YaIM o‗rtasidagi tarkibiy nisbatlar.
Hozirgi paytda O‗zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‗rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‗rinlarda yalpi ichki mahsulot to‗g‗risida so‗z yuritamiz.
Jumladan, 2008 yilda mamlakatimizdagi yalpi ichki mahsulotning nominal hajmi 36839,4 mlrd. so‘mga yetib, uning o‘sish sur‘atlari 9 foizni tashkil etdi24.
Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 14,2 foiz o‘rniga 2008 yilda 22,3 foizni, xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘rniga 43,3 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida esa aksincha – bu ko‘rsatkich pasayib, 30,1 foizdan 19,4 foizga tushdi (1-jadval).
1-jadval Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda
Ko‘rsatkichlar
|
|
|
|
|
Yillar
|
|
|
|
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Sanoat
|
14,2
|
14,1
|
14,5
|
15,8
|
17,5
|
20,7
|
22,1
|
24,0
|
22,3
|
Qishloq xo‘jaligi
|
30,1
|
30,0
|
30,1
|
28,6
|
26,4
|
25,0
|
24,0
|
21,7
|
19,4
|
Qurilish
|
6,0
|
5,8
|
4,9
|
4,5
|
4,8
|
4,9
|
5,1
|
5,5
|
5,6
|
Xizmatlar sohasi
|
37,2
|
38,2
|
37,9
|
37,4
|
37,2
|
38,4
|
39,5
|
39,4
|
43,3
|
Sof soliqlar
|
12,5
|
11,9
|
12,6
|
13,7
|
14,1
|
11,0
|
11,1
|
9,5
|
9,3
|
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‗g‗ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‗p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‗shilgan qiymatlar yig‗indisi olinadi.
Qo‗shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.
YaIM yil davomida ishlab chiqapilgan bapcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo‗lganligi uchun tovarning o‗zi, uning nafliligi ko‗paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining har xil elementlarini yagona ymumiy acocga keltirishning eng keng tarqalgan ko‗rcatkichi cifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan
milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‗zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‗zgarmagan taqdirda o‗zaro taqqoclash mumkin bo‗ladi. Bundan tashqari narx darajaci bizga iqticodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‗cishi) yoki deflyatsiya (narx darajacining kamayishi) o‗rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indеks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma‘lum guruh tovarlar va xizmatlar to‗plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‗ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar bu aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‗rinishni oladi:
Narxindeksi joriy yildagiiste'mol to varlari narxi bazis yildagiiste'molto varlarinarxi
Amaliyotda bir qator turli xil tovar va xizmatlar to‗plami yoki istе‘mol savatining narx indeksidan foydalaniladi. Farb mamlakatlari va xususan AQSHda by indekslar ichida eng keng qo‗llaniladigani iste‘mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste‘mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‗z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning ymumiy darajasini hisoblash uchyn YaIM narx indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‗lib, u o‗z ichiga nafaqat iste‘mol tovarlari, balki invеstitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM narx indeksi nominal YaIMni rеal YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini bеradi. Nominal YaIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
Joriy yildagi nominal YaIMni rеal YaIMga aylantirishning ancha oddiy va to‗g‗ridan-to‗g‗ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (NI)ga bo‗lishdir, ya‘ni:
Nominal YaIM
Real YaIM.
NI
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‗rsatkichi YAIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‗lgan bir qator o‗zaro bog‗liq ko‗rsatkichlar mavjud bo‗ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab bеradi.
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‗rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‗rnini qoplash uchun zarur bo‗lgan qiymatni ham o‗z ichiga oladi.
Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mеhnatning unumli harakati natijasida vujudga kеltirilgan sof milliy mahsulot (SMM) ko‗rsatkichidan foydalaniladi.
YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida istе‘mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‗rsatkichi hosil bo‗ladi:
YaIM amortizatsiya yillk summasiSММ .
SMM qiymatiga davlat tomonidan o‗rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‗rnatiladigan narxga qo‗shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‗irligi istе‘molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini yo‗qotadi. Hozirgi davrda qo‗llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy daromad (MD) ko‗rsatkichi aniqlanadi:
SMM biznesga egri soliqMilliydaromad.
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning sotilgandan kеyingi puldagi ko‗rinishidir. Shuning uchun ba‘zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‗zgargan shakli dеb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil yo‗qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlashdagi yo‗qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‗i chiqarib tashlangan miqdorga tеng.
Milliy daromadni barcha turdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va biznеsga egri soliqlardan tashqari) qo‗shib chiqish yo‗li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‗urtaga ajratmalar, korxona foydasidan to‗lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‗jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo‗jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‗lovlar – ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‗rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‗jaliklari qo‗liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‗shishimiz zarur:
Milliy daromad Ijtimiy sug'urta аjratmasi Коrxonа foydasiga soliqlar
Коrxonaning foydasi Ijtimoiy to'lovlar Shahsiy daromad
Do'stlaringiz bilan baham: |