1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi.
Iqtisodiy o‗sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol o‗ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga ―sakrab‖ o‗tilishi o‗ziga xos ―tutash zanjir‖ hosil qildi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning texnologik jihatdan baravarlashuvi tendentsiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy to‗ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tezlik bilan o‗zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun‘iy to‗siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo‗yicha tezlik bilan tarqalmoqda.
Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo‗jaligidagi iqtisodiy o‗sish sur‘atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‗payishi tezligi juda o‗sib ketdi. Aholi jon boshiga YaIM o‗sish tendentsiyasiga ega bo‗lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko‗paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur‘atlaridagi tafovutlar natijasida g‗arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayishi tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Ba‘zi mamlakatlar o‗zlarining iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishiga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial mamlakatlarning ―dastlabki avlodi‖ – Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur‘atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi industrial mamlakatlarning ―ikkinchi avlodi‖ – Indoneziya, Filippin, Malayziya, Tayland jadal sur‘atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an‘anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo‗yicha raqobatlasha boshladilar.
Biroq, hali jahon xo‗jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur resurslarga ega bo‗lmagan ko‗plab mamlakatlar ham mavjud. 2) boy va qashshoq mamlakatlar o‗rtasidagi farqning kuchayishi.
Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar o‗rtasidagi taqsimoti o‗ta darajada notekis bormoqda. XX asrda yer shari aholisining eng boy chorak qismi YaIMning o‗rtacha jon boshiga 6 baravar o‗sishiga erishgan bo‗lsa, eng kambag‗al chorak qismi esa bu ko‗rsatkichning 3 baravar o‗sishiga erishgan xolos.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi tashkiloti ma‘lumotlariga ko‗ra, hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning deyarli yarmi ochlik va to‗yib ovqatmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi turli kasalliklar natijasida o‗limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar yetarli darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqdalar. Shuningdek, ―yashirin ochlik‖ – sifatli va to‗liq ovqatlanmaslik ham keng tarqalgan.
Shunga qaramay, fan va texnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko‗paytirish imkonini berib, u nafaqat hozir, balki kelgusida yashashi mumkin bo‗lgan barcha aholining oziqovqat mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojlarini qondira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |