Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi.
Iqtisodiy sikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‗lqinsimon harakati.
Turg‗unlik (depressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart–sharoitlarning vujudga kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi.
Jonlanish – iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o‗tishini tavsiflovchi fazasi.
Yuksalish – iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‗liq bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‗lovga layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o‗rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat.
Agrar inqirozlar – qishloq xo‗jaligida ro‗y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo‗lib, siklli tavsifga ega bo‗lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.
Inflyatsiya – qog‗oz pul birligining qadrsizlanishi.
Ishsizlik – mehnatga layoqatli bo‗lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta‘minlanmagan ishchi kuchi.
Friktsion ishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‗rinlar bo‗shashini kutayotganlar.
Tarkibiy ishsizlik – ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o‗zgarishlar natijasida vujudga keladigan ishsizlik.
Siklik ishsizlik – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‗liq ravishda vujudga keladigan ishsizlik.
Ishsizlik darajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati.
Ouken qonuni – ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o‗rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.