4-chizma. «Tejamkorlik paradoksi».
Chizmaning yotiq o‗qida milliy daromad, tik o‗qida esa jamg‗arma va investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo‗lib, F chizig‗i iqtisodiyotdagi to‗la bandlik sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi.
E‘tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig‗i yotiq o‗qqa parallel emas, balki o‗sib boruvchi ko‗rinishda namoyon bo‗lmoqda. Bu esa, avtonom investitsiyalardan farqli o‗laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy daromad hajmiga bog‗liqligini ko‗rsatadi.
Chizmadan ko‗rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg‗arma hajmi S dan S1 ga qadar o‗smoqda. Natijada jamg‗armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi ye dan ye1 ga ko‗chdi. Biroq, bu o‗sish ye nuqtadagi milliy daromad hajmi 0N ning ye1 nuqtadagi 0N1 hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya hajmi ham EN darajadan E1N1 darajaga qadar qisqardi. ye1E0E nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil bo‗luvchi uchburchak yuzasi jamg‗arma hajmining o‗sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini, yeE0 kesma esa investitsiyalarning qisqarishini ko‗rsatadi. Aynan shu holat, ya‘ni jamg‗armalarning o‗sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi.
Iqtisodiy muvozanat - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o‗zaro bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy ko‗rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining, eng avvalo yalpi talab va yalpi taklifning bir–biriga teng kelgan holati.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan kam bo‗lgan miqdori.
Inflyatsion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo‗lgan miqdori.
Multiplikator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o‗zgarishning yalpi sarflardagi o‗zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‗rtasida miqdor va sifat o‗lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |