O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Tarmoq ichidagi mutanosibliklar



Download 2,01 Mb.
bet104/184
Sana30.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#518330
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   184
Bog'liq
5-Iqtisodiyot-nazariyasi

Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta‘minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste‘mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo‗jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o‗rtasidagi mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga ta‘kidlab o‗tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo‗linmalar o‗rtasida ham bog‗liqlik bo‗lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go‗sht ishlab chiqarish sohalari o‗rtasida va boshqalar

  • Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o‗rtasidagi bog‗liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o‗rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to‗liq namoyon bo‗lmaydi. Lekin alohida hududiy bo‗linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar)ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‗liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog‗liqlikning ahamiyati yaqqol ko‗rinadi.

  • Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‗pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‗langan, ikkinchidan, shu bog‗liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‗z iste‘molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog‗liqlik qanchalik katta bo‗lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta‘sir ko‗rsatadi.

    Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta‘minlab borishdan quyidagilar ko‗zda tutiladi:

    • mamlakatda mavjud bo‗lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to‗laroq qondirib borish;

    • to‗la bandlilikka erishish, ya‘ni mehnat qilishga layoqatli bo‗lgan va ishlashni xohlaganlarni to‗liq va samarali ish bilan ta‘minlash;

    • narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta‘siridan xoli qilish;

    • iqtisodiyotning bir maromda o‗sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta‘minlash va muomaladagi pul massasiga bog‗lab borish;

    • eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.

    Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo‗lib, bunga erishish muqarrar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o‗sish notekis boradi.

    Download 2,01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   184




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish